Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 580
mamlakatlarda bu ikkala ko’rsatkich ham katta, ham turlichadir. Xorijiy moliyaviy
resurslarni netto-importyori sifatida AQSh alohida o’rin egallaydi. Xalqaro
moliyaviy pozitsiya va to’lov balansi ko’rsatkichlarining o’zlari bir-biri bilan
bog’liqdir
2
.
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra ma`lum bir sanaga bo’lgan to’lov balansi va
ma`lum bir davr to’lov balansi farqlanadi. Ma`lum bir sanaga bo’lgan to’lov
balansini statistik ko’rsatkichlar shaklida qayd etishning ilojisi yo’q. Chunki u
kundan-kunga o’zgarib turuvchi to’lov va tushumlarning nisbat shakli sifatida
mavjuddir. To’lov balansining ahvoli, ushbu davrga milliy va xorijiy valyutaga
bo’lgan talabni belgilab beradi hamda valyuta kursini shakllantiruvchi omillardan
biri bo’lib hisoblanadi.
Ma`lum bir davr uchun to’lov
balansi (oy, chorak, yil) ushbu davr
mobaynida amalga oshirilgan tashqi
iqtisodiy
shartnomalar
bo’yicha
statistik ko’rsatkichlar asosida tuziladi
va mamlakatning xalqaro iqtisodiy
munosabatlarida, uning jahon xo’jali-
gidagi ishtiroki ko’lamlarida hamda
xarakterida sodir bo’lgan o’zgarish-
larni tahlil etish imkoniyatini beradi. Davr uchun to’lov balansining ko’rsatkichlari
iqtisodiy rivojlanishning agregat ko’rsatkichlari bilan bog’liqdir (yalpi ichki
mahsulot, milliy daromad va shu kabilar) va davlat tomonidan muvofiqlashtirish
ob`kti bo’lib hisoblanadi. Davr uchun to’lov balansining ahvoli milliy valyutaning
uzoq muddatdagi davrga bo’lgan holati, uning barqarorligi yoki valyuta kursining
o’zgarish xarakteri bilan uzviy bog’liqdir. Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan
to’lov balansi doimo muvozanatda bo’ladi. Ammo o’zining asosiy bo’linmalari
bo’yicha agar tushumlar to’lovlardan ko’p bo’lsa aktiv sal`doga, aksincha
bo’lganda passiv sal`doga ega bo’ladi. Shu sababli to’lov balansini tuzish va
sal`dosini o’lchash uslublari mamlakat tashqi iqtisodiy operatsiyalarini
xarakterlovchi ko’rsatkichlarni to’g’ri tahlil qilishda muhim rol` o’ynaydi. To’lov
balansi tuzishning nazariyasi va amaliyoti jahon iqtisodiyotida bo’layotgan
o’zgarishlarga muvofiq ravishda rivojlanib, takomillashib bormoqda. "Balans"
atamasi xalqaro to’lov munosabatlarida bir qator tushunchalarni xususan balans
hisobvarag’i, sal`do yoki hisobvaraq qoldiqi, hisobvaraq ahvoli, muvozanat va
boshqalarni ifoda etish maqsadida ishlatiladi. Shu sababli to’lov balansi - bu,
nafaqat ikki tarafi bir-biriga teng bo’lgan mamlakat Xalqaro operatsiyalari
hisobvarag’i, balki o’z ichiga uning asosiy elementlarining sifat va tarkibiy
xarakteristikalarini olgan, ushbu operatsiyalarning ma`lum bir ahvolidir. To’lov
balansining tarkibiy tuzilishi.
To’lov balansi quyidagi asosiy bo’limlardan iborat:
2
Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: Tamoyillar, muammolar va siyosat. O’n ettinchi Nashr.697-
698 b.