Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi


Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi



Download 366,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/33
Sana02.06.2023
Hajmi366,07 Kb.
#947978
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi

Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi
 
.
601 
tashrifida quyidagi fikrni bildirdi “ AQSh monetar siyosati xalqaro likvidlik va 
kapital oqimiga katta ta’sir qilmoqda, shuning uchun amerika dollari likvidligini 
barqaror darajada ushlab turish kerak”. Hozirda Xitoy va boshqa bir qator 
mamlakatlar AQShning “dollarni bosib chiqarish” siyosatiga qarshi chiqishmoqda. 
Chunki oxirgi yillarda Xitoyning amerika dollaridagi zahiralari sezilarli darajada 
ko‘paydi. Shuning uchun ham Xitoy milliy valyutasi yuanni jahon zahira 
valyutasiga aylantirishga harakat qilmoqda. Uzoq kelajakda bu yuz berishi 
mumkin. Lekin Xitoy uchun buning hozirgi kunda yuz berishi ikki qiyinchilikka 
olib kelishi mumkin. Birinchidan, bu merkantilistik siyosatning barbod bo‘lishiga 
olib keladi. Ikkinchidan, valyuta jahonda tan olinishi uchun u erkin 
konvertatsiyalanishi va moliyaviy bozorlarda sotilishi kerak.
Shunday qilib, xitoy milliy valyutasi barqarorligiga ta’sir qiluvchi tashqi 
omillar natijasida Xitoy Xalq Banki katta miqdorda xorijiy valyutalarni sotib 
olishga majbur bo‘lmoqda. 
XXR valyuta siyosatini o‘rganish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi. 
Xitoyda joriy operatsiyalar bo‘yicha cheklashlar yo‘q va boshqariladigan suzib 
yuruvchi valyuta kursi rejimi amal qiladi, lekin amalda u belgilangan rejim 
hisoblanadi. Mamlakatda valyuta mablag‘larini chet elga chiqib ketishini oldini 
olish va eksport-import operatsiyalarini o‘tkazish jarayonida valyuta mablag‘lari 
harakatini nazorat qiluvchi instrument sifatida eksport va import bo‘yicha valyuta 
nazorati tizimi amal qiladi. Xorijiy investitsiyalar ustidan qattiq nazorat olib 
boriladi va buning natijasida mamlakatdan investitsiyalangan kapitalning chiqib 
ketish imkoniyati deyarli yo‘q. Buni quyidagicha izohlashimiz mumkin, mamlakat 
ichida xorijiy investitsiyalar ishtirokida ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan 
chetga sotiladi va ishlab chiqarish omillari qiymati Xitoyda qoladi. Mamlakatda 
fond bozorlariga xorijiy investitsiyalarni kiritish cheklangan. Xitoyning milliy 
valyutasini to‘liq konvertatsiyalashga harakati natijasida yuan tashqi savdoda keng 
foydalanilmoqda. Xitoy valyutasining chetga chiqishi oxirgi yillarda katta 
sur’atlarda o‘sgan pul massasining qisqarishiga va inflyatsiya sur’atlarining 
maqbul darajada bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. 
Xitoy misolida o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari valyuta siyosatini va 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosati evolyutsiyasini o‘rganish 
asosida quyidagi xulosalarga kelindi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, mamlakat valyuta siyosati bozor 
munosabatlariga o‘tishda bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi: valyuta boshqaruvi 
sohasidagi 
katta 
cheklovlardan 
ushbu 
sohadagi 
maksimal 
darajadagi 
liberallashuvgacha. Turli mamlakatlardagi iqtisodiy holatning, ularning
mahsulotlari raqobatbardoshlik darajasi va davlat tashqi savdo strukturasi 
turlichaligini hisobga olgan holda, hamma mamlakatlardagi valyuta siyosati bir 
biridan farqlanishini aytishimiz mumkin. 
Iqtisodiy o‘sish nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlar uchun kapital harakati borasidagi cheklovlarni minimum darajaga 
keltirish foydali hisoblanadi. Chunki bu mamlakatlarda kapital ko‘pligi sababli 



Download 366,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish