MAVZU: ARGENTINA DAVLATI SUD VA HUQUQ TIZIMI.
REJA :
KIRISH.
ASOSIY QISM. ARGENTINA DAVLATI SUD VA HUQUQ TIZIMI.
1.HOKIMIYAT ORGANLARI TIZIMI.
2.HUQUQ TIZIMI.
3.FUQAROLIK HUQUQI VA HUQUQNING
UNGA YAQIN SOHALARI.
4.JINOYAT HUQUQI VA PROTSESSI.
5.SUD TIZIMI.
XULOSA.
Argentina Respublikasi hududiy tuzilish shakliga ko’ra federativ respublika bo’lib , uning tarkibiga 23 ta viloyat va poytaxt avtonom okrugi kiradi. 1853 – yilgi Konstitutsiya 1994 – yil 24 – avgustdagi tahrirda amal qiladi. Boshqaruv shakliga ko’ra Argentina – parlamentarizm elementlariga ega bo’lgan prezidentlik respublikasidir. Siyosiy rejimi – demokratiya .
Hokimiyat organlari tizimi.
Oliy qonun chiqaruvchi organ – Milliy Kongress, u Senat va Deputatlar palatasidan iborat. Senat 72 , Deputatlar palatasi esa 257 a’zodan iborat. Har ikki yilda Deputatlar palatasining yarmi, Senat a’zolarining uchdan ikki qismi yangilanadi.Deputatlar palatasi umummilliy vakillik organi bo’lib, uning a’zolari saylovchilar soni taxminan teng bo’lgan okruglardan saylanadi.Soliq va armiyaga chaqirish sohasidagi qonunchilik tashabbusi huquqi mutloq deputatlar palatasiga tegishlidir. Faqat Deputatlar palatasigina Prezidentni va Vitse – Prezidentni , Vazirlar Mahkamasi boshlig’ini , vazirlar va Oliy sud a’zolarini o’z vazifalarini yomon bajarayotganliklarini yoki lavazimiga oid jinoyatlar , shuningdek umumiy tusdagi jinoyatlari uchun Senat oldida ayblashi mumkin.Senat har bir viloyatdan va Buenos – Ayres shahridan to’g’ridan – to’g’ri va birgalikdagi shaklda 3 nafardan saylanadigan senatorlardan tarkib topadi.Respublika vitse – prezidenti Senatning raisi hisoblanib, u senatorlar ovozi teng kelib qolgan taqdirdagina ovoz huquqiga ega bo’ladi. Har qanday qonun loyihasi , agar bayram kunlarini hisobga olmaganda ,10 kun ichida qaytarilmasa , ijro etuvchi hokimiyat tomonidan ma’qullangan hisoblanadi. Qonunu loyihalarining muayyan qismi rad etilsa , qolgan qismlari ma’qullanishi mumkin emas.Ijro etuvchi hokimiyat tomonidan qisman yoki butunlay rad etilgan qonun loyihasi uni taklif etgan palataga ijro etuvchi hokimiyatning e’tirozlari bilan qaytariladi. Davlat va hukumat boshlig’i Prezident bo’lib , u bevosita fuqarolar tomonida 4 yil muddatga saylanadi. Unga vitse – president ko’maklashadi. Prezident va vitse – president faqat ikkinchi muddatga qayta saylanishlari mumkin,xolos.
Respublika Prezidenti millatning Oliy rahbari va hukumat boshlig’i hisoblanadi. U qonun ijrosi uchun zarur bo’lgan yo’riqnoma va farmoyishlar chiqaradi , bunda farmoyishlar qonunlarning ma’no – mazmuniga putur yetkazmasligiga e’tibor berib boradi , qonunlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi , ularni tasdiqlaydi va e’lon qiladi. Prezident har yili Kongress sessiyasi ishini ochadi va bunda Kongressga davlatdagi vaziyat haqida hisobot beradi va zaruriy deb hisoblangan islohot va tadbirlar yuzasidan o’z takliflarini bayon etadi . Tashqi aloqalar sohasida prezident senat roziligi bilan diplomatik vakillarni tayinlaydi va ularni chaqirib oladi , xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan normal munosabatlarni ta’minlash uchun shartnomalar tuzadi va ularni imzolaydi, muzokaralar olib boradi , xorijiy davlat elchilarini qabul qiladi va xorijiy konsullar o’z vazifasiga kirishga ruxsat beradi.
Prezident davlat qurolli kuchlarining oliy bosh qo’mondoni xisoblanadi. Tashqi va ichki xavfsizlik sohasida davlatning xarbiy lavozimlariga tayinlashni amalga oshiradi, davlat extiyojlaridan kelib chiqqan xolda qurolli kuchlarga rahbarlik qiladi , ularni tashkil etish hamda taqsimlashni ta’minlaydi. Prezident vakolatiga shuningdek,avf etish, vazirlar boshlig’Iini , oliy sud azolarini, shuningdek boshqa federal sudlarning sudyalarini tayinlaydi.
Prezident kerakli malumotlarni vazirlar mahkamasining boshlig’i hamda barcha idoralar va departamentlar raxbarlaridan talab qilib olish mumkin.
Ijro etuvchi xokimyat prezident va xukumat tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar mahkamasining boshlig’i hukumat faoliyati haqida axborat berish uchun kongress majlislarida har oyda kamida bir marta har bir palatada galma – galdan ishtirok etishi mumkin . U har ikki palatada a’zolarining ko’pchiligi ovozi bilan lavozimidan ozod etilishi mumkin.
Argentina huquq tizimi roman - german tizimining alohida lotin – amerika guruhiga mansub.
Argentina huquqi shakillanishiga sobiq metropoliya – Ispaniyaning huquqiy madaniyati boshlang’ich asos bo’lib xizmat qilgan.
Konstitusiyaviy huquq ko’p jihatlari bo’yicha AQSH modelidan andoza olgan , fuqorolik huquqiga esa fransiya va germaniya qonunlari sezilarli ta’sir ko’rsatgan.
Nihoyat , Ispaniyaning o’zidagi kabi mustamlakalardan ham sudlar tez – tez Rim ta’limoti va diniy huquqga bevosita tayangan holda qarorlar chiqarar edilar, ular ham tizimining bir qismini tashkil etardi.
Bo’lg’usi argentinaning feodal huquqiy tizimi yemirilishi mintaqadagi boshqa mamlakatlarda bo’lgani kabi ispanlarga olib borilgan ozodlik kurashlari davrida boshlandi. 1813 – yildagi bosh konstitutsiyaviy anssambleya ba’zi feodal majburiyatlarni va tan jazolarni bekor qiluvchi, shuningdek, qul bo’lgan ayollardan tug’ilgan bolarni erkin deb tan oluvchi, tan jazosi berishni taqiqlovchi qonunlarni qabul qiladi. 1826 – yilda argentina federativ respublikasi tashkil topdi. 1853 - yilda qabul qilingan konstitusiyaga muvofiq argentinada o’z jihatlari bilan AQSH boshqaruv shaklini eslatuvchi prezidentlik respublikasi o’rnatildi.
1859 – yilda Argentinada savdo kodeksi , 1869 – yilda esa fuqorolik kodeksi , 1866 – yilda umummilliy jinoyat kodeksi qabul qilindi. XIX asrning oxiriga kelib Argentinaning Byones – Ayres va Kordova shaharlari g’arbiy yarim sharda huquqshunoslik fanining yirik markazlariga aylandi. Buning natijasida Argentinada , Lotin Amerikasidagi ko’pgina mamlakatlarda odat bo’lib qolganidan farqli o’laroq , xorijiy davlatlar kodekslari qanday bo’lsa , ko’chirib olinmadi , balki orginal hujjatlarni ishlab chiqishga harakat qilindi. Bunday hujjatlarda bir vaqtning o’zida bir necha huquqni muhofaza qilish tamoyillari o’zlashtirildi. Ko’pgina hollarda Fransiya , Ispaniya , Germaniya , Italiya , Chili , Braziliya qonunlari namuna sifatida olindi. 1920 – yillarda qator progressiv tadbirlar amalga oshirildi : asosiy demokratik erkinliklar e’lon qiloindi , ishga doir cheklangan qonun hujjatlari amalga kiritildi , neft konlari natsionalizatsiya qilindi. 1922 – yilda hozir amalda bo’lgan Jinoyat kodeksi qabul qilindi. Prezident Peronning hukmronlik davrida 1946 – 1955 – yillarda ijtimoiy qonunlar rivoj topdi. Argentinada huquqning asosiy manbai – qonunlardir.Me’yoriy huquqiy hujjatlar iearxiyasining tepasida federal Konstitutsiya turadi. Uning 31 – moddasida Kongress tomonidan qabul qilingan qonunlar va xorijiy davlatlar bilan tuzilgan shartnomalar millatning oliy qonuni hisoblanadi, deb ta’kidlangan. Ushbu ustuvorlikni ta’minlash ustidan nazoratni barcha darajadagi respublika sudlarining sudyalari amalga oshiradilar . Konstitutsiyaning 75 – moddasi 12 – bandida fuqarolik , savdo , jinoyat , tog’ – kon sanoati , shuningdek mehnat va ijtimoiy kafolatlar to’g’risidagi qonunlarni qabul qilishni Federal Kongress vakolatiga kiritish belgilangan. Viloyatlarning qonunchiligi federal qonun hujjatlariga bo’ysunadi.
Harbiy diktaturalar davrida qonunchilik vazifalarini prezidentlar va harbiy xuntalar o’z zimmalariga olgan edilar. Respublika Oliy sudi esa ularga yon bosib , hukumat tomonidan chiqarilgan dekret – qonunlarni qonun kuchiga ega deb tan olgan . Hozirgi kunda ijro etuvchi hokimiyat Konstitutsiyaning 99 – moddasi 3 – bandiga ko’ra , mutloq kuchga ega bo’lmasligini bilgan holda , qonun harakteriga ega bo’lgan farmoyishlar chiqara olmayapti. Faqat favqulotda holatlar qonunlarni tasdiqlashning Konstitutsiyada nazarda tutilgan oddiy taomilini bajarish imkoniyatini yo’qqa chiqarganda va muammo jinoyat , soliq hamda saylov qonunchiligi , siyosiy partiyalar maqomini tartibga soluvchi normalarda daxl qilmagan taqdirda ijro etuvchi hokimiyat vazirlarning umumiy roziligi bilan farmonlar chiqarishi mumkin.
Vazirlar bunday farmonlarni Vazirlar Mahkamasining boshlig’i bilan birgalikda qonunlashtirilishi lozim. Bundan tashqari , Prezident oddiy norma yaratuvchilik vakolatiga egadir , Konstitutsiyaning 99 – moddasi 2 – bandiga ko’ra , u qonunning bajarilishi uchun zarur bo’lgan yo’riqnoma va farmoyishlar chiqaradi. Normativ tusga ega bo’lgan qonunosti hujjatlarni Vazirlar Mahkamasi ham chiqarashi mumkin.100 – moddaning 2 – bandi .
Do'stlaringiz bilan baham: |