Validlik. Reja



Download 24,92 Kb.
bet1/2
Sana21.01.2022
Hajmi24,92 Kb.
#398013
  1   2
Bog'liq
VALIDLIK


VALIDLIK.
Reja:

1. Validlik -test sifatini belgilovchi asosiy mezon.

2. Validlik dalillari.

3. Validlikka xavf soluvchi omillar.


Ta’lim jarayonida test biron-bir domenni, shu domen о‘z ichiga olgan konstruktlarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Ta’lim oluvchining bilim darajasini, unda kо‘nikma, malaka, kompetensiyalarining shakllanganlik darajasini bevosita kо‘rish imkoni mavjud emas: о‘quvchi bularni faqat bilvosita (savol-javob, kuzatish, topshiriqlarni bajarish orqali) kо‘rishi, о‘lchashi mumkin. Bunday о‘lchash natijasida chiqarilgan xulosalar asosida esa biron-bir shaxs yoki tashkilot (masalan, о‘quvchi, ta’lim muassasasi, ish beruvchi) tomonidan ma’lim bir qarorlar (masalan, diplom berish yoki bermaslik, о‘qishga yoki ishga qabul qilish yoki qilmaslik va hokazo) qabul qilinadi.

Qabul qilinadigan qarorlar asoslantirilgan bо‘lishi uchun test asosida yaiqariladigan xulosalar ham valid (asosli)1 bо‘lishi lozim.

Validlik – testni sifatini belgilaydigan eng asosiy tushunchadir. Validlik deganda testning maqsadidan kelib chiqqan holda test natijalari yordamida chiqariladigan xulosalarning qay darajada ilmiy va emperik jihatdan asosli ekanligi tushuniladi. Demak, test natijalari asosida chiqariladigan xulosalar va ushbu xulosalar asosida qabul qilinadigan qarorlar asoslangan bо‘lishi lozim.

Masalan, ona tilidan morfologiya bо‘yicha yopiq shakldagi test topshiriqlarini yaxshi bajargan о‘quvchi haqida qanday xulosa chiqarishimiz mumkin? U tilshunoslikning morfologiya bо‘limiga tegishli qonun-qoidalarni yaxshi о‘zlashtirgan deya olamiz. Bu-bahsli masala. Boshqa bir misol. Nemis tilida B1 (quyi о‘rta) darajadagi matnlarni ham tushunar ekan degan xulosaga kelishimiz mumkinmi?

Har qanday testdan oldin testni о‘tkazish uchun mas’ul shaxslar yoki tashkilotlar test bilan bog‘liq bir qancha jihatlarni aniqlab olishi lozim bо‘ladi, jumladan:

-qaysi domenni va konstruktlarni о‘lchamoqchimisiz?

Bu domen va konstruktlar o’z ichiga nimalarni oladi?


  • test natijalari qanday maqsadda ishlatiladi?

- ishlatmoqchi bolgan test topshiriqlarimiz aynan biz oylamoqchi bo’lgan domenni va konstruktlarni o’lchaydi deyishimiz uchun qanday ilmiy dalillar mavjud?

Misol uchun, ta’lim ingliz tilidan olib boriladigan universitetga inglizzabon bolmagan abiturentlar hujjat topshirishdi. Universitet qabul komissiyasi abituriyentlarni o’qishga qabul qilishdan oldin ularning ingliz tilida ma’ruzalar eshitish, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, kurrs ishlari yozish, professor-o’qituvchilar bilan muloqot olib borishga qaydarajada tayyor ekanligini baholashi lozim. Buning uchun universitet abituriyentlarga ingliz tilida ilmiy matnlarni tinglab va o’qib tushunish, ilmiy mavzularda fikrini og’zaki va yozma bayon qilish qobiliyatini bilish darajasigaminimal talablar belgilab, bu minimal talablarga javob beradiganlarni ajratib olishi kerak bo’ladi. Bunday test natijalari universitetga qaysi abiturent ta’limni ingliz tilida olib borishga tayyor ekanligi haqida asosli – valid xulosalar chiqarish imkonini beradi. Agar universitet abiturentlarga ingliz tili gramatikasi boyicha bilimlarni tekshirishga qaratilgan test bersa, bunday test abiturentlarning ingliz tilidagi Grammatik qoidalarni qay darajada o’zlashtirgani haqida xulosa chiqarish imkonini beradi, lekin abiturentlarning ingliz tilida ilmiy matnlarni tushunish yoki ilmiy mavzularda fikirlarini bayon qila olish qobiliyati haqida xulosa chiqarish imkononi bermaydi.

Boshqa bir misol: bo’lajak tilshunoslar tayyorlaydigan ta’lim muassasasi talabalar ingiliz tili gramatikaga kursini o’qib bo’lishganidan so’ng ularning gramatikaga oid bilimlarni qay darajada o’zlashtirganini baholamoqchi bo’lsa, bunday vaziyatda ularga ingiliz tili gramatikasi boyicha bilimlarni tekshirishga qaratilgan test berish eng maqbul yo’l sanaladi.

Demak, testnatijasida chiqariladigan xulosalar qay darajada valid (asosli) bo’lishi testing maqsadiga bog’liq va bir vaziyatda valid xulosalar chiqarish imkonini beradigan test boshqa bir vaziyatda bunday imkonni bermasligi mumkin. Test natijasida chiqarilgan xulosalarning qay darajada asosli ekanligini aniqlashda testning maqsadi asosiy rol oynaydi. Agar bitta test har xil maqsadlarda, har xil xulosalar chiqarish va har xil qarorlar qabul qilish maqsadida qo’llaniladigan bo’lsa testning har bir qo’llanilishi natijasida chiqariladigan xulosalar asosli ekanligi ishonch hosil qilinishi lozim.

Yuqorida ko’rganimizdek, test, odatda, biror-bir qaror qabul qilish uchun ishlatiladi, ya’ni test natijalari asosida ta’lim oluvchilar (o’quvchilar, talabalar), ta’lim beruvchilar (o’qituvchilar, ta’lim muassasasi), hatto ta’lim tizimi uchun test natijasida chiqarilgan xulosalarimiz valid (asosli) bo’lishi kerak. Bu qarorlar to’g’ri bo’lishi uchun test natijasida chiqargan xulosalarimiz valid(asosli) bo’lishi kerak. Xulosalar valid(asosli) deya olishimiz uchun dalillar kerak. Bu dalillar quyidagicha bo’lishi mumkin:

-testning mazmuniga bilan bog’liq dalillar;

-test topshiruvchilarning test topshiriqlarini bajarish jarayoni bilan bog’liq dalillar;

-testning ichki strukturasi bilan bog’liq dalillar.

-testning boshqa o’zgaruvchilar bilan bog’liqligi asosidagi dalillar;

-testning oqibatlari bilan bog’liq dalillar.

Bu dalillar validatsiya jarayonida yig’iladi.


Download 24,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish