Sport - sog‘lomlashtirish lageri (oromgohi) sharoitidagi musobaqa
Talabalarning sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari ta’til vaqtida talaba yoshlarni jismoniy-sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan yoppasiga qamrab olish maqsadida yaratiladi.
Sport-sog‘lomlashtirish lageri sharoitida voleybol, futbol, og‘irlik ko‘tarish, suzish va boshqalar bo‘yicha bellashuvlar talabalar orasida keng ommalashdi. Agar musobaqalardan keyin kechki payt talabalar o‘zlari yasagan yoki tergan (olma, nok, olxo‘ri) “sovg‘alar” bilan mukofotlansalar, bu ularning faolligini yana ham baytiradi.
Alohida oliy o‘quv yurtlari sport oromgohlari orasidagi spartakiada doirasida o‘tkaziladigan har xil sport turlari bo‘yicha musobaqalarga qiziqish katta, chunki ularning shiddatlilik darajasi ancha yuqori bo‘ladi. Bunday bellashuvlar intizom, o‘zaro yordam, yuqori sport natijalariga intiluvchanlikni tarbiyalaydi.
Bayram kunlarida musobaqalar o‘tkazilishining tarbiyaviy ahamiyati
Musobaqalarning ommaviy bayramlar-“Navro‘z”, “Xayrli kun” da o‘tkazilishi yoshlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishiga yordam beradi. Bular arqon tortish, qo‘l jangi, og‘irliklar ko‘tarish, mini-futbol va bo‘yicha musobaqalar, jamoatchilikning qiziqishini oshiradi. Terma jamoalarga talabalarning alohida hurmatini qozongan yuqori malakali sportchilar jalb qilishdir. Musobaqa ishtirokchilariga hayrixoxlik sportchilarni butun iroda bini ishga solib, g‘alabali natijaga erishishga majbur etadi, ularni sog‘lom raqobat, raqibga hurmat ruhida tarbiyalaydi. Rag‘batlantirish, sovrinlar, o‘rtoqlik raqobati iqlimi o‘z kursdoshlari, fakultet terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaydigan ko‘p sonli tomoshabinlarni jalb qiladi.
4. O‘quvchi va talaba yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” musobaqalari salomatlikni mustahkamlash vositasi sifatida “Umid nihollari”
Qadimiy Xorazm tuprog‘ida O‘zbekiston Respublikasi maktab o‘quvchilarining II respublika sport o‘yinlari-«Umid nihollari-2003» o‘tkazildi.
Bunday miqyosdagi bolalar sport bellashuvlari O‘zbekistonda ikkinchi bor o‘tkazilayapti. Umuman, butun o‘quv yili davomida o‘yinlarning shahar, tuman va viloyat saralash bosqichlarida uch xil yosh guruhlarida sport 12 turi bo‘yicha 6 millionga yaqin o‘quvchilar b sinashdilar. Xorazmga final o‘yinlarida ishtirok etish uchun 2600 nafardan ziyod o‘quvchilar to‘plandilar.
«Umid nihollari» o‘yinlarining tashkil qilinishi O‘zbekistonda mamlakata aholisining deyarli yarmini tashkil etuvchi yosh avlodning sog‘lom bo‘lishi, ham ruhan, ham jismonan uyg‘unlikda rivojlanishi uchun ko‘rsatilayotgan alohida e’tiborning yorqin misolidir. Bu o‘yinlar Preziden Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan tarbiyalash hamda sportga ommaviy ravishda jalb qilishning o‘ziga xos uch bosiqichidagi birinchi bosqich sanaladi.
Yaqinda o‘tkazilgan «Umid nihollari» o‘yinlariga Prezident Islom Karimov Farmoni bilan o‘tgan yillarning oxirida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining tashkil etilishi alohida shukuh baxsh etdi.
«Umid nihollari-2003» finaliga tayyorgarlik jarayonida Xorazmda zamonaviy badiiy gimnastika markazi hamda a’lo darajada jihozlangan olimpiya o‘rinbosarlari kasb-hunar kolleji kurib bitkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |