Vagon eyilgan detallarini qayta tiklash usullari


Detallarni suyultirilgan metall bilan qoplab tiklash (naplavka)



Download 20,93 Kb.
bet2/10
Sana08.01.2022
Hajmi20,93 Kb.
#331218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MUT 2 Mustaqil ish

Detallarni suyultirilgan metall bilan qoplab tiklash (naplavka)da metall yuzasi erigan metall bilan qoplanadi va tegishli o`lchamlar va shakl hosil qiladi.

Vagonlar ta’mirida ikki usuldagi payvandlov qo`llanadi: elektryoy va gaz usuli.

Detal yuzalarini payvanddashda detalni elektr payvandlov, flyus qatlamida avtomatik va yarim avtomatik payvandlash mumkin. SHuningdek, gaz qatlamida, plazma yoy, elektr zaklepkali va kontakt payvandlov, vibro yoy usulida suyuqlikda payvandlash mumkin.

Dastalabki ey payvandlovida asosan po`lat elektrodlardan foydalaniladi.

Payvandlov va naplavka usullarda qo`llanuvchi elektrodlarni tasniflash xizmat burchi texnologik xususiyatlar, qoplov usuli va boshqalar bilan aniqlanadi. Diametri 0.3-12 mm gacha bo`lgan surkovi 0.1 dan 0.3 mmga yetadigan po`lat elektrodlar keng qo`llanishga ega.

Yoy payvandlov rejimi elektrod diametri va markasi bilan, payvandlov toki qiymati, chokning xolati, o`zgarmas tok qo`llanilganda tokning qutbi bilan belgilanadi.

Elektrod diametri payvandlanuvchi metall qalinligi, chok qatlami soni va chokning havoda joylanishlariga qarab tanlanadi. elektrod navi (markasi) payvandlanuvchi metallga qarab tanlanadi.

Dastaki payvand past unumga ega. Payvand sifati payvandlovchi mutaxassis malakasiga bog’liq.

Flyus qatlami ostida avtomatik va yarim avtomatik payvandlash payvand ulovlarini chokni pastga qaratib bajarishda qo`llaniladi.

Payvand chuqurligi va chok eni tok va ey kuchlanish qiymatlariga bog’liq.

Avtomatik payvandlovda diametri 1,8 dan 6 mm gacha bo`lgan elektrod simlar qo`llaniladi. Bunda tok kuchi 150A dan 1500A gacha, yoy kuchlanishi 26-46V gacha bo`lishi mumkin. Payvandlov tezligi ortishi bilan payvand chuqurligi va chok eni kamaya boradi.

Flyus tarkibi chok eni o`v chuqurligiga va yuza tozaligiga ta’sir ko`rsatadi. Avtomatik va yarim avtomatik payvandlovda flyusni kiritish payvand ulovlarini sifatli bajaradi. Bunga chokning atrof muhitdagi kislorod va azotdan puxta himoyalanishi natijasida chokning kimyoviy tarkibi bir jinsli bo`lib qolishi uning shakli yaxshilanishi o`lchamlari bir xilda qolishi chokning yaxshilanishini ta’minlaydi. Flyular uch asosiy guruhga bo`linadi: uglerodli po`latlarni payvandlash; legirovkali po`latlarni payvandlash; rangli metall va qotishmalarni payvandlash.

Uglerodlashtirilgan va past legirovka qilingan po`latni avtomatik payvandlash va suyultirib qoplashda yuqori kremniyli margansovkali AN - 348 - A va OSTS - 45 turdagi flyuslar qo`llaniladi.

Avtomatik va yarim avtomatik payvandlashda dastaki yoyli elektroddagiga nisbatan 3 - 6 marotaba oshadi. SHuningdek, elektro energiya ist’emoli va elektro metall sarfi 70% dan 35% gacha kamayadi.

Detallar yuzasini tiklashda vibroyoyli suyultirib qoplash eng katta unum beruvchi usul hisoblanadi. Bunda elektr yoyli usulga nisbatan detallar kam qiziydi va kam deformatsiyalanadi.

Vibroyoyli usulning mohiyati shundan iboratki, unda tiklanuvchi detal tokar stanogi (dastgoxi) markaziga mahkamlab o`rnatiladi. o`zgarmas tok generatorining manfiy qutbi ta’mirlanuvchi detal bilan, musbat qutbi esa elektrod bilan ulanadi.

Generator ishga tushurilganda detal va elektrod oralarida yoy hosil bo`ladi va uning ta’sirida asosiy metall va elektrod metali eriydi. Suyultirilgan metallning qoplovi davrida detal berilgan tezlikda aylana boshlaydi, elektro sim esa - tiklanuvchi yuzaga uzatilib turadi. Suyuqmetallni yuzaga - qoplash davrida elektrod har soniyada 50-100 marotaba tebranib turadi (bu maxsus vibrator yordamida bajariladi).

Vibroyoyli usul yordamida vallar bo`yinlari, vtulkalar, shponka va shlitsli ulamalar yuzalari tiklanadi.

Kontaktli payvandda metallarni payvandlash ulardan o`tuvchi tokning issiqlik hosil qilishi va bu issiqlikdan metall erishi va bir biriga yopishib qolishi ro`y beradi.

Bu payvandlash usuli eng unumdor usullardan hisoblanadi.

Kontakt payvandlovning bir necha turlari mavjud. Bularga yondosh, nuqtaviy, rolik (g’ildirak)li, relefli usullar kiradi.

Yondosh usulli yaxlit - sidirra elementlar (qalinligi 20 mm gacha), diametr i 2,5 mm gacha bo`lgan trubalarni payvandlashda qo`llaniladi.

Nuqtaviy payvandlov bir yoki ikki tomonlama ustma -ust yoki yupqalistli detallar (qalinligi 5 mm.gacha) ni otbortovka qilishda qo`llaniladi.

Rolikli (g’ildirakli) payvandlov kam uglerodli va zanglamaydigan po`latlarda zich va mustahkam choklar hosil qilish uchun qo`llaniladi.


Download 20,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish