Maqola
Vafoqulov Shohrux Shavqiddin o’g’li
Tel:+998889518909
e-mail :vafoqulovshohrux5@gmail.com
Denov tadbirkorlik va Pedagogika instituti talabasi
( Denov O’zbekiston)
Toshov G’ayrat Norqul o’g’li
Tel: 998996734570
e-mail:toshovg'ayrat57@gmail.com
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti talabasi
(Denov O’zbekiston)
Xabibullayev To'lqin Botir o'g'li
Tel: +998939983801
e-mail:xabibullayevto'lqin48@gamail.com
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti talabasi
( Denov O’zbekiston)
Fayzulla Xo‘jayev va Usmon Yusupov
Anatatsiya. Fayzulla Xo‘jayev va Usmon Yusupovlarining vatanimizni tarixida tutgan o'rni alohida ahamiyatga egadir. Chunki ushbu ikki shaxs o'zining siyosiy faoliyatini vatan uchun xizmat qildilar. Ularning siyosiy faoliyati haqida ushbu maqolalari atroflicha to'xtalib o'tilgan. O'zbekiston xaqiqiy farzandlari haqida maqolamiz.
Kalit so'zlar: Jadidlar , Nemis tili, Qizil armiya, Katta Fargʻona kanali, Xalq Nozirlar Sho‘rosi,
Fayzulla Xo‘jayev 1896 yilda 1 iyulda Buxoro shahrida amirlik hududida savdogar Ubaydullaxo'ja Qosimxoja oilasida dunyoga keldi. Uning onasi Rayxon Saidmurod qizi Peshku tumanidagi Zandane qishlog'idan bo'lib, bu mushtirpar ayol oddiy dehqon oilasida voyaga yetgan edi.
Fayzullaxoja bolalik chog'ida eski usullari maktabga qanday savol chiqaradi va Buxoro madrasalaridan birida tahlil olib,Qur'oni Karimni yod olgan edi. Fayzullaxoja 17- yoshida sal oshganida keyin uni otasi Moskva olib boradi.Bu davrda ko'chalarida birinchi rus inqilobi harakati xali sonmagan edi. Bunday og'ir davrda ham yosh Fayzulla ilm olishdan to'xtamadi. Fayzullaxoja Moskvada besh yil davomida tahsil oladi (1907-1912) . Bu yerda xususiy muallimlardan ilm oladi. Buxoroda madrasada Sharq manbalaridan tahsil olgan, endi Yevropa va Rossiya urf odatlari, hayoti, ularning tartiblari haqida ilm oladi. Fayzullaxoja o'zbek tili, rus tili, tojik tilini yaxshi bilganligi aytiladi. Fayzullaxoja haqida zamondoshlari uni nemis tilini bilganligi, nemis tilida shunchalik ravon gapirgan ekan. Fayzullaxoja Moskvada besh yil davomida tahsil oladi bu uning keyingi siyosiy faoliyatiga juda katta turki bo'ladi. [1]
Fayzulla Xo‘jayev Moskvadan o'qishdan qaytgandan so'ng, u Turkiyada tahsil olgan yoshlar bilan aloqaga kirib jadidlar partiyasini tuzadi. Ular Buxoro amiridan islohotlar qilishni talab qiladilar. Partiya Fayzulla Xo‘jayev homiyligida amakisini uyida tashkil etiladi.(Latifxo'ja uyida). Partiya a'zolari Abdulvohid Burhonov ,Usmonxo'ja, Hamidxo'ja singari Turkiyada tahsil olgan yoshlar bolalarga saboq beradilar. Ulamolarga jadidlarini harakat yoqmaydi, keyin ulamolar Buxoro amiriga murojaat qilib tazyiq o'tkazishini talab qiladi Buxoro amiri jadid maktablarining yopib qo'yadi. Jadidlar yashirincha harakatlarini olib boradilar. Abduvohid Burxonov va Fayzulla Xo‘jayevilar Jadidlar partiyasini dasturini ishlab chiqishdi.¹ Buxoro amiridan siyosiy erkinlik, matbuot erkinligi kabi erkinliklar talab qilishdilar. Keyinchalik Jadidlar Turkiston general gubernatorining yordam so'raydilar. 1918 yil martida Komissilar kengashi raisi Fyodor Kolesov boshchiligida qizil armiya amirlik qo'shin o'rtasida jangda yengilib, Fayzulla Xo‘jayev ham qizil armiyasi bilan birga qochishga majbur bo‘ladi.1920 yilda sentyabrida qizil armiya yana katta qo‘shin bilan amirlikni bo'ysundirish erishadi. Fayzulla Xo‘jayev 1923 yilda Rossiyaga o'z qo'shinlarini olib chiqishni yangi mustaqil davlat tuzishni kabi talablarini Rossiya hukumati oldiga qo'yadi, keyin Rossiya hukumati Fayzulla Xo‘jayev bu talablarni tishi-tirnoqi bilan qarshilik ko'rsatadi. Fayzulla Xo‘jayev boshchiligida Buxoro hukumati tuziladi. Fayzulla Xo‘jayev 1937 yilgacha siyosiy faoliyatini davom ettirib va 1938 yilda Nikolay Buxarin tomonidan hibsga olinib, Moskva atrofida o'tib tashladilar. Shu tariqa o'zbekni yana bir farzandi vatani uchun jon bergan. [4]
Xo‘jayev 1920-yil yanvarda Toshkentda tuzilgan inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasi Turkiston Markaziy byurosi raisi, «Uchqun» gazetasi muharriri (1920-yil aprel-sentabr)dir. 1920-yil 14-sentabrda BXSR hukumati - Xalq Nozirlar Sho‘rosi tuzilib, Xo‘jayev hukumat boshlig‘i qilib saylandi. F. Xo‘jayev BXSR tashqi ishlar noziri (1920-22), harbiy ishlar noziri (1921-24), ichki ishlar noziri (1922), BXSR Mehnat va mudofaa kengashi raisi (1922-24). Shuningdek, Sharqiy Buxoro Inqilobiy harbiy kengashi raisi (1923-24), SSSR Harbiy-Dengiz ishlari xalq komissarligining O‘zbekiston SSR bo‘yicha rasmiy vakili (1925-yildan)dir. [4]
Усмон Юсупов (1900— 1966) — давлат арбоби.У. Юсупов 1900 йил 1 мартда Фар- FOHa вилоят, Фаргона туманидаги Каптархона кишлогида батрак оила- сида дунёга келди. 1916 йил у Ко- вунчи (козирги Янгийул ша*ри)даги пахта тозалаш заводида шиббалов- чи булиб ишлади ва турли жамоат- чилик ишларида фаол катнашди.У.Юсупов 1929— 1931 йилларда Узбекистон Компартияси МК котиби,1931— 1937 йилларда ВЦСПС Урта Осиё бюросининг раиси, Узбекистон ССР Озик-овкат саноати халк комиссари лавозимларида ишлади. 1937— 1950 йилларда, яъни 13 йил давомида Узбекистон КП МКнинг биринчи котиби,1950— 1953 йилларда СССР пахтачилик министри, 1953— 1954 йилларда Узбекистон ССР Министрлар Кенгашининг раиси каби масъул лавозимларда самарали фаолият курсатди.Лекин, 1954 йилнинг охирида СССР хукумати ва партия бошлиги булган Н.Хрушчевнинг буйруги билан У.Юсупов республика хукумати бошлиги ла- возимидан олиб ташланди. У 1955— 1966 йиллар давомида «4-Боёвут» ва «2-Боёвут» пахтачилик совхозлари хамда Янгийул туманидаги «Хапкобод» аграр саноат бирлашмаси директори лавозимларида ишлади.У.Юсупов республика рахбари булиб ишлаган йилларда унинг ташаб- буси асосида Узбекистонда халк хашари йули билан йирик сув иншоотлари курилди (Катта Фаргона канапи, Каттакургон сув омбори ва б.). Иккинчи жахон уруши йилларида СССРнинг гарбий районларидан Узбекистонга кучириб келтирилган йирик корхоналарни тезлик билан жойлашириш ва ишга тушириш, янги корхоналарни куриш, фронтни озик-овкат,пахта ва бошка кишлок хужалик махсулотлари билан мунтазам таъминлашда, узбекистонликларни фашизмга карши курашга сафарбар килишdа, РСФСР, Украина, Белоруссиядан келган, уруш туфайли бошпанасиз колган ахолига, ота-онасиз колган юз минглаб болаларга мехрибонлик ва узбекларга хос булган юксак инсонпарварлик сифатларини курсатишда У.Юсупов бош-кош булди. У.Юсупов даврида Узбекистон аграр республикадан аграр-индустриал республикага айланди.Бирок У. Юсупов уз фаолияти давомида жиддий хатоликларга хам йул куйди. У.Юсупов [3]
Ko‘plar Usmon Yusupovning millati va ijtimoiy kelib chiqishi bilan qiziqishadi. Uning onasi Oyniso opa — o‘zbek, toshloqlik hunarmand-to‘quvchining qizi bo‘lgan. Otasi Yusuf aka esa — tojik, Kaptarxonadagi vaqf yerda batraklik qilgan.. Ota-onasi farzandimiz xalifa Usmonday aqlli, dono bo‘lsin, oilamizga baxt va farovonlik keltirsin, degan yaxshi niyat bilan unga Usmonjon deb ism qo‘yishdi.Yusuf aka 1916 yilda oilasi bilan Qovunchiga (hozirgi Yangiyo‘l shahri) ko‘chib keladi. Usmon shu yerdagi paxta zavodida oddiy ishchi bo‘lib ishlay boshlaydi.1923 yilda Usmon Anastasiya Bolshakovaga uylandi. Ikki yildan keyin oila o‘g‘il ko‘rib, ismini Asqar (Leonid) qo‘ydi. Lekin Usmon bilan Anastasiyaning turmushlari bo‘lmadi. Asqar yaqinda Moskvada vafot etdi. U tarix fanlari doktori, SSSR Fanlar akademiyasi tarix institutining professori edi.1929 yilda Usmon ukrain qizi, komsomol faoli Yuliya Stepanenkoga uylanib, umrining oxirigacha u bilan birga yashadi. Er-xotin besh farzand ko‘rishdi. Hozir xalq xo‘jaligining turli sohalarida mehnat qilayotgan bu farzandlarining tomirida o‘zbek, tojik va ukrain xalqlarining qoni bor.Usmon Yusupov hayoti mobaynida amalga oshirgan eng so‘nggi tadbir agrosanoat kombinatining direktori sifatida O‘zbekistonda o‘tgan belorus adabiyoti va san’ati o‘n kunligida qatnashgan Belorussiya delegatsiyasini 1966 yil 24 aprelda qabul qilgani bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, delegatsiya a’zolaridan to‘rt kishi urush yillari Toshkentga evakuatsiya qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining o‘sha paytdagi birinchi kotibini yaxshi bilishar ekan. Mehmonlar Xalqoboddagi bog‘da kun bo‘yi bo‘lishib, o‘ynab-kulib, dam olib ketishdi.[4] Ikki kundan keyin yuqoridan bir do‘kay qo‘ng‘iroq qilib, Usmon Yusupov sha’niga haqoratomuz so‘zlar aytdi. U qattiq iztirobga tushib, kechasi bilan uxlay olmadi. 26 aprel kuni kechqurun insult boshlanib, o‘ng qo‘li va oyog‘i shol bo‘lib, tildan qoldi. To‘shakda o‘n kun qimirlay olmay yotdi.
Shifokorlar, xotini va farzandlari butun choralarni ko‘rishganiga, bemorning o‘zi ham harakat qilganiga qaramay, qo‘l-oyog‘ini qisman bo‘lsa-da qimirlata olish, so‘zlash qobiliyatini biroz bo‘lsa-da tiklash imkoniyati bo‘lmadi.
Toshkentdagi zilzila munosabati bilan 27 aprelda L. I. Brejnev va A. N. Kosigin O‘zbekiston poytaxtiga kelishdi. O‘shanda ular Mirzacho‘ldagi yangi davlat xo‘jaliklarida ham bo‘lishib, Usmon Yusupovning hovlisi yonidan o‘tib ketishgan edi. Lekin o‘zlari yaxshi bilgan, yonma-yon ishlashgan, partiya Markaziy Qo‘mitasi a’zosi, SSSR Oliy Kengashi deputati, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgan Usmon Yusupovning oldiga birrov kirib, holidan xabar olishni, ko‘nglini ko‘tarishni, qanday yordam kerak, deb so‘rashni lozim topishmadi.Usmon Yusupov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Ko‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgach, avvalo o‘lka hayotining eng muhim muammosi — suv xo‘jaligi bilan shug‘ullandi. U dehqonlarning tashabbusini ma’qullab, qo‘llab-quvvatladi, partiya tashkilotini, xalq ommasini katta suv uchun kurashga ko‘tardi. Usmon Yusupov respublikaga rahbar boʻlgan yillarda Oʻzbekistonda xalq hashari yoʻli bilan yirik suv inshootlari (Katta Fargʻona kanali, Kattaqoʻrgʻon suv ombori va boshqalar) qurilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida mamlakat gʻarbidan koʻchirib keltirilgan korxonalarni ishga tushirish, yangilarini qurish, frontni oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan muntazam taʼminlash, oʻzbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilish, urush tufayli uyjoy va boshpanasiz qolgan aholi hamda yetim qolgan bolalarga mehribonlik va insonparvarlik qilishda Usmon Yusupov bosh-qosh boʻlgan. U oʻz siyosiy faoliyati davrida imkoniyat doirasida Oʻzbekiston xalqi manfaatlarini himoya qilishga intilgan boʻlishiga qaramay ommaviy qatagʻon siyosatida (1937——1939) Markaz farmoyishlarini bajarishga majbur boʻlgan. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan. Katta Fargʻona kanali, Fargʻona tumanidagi qishloq, respublikadagi bir necha maktab, koʻcha, shirkat xoʻjaligiga Usmon Yusupov nomi berilgan. Yangiyoʻl shahrida uymuzeyi bor, haykali mavjud.[²]
Usmon Yusupov O‘zKP(b) MQning 1941-yil dekabrida o‘tgan V plenumida O‘zbekistonda g‘alla masalasini hal qilish, o‘zimizni o‘zimiz un-non bilan ta’minlashimiz kerak, degan vazifani ilgari surdi. Don ekiladigan sug‘oriladigan yer maydonlari kengaytirildi.Zarang yerlar, qo‘riqlar, to‘qaylar, lalmikor yerlardan ham foydalanildi. 1942-yilda 1408,1 ming gektar,1943-yilda 2090,2 ming gektar yerga g‘alla va dukkakli ekinlar ekildi. Natijada don mahsulotlari yetishtirish ko‘payib, 1941-yilgi 4,8 mln so‘m o‘rniga 1943-yil 5,3 mln so‘m olindi, respublika ehtiyojlari qondirildi . O‘zbekiston rahbarlaridan Usmon Yusupov va Yo‘ldosh Oxunboboyevlar oilasi ham yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga oldilar [2]
Xulosa
XX- asr boshlarida vatanimizni tarixida og'ir davrini boshdan kechirdi. Shunday zamonida Fayzulla Xo‘jayev mustaqillik uchun o'z joni fidoyi etgan insonlardan. Amirlikning zaiflashib qolishi millatining ruhini sindiriladi, yana xalqni buyuk kelajag sari oldinga chorlaydi. Fayzulla Xo‘jayev o‘z diplomatiyasi bilan o'zbek xalqini to'liq Chor Rossiyaga qaram bo'lib qolishidan asradi. Mustaqil davlat tuzishga , tilni-dini qaytarishga o'zini fidoyi etgan shaxs. Fayzulla Xo‘jayev asrlar davomida o'zbek xalqining qalbida yashaydi.
Usmon Yusupov Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketgan davrida o'zbek xalqini urushga qatnashiga bosh-qosh bo'ldi. Usmon Yusupov SSSRdan bir qancha korxonalarni ko'chirib kelishida katta hissa qo'shdi. Keyinchalik Stalin vafotidan keyin u ancha pastgi darajaga tushib qoladi. Usmon Yusupov Mirzachoʻldagi Boyuvut tumanida sayxoz bo'lib ketadi.
Foydanilagan adabiyotlar
1.Qahramon Rajabovning Fayzulla Xo‘jayev asari "Abu-Matbuot konslat" nashriyoti Toshkent -2011
2.Usmon Qamariddinov O'zbekiston tarixi kitobi.
3. Yangi O'zbekiston tarixi kitobi 2 qismi "Sharq" nashriyoti Toshkent-2000
4. Nusratillo Naimov Buxoro jadidlar kitobida Fan nashriyoti Toshkent 2000 yilda.
Internet saytlari
1. www.pdffactory.com ¹
2. Ziyouz.com ²
Do'stlaringiz bilan baham: |