Vafo va sadoqat kuychisi O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag’ishlanadi


sahnaga Hamid Olimjon va Zulfiya chiqib keladi



Download 33,59 Kb.
bet2/2
Sana21.02.2022
Hajmi33,59 Kb.
#358
1   2
sahnaga Hamid Olimjon va Zulfiya chiqib keladi)
Hamid Olimjon:
Janub kechasida
Sen bo’lmasang, shu och to’lginlar
Ko’rinmasdi sira ko’zimga.
Sen bo’lmasang, o’zimning ko’nglim
Kirmas edi aytgan so’zimga.
Sen bo’lmasang, etmasdi xursand
Suv ustida suzib yurgan oy.
Hamisha sho’x, hamisha baland.
Yulduzdagi jon yoqar chiroy.
Qarashlaring tinchimni olib,
Chertib ketdi qalbim torini,
Shundan keyin sezdim yurakda
Shuncha kuchli o’tning borini.
Aytib ber-chi, shuncha sevganlar
Bo’lganmikan mencha baxtiyor?
Aytib ber-chi, qaysi qiz burun
Sevib, bo’lgan umid bilan yor?
Zulfiya:
Ne baloga etding mubtalo?
O’tdi oylar g’am bilanoqib,
Dil topmadi zarra tasallo.
Firog’ingda qoldim tutoqib,
Ne baloga etding mubtalo!
Ko’z ochgani qo’ymaydi alam,
Boshim qo’ysam kuydirar bolish.
Yupatolmas kitob va qalam,
Misralarim ko’tarar nolish.
Nahot shuncha ma’sum, shuncha pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.
Tog’day bor deb bilgan yuragim
Qush boshicha qolmadi chog’i?
G’amni yengarman degan sarim
Yana ortar alami, dog’i.
Erib ketmagandim sevgingdan,
Bo’lmaslik-chun baxtimdan judo.
Birga qolish uchun sen bilan
Kuyaman-u bo’lmayman ado.
2-boshlovchi: Zulfiya butun ijodi bilan o’zi benihoya sevgan xalqi,Vatanini kuylaydi. Shu sababli she’rlarida Ona yurtning yorqin va go’zal manzaralarini, zamondoshlarinig yaratuvchanlik qudratini muhabbat bilan tarannum etdi.
1-boshlovchi: - Navbat yurt manzaralarini tarannum etuvchi she’rlarga.
1-boshlovchi:
Go’zal tuproq uzra quyildi oqshom,
Kunduz olar dam.
Jo’shqin mushoira etadi davom,
Do’stim, kel, sen ham.
2- boshlovchi:
Hind tuprog’i uzra quyilib oqshom,
Kunduz olar dam.
Jo’shqin mushoira etadi davom,
Do’stlar bo’lib jam.
1-boshlovchi: -Zulfiyaning turli xalqaro simpoziumlar, konferensiyalar va adabiy uchrashuvlarda faol ishtirok etib kelgan. Uning she’rlari bir qancha tillarga tarjima qilinib, nufuzli minbarlarda yangragan. Shoiraning “Mushoira” she’ri ham jahon adabiyoti durdonalaridan.
2-boshlovchi: Zulfiyaning ovozi va parvozini, betakror ijodini jahonning buyuk yozuvchilari, allomalari yuksak darajada qadrlab, unga hurmat-e’tibor, ehtirom ko’rsatishgan.
1-boshlovchi :-Endi shoira Zoya Tumanovaning Zulfiya ijodi va siymosini tarannum etuvchi “Yurakdan porlagan so’z” deb nomlanuvchi nasriy she’rini tinglang.
Yurakdan porlagan so’z
Asr bo’roni, urush momaqaldirog’i guldurar.
Iztiroblar quyunida yuraklar ingrar…
Yer qattiq, ammo uning ham fig’oni falakka chiqar.
Portlash va gumburlash dahshati aro bir ovoz quloqqa chalinadi. Unda zaminningjarohati, quvvati, unda adolat uchun jonini tikkan jangchining shijoati, unda-vafo va sodiqlik, umidning o’chmas olovi jamuljam.
U- Zulfiyaning ovozi. Olchalar bir saf kelindayto’y libosida. Yuksaklaklar qo’ynidan adir etaklaridagi lolalar anor donalariday ko’rinayotir. Maysalardagi yomg’ir durlari yaltiraydi. Ufqlardan ufqlarga kamalakning beqasam ko’prigi tashlangan. Qushlarning chuldirashi, subhidamning ipak nafaslariga to’lib, borliqning mastona va g’olib navolari-la tong yoildi.
O’zbek tuprog’idagi bahorning tashrifi bu!
Bu- Zulfiyaning so’zi!
Osmon og’ushida paxtazor ummoni chayqaladi. Xalq o’zining mangulik qasrini, Vatanida abadiyat gulshanini yaratmoqda. Orzular qanot qoqmoqda. Insonning o’tkir nigohi fazo yaylovlariga intilmoqda.
Bu- Zulfiyaning yurakdan porlagan so’zi!
Mana u- hayotning yuksak cho’qqisiga erishgan Ayol. Qora qoshlarning nafis chimirilishi, ko’zlarining chaqnab turishi jozibali. Orom bilmagan yuragi go’zal. U- chaqnayotgan chaqmoqni ilib olmoqqa tayyordek jasoratli boqadi. Boshga tushgan og’ir kulfatlarni mardonavor yengib o’tgani uchun shodliklarga oshkor boqadi u.
U- hayotning, cheksiz muhabbatning manbai bo’lgan Ona! Odamlarga taqdirdagi Momo Havo, olam tashvishini o’ziniki bilgan tinchimas qalb!
U o’zbek xalqining qizi!
U o’zbek xalqining qo’shig’i!
U- Zulfiyaning qalbi!
1-boshlovchi:

  • Salom, mening aziz dugonalarim,

Azizim, lobarim, chevarim qizlar.
Ey toza qalbimning oshnolari,
Kuylarim ilhomi, sevarim qizlar.
2-boshlovchi:

  • Men Hofizday ulashmayman yurt!

Iste’dodim, qalbim sizlarga.
Yaxshi nomim, baxt-sevinchim but.
Barchasini beray sizlarga.
Hamid Olimjon “O’rik gullaganda” she’ri . Nasiba Abdullayeva ijrosida . raqqosa qizlar xirom etadilar.
1-boshlovchi: Zulfiya ko’p yilar davomida o’zbekiston xotin-qizlarining nashri ”Saodat” jurnalida bosh muharrir bo’lib ishladi. Ana shu davrlarda yoshlarga ustozlik qilib, qaynoq qalblarni she’riyarning sehrli gulbog’lariga yetaklab kirdi. Prezidentimizning 1999-yil 10-iyunda qabul qilingan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi farmoniga muvofiq adabiyot, san’at, madaniyat, fan, ta’lim sohalarida faol, tashabbuskorqizlar ushbu mukofotga sazovor bo’lmoqda. Ayni shu kunlarda ularning soni 200 nafardan oshgani, ayniqsa, quvonarli.
2-boshlovchi: U doimo barhayot. Ha, Zulfiya ozod yurtimizda ijod qilayotgan yuzlab qizlarimizning ham ustozi, ularning dardini, orzu-umidlarini, sevgi-muhabbatini , hijron-sadoqatini shoirona qalb bilan kuylagan, yosh qalblarni o’ziga eng yaqin do’st, dugona, sirdosh deb bilgan ijodkordir. Maktabimizda ham iste’dodli, iqtidorli, adabiyot, san’at, sportni sevuvchi, tashabbuskor, bilimdon qizlarimiz bisyor. Mathamat, shoira qizlarimiz ijodidan bahramand bo’ling.( shoira qizlar o’z ijod namunalaridan o’qishadi.)
1-boshlovchi:O’quvchi qizlarimiz orasidan “Zulfiyaxonim izdoshlari” ning yetishib chiqishi bizni mamnun etadi, albatta. Jamiyatning qaysi sohasi bo’lmasin qizlarga, ayollarga berilayotgan e’tibor ma’nan va jismonan sog’lom avlodning voyaga yetishishiga yo’l ochadi.
2-boshlovchi: Hech narsa davlat va millatni butun dunyoga sportchalik tez tanita olmaydi. Butunjahon miqyosida bo’lib o’tayotgan musobaqlarda g’alaba qozongan sportchi qizlarimiz sharafiga davlatimiz madhiysi jo’rligida yurtimiz bayrog’i ko’tarilmoqda. Sahnada sportchi qizlar.
1-boshlovchi: Kechamiz Zulfixonim tavalludining 100 yilligini nishonlash maqsadida tashil etilgan ekan, o’quvchi qizlarimimzning shoira hayoti va ijodi yuzasidan bilimlarini sinab ko’moqchimiz. Uch nafar qizni sahnaga taklif etamiz. Ular Zulfiya hayoti va ijodi yuzasidan o’rgangan bilimlari asosida qog’ozga ma’lumotlarni yozadilar. Eng ko’p ma’lumot bergan o’quvchiga maxsus sovg’amiz bor. Marhamat!
2-boshlovchi: Qizlar mana sizga qog’oz va qalam. Siz ma’lumotlarni yozib bo’lguningizga qadar “Dilxiroj” raqsini tomosha qilamiz.
1-boshlovchi: Qizlar ma’lumotlarni yozib bo’ldilar. Eng ma’lumot bergan o’quvchi ___sinf o’quvchisi_________________. Mana bu sovg’a Siz uchun. Zulfiya ijodi doimiy hamrohingiz bo’lsin.
2-boshlovchi: San’at inson qalbining dil torlarini chertib, uni yashartiradi. Raqs orqali insonnig ichki tuyg’ulari ifoda etiladi. (“Olti xalfa” qo’shig’i)
1-boshlovchi: Vafo va sadoqat kuychisi-Zulfiyaxonimga atab shoirlarimiz go’zal she’rlar bitib, uning ijodiga cheksiz hurmatini izhor etdilar.
Oftob ziyosidan munavvar olam,
Nurga intiladi tahna nigohlar,
Iqbolidan mamnun, baxtiyor odam,
Chapak chalib qutlar, gular, giyohlar,
Gulgun saodatim sizsiz, shoiram!
2-boshlovchi:
Mehnatdir hamisha umrga mezbon,
U-obro’, u-shuhrat, mangu obida.
O’zni korib xushnud baxt kitobida.
Bu-halol mehnatim sizsiz shoiram
Oltin qalam berdi qo’larga zamon.
(Navbat Zulfiyaxonim haqidagi she’rlarga)
1-boshlovchi:
Men quyoshdan uzib beray senga bir parcha,
Yuragimdan uzgan singari…
( Nay navosidan bahramand bo’ling.)
1-boshlovchi:
Hayot kitobini bexos varaqlab,
Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim.
Tabussum o’rnida kuldim charaqlab,
Suyish kerak bo’lsa telbacha suydim.
2-boshlovchi:
Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim,
Hech kimda ko’rmayin umrimga o’xshash.
Suydim, erkalandim , ayrildim kuydim,
Izzat nima-bildim, shu-da bir yashash.
1-boshlovchi:
-Aziz do’stlar! Siz tinglagan “Men o’tgan umrga..” she’rida shoira o’zi yashagan umrga sarhisob bergandek bo’ladi. Zotan, Zulfiya umrning azizligini, hayotning go’zalligini, har qanday og’rliklarni matonat bilan yengib baxtli bo’lish mumkinligini o’z asarlari ruhiga singdirib yborgan.
2-boshlovchi: haqiqatan ham, Vatani va xalqiga xizmat qilishni o’ziga baxt deb bilgan shoira Bahor, Baxt,Shodlik, Vafo, Sadoqat, ona-Vatan kuychisi bo’lib, qalbimiz to’rida abadiy yashaydi. Zulfiyaning 100 yillik yubiley tantanalari quyoshli O’zbekistonimizning shahar va qishloqlarida, barcha ta’lim maskanlarida davom etadi.
Mushoira
1
Гўзал тупроқ узра қуйилади оқшом,
Кундуз олар дам,
Жўшқин мушоира этади давом,
Дўстим, кел сен ҳам!
Бунда узоқдаги дўст бўлар яқин,
Санъат, маҳоратнинг байрами бунда.
Қофия, сўз, мисра баҳслари қизғин,
Юраклар даврага киради бунда.
Қай дил чамани бой, жозиб нафаси,
Кимнинг фикри ўткир, теран, бокира?
Бу гурунг — шоирлар мусобақаси —
Шарқ шеърий чамани, бу мушоира.
Ҳинд тупроғи узра қуйилиб оқшом,
Кундуз олгач дам,
Жўшқин мушоира этади давом,
Дўстлар бўлиб жам.
Юраклар жўр экан, овоз ҳамоҳанг,
Зарра эҳтиёж йўқ муҳташам залга.
Бу шеър боғида гўзал, ранг-баранг
Қўшиқ солиб келган ҳар шоир дилга.
Нил қудратин жўшиб куйлар бир шоир,
Ўзгаси Ганг мисол қилар замзама.
Фақат манго нусха ажойиб чодир
Бу гўзал даврага ажиб бошпана.
Бенгал кўрфазидай кўк эди оқшом,
Атрофда табиат оларди нафас.
Ранг-баранг чироқлар шуъласи бесон —
Осмон кўзларида этар эди акс.
Салқин соҳиллардан эсган шаббода
Гоҳ олиб келарди гуллар бўйини.
Гоҳ ҳинду қиз куйин, гоҳ яқин боғда —
Сайраган анвои қушлар куйини.
2
Лекин ҳоким эди даврда илҳом
Ва жасур қалам.
Жўшқин мушоира этарди давом,
Дўстлар бўлиб жам.
Ўзбек супасидай саҳнада гилам
Чироқда ёнарди гўё камалак.
Сеҳру муҳаббатин кўрарди баҳам
Ҳақиқат ва нурга интилган юрак.
Саҳнага чиқарди сипо ва вазмин
Чинор ҳам, ниҳол ҳам шеър чаманидан.
Кекса-ю ёш отаю фарзанддай яқин
Ёнма-ён дўстликнинг бу байрамида!
Шарқнинг ҳам бузилмас одатлари бор,
Ҳиндлар удумига қиламиз амал.
Чордана қурамиз меҳмон ва мезбон
Камалакранг гилам узра бемалол.
Пойгакда ечилган хил-хил пойафзал,
Менинг назаримда ўзи бир дунё.
Ҳар бири ўзида меҳнат ва гўзал
Эли тупроғини келтирган гўё.
Ажиб Ҳиндистоннинг моҳир, миришкор
Косибин санъатин қилиб намойиш —
Ҳиндлар сандаллари тизилган қатор.
(Сандал дарахтидан ясалган эмиш).
Жуда соз! Албатта кийиб бирини
Сафарга дўстлар-ла мен ҳам чиқаман.
Ҳар қўлга тутқазиб халқим меҳрини,
Буюк Ҳиндистонни яёв кезаман!
Хитойнинг бежирим, Боғдоднинг пухта
Оёқ кийимлари турар ёнма-ён.
Қарайман, Цейлон бор ва бошқа жуфтда
Эрон косибининг санъати аён.
Мўғулча этиклар Панжоб кашфига
Эртак сўзлагандай эгилиб турар...
Кўзлар қувонади инсон ишига,
Шод этар тупроғу, меҳнат ва ҳунар.
3
Сўнгра теваракка сездирмай секин
Мен ҳам туфлимга ташладим кўзим.
Ёмон эмас, Аҳмад, моҳир, камтарин
Ватандош, ишингта олқиш ўқидим.
Биламан, сенинг ҳам бунда дўстинг бор,
Балки Бомбейда у, балки Кашмирда.
Қаерда бўлмасин худди сен мисол
Яшайди даврада янграган шеърда!
Чодир ичи гавжум, кўзлар мунтазир,
Микрофон олдида давр соҳиби:
Кумушдай сочида жилваланар нур,
Кўзида ёшликнинг сўнмас ёлқини.
Неларни кўрмади бу кўзлар? Юртда
Кўз ёши дарёдай оққанин эслар.
Ирода ва умид тобланиб ўтда,
Қари ҳақсизликни ёққанин эслар.
Энди Ҳиндистони устида офтоб,
Шунинг-чун ёш, дадил, мунаввар боқар,
Бизни шеър баҳсига қилади хитоб,
Қўшиқ юраклардан дарёдай оқар.
Гўзал таржимондир зангори оқшом,
Ҳар юрак ҳамдам.
Бизнинг мушоира этади давом,
Дўстим, кел сен ҳам!
Мана, мусиқадай, севгидай майин
Даврага киради Панжоб булбули.
Нафис сатрлари ёниқ ўтдайин,
Жасур жаранглайди оналик дили.
Шеър ўқийди Непал, Вьетнам, Хитой,
Рус, тожик ўқийди шеърини сарбаст.
Қора алангадай соқолли сингхлар,
Қордай оқ либосли бенгаллар, ҳиндлар.
Завқидан тебраниб нақ тўлқинли сой,
Тингларди ҳаяжон оғушида маст.
Қўшиқ-чи?
Гоҳ кураш,
гоҳ қиз севгиси.
4
Гоҳ кўкдан нон кутиб кўр бўлган нигоҳ,
Гоҳ гўдак кулгуси, гоҳ банан иси,
Сурмали кўзларнинг нози бўлиб гоҳ,
Гоҳ бўғиқ ҳақиқат дод, ҳайқириғи,
Гоҳи юлдуз каби йироқ, ёрқин бахт.
Қулликка санчилган ғазабнинг тиғи,
Гоҳ эрк тантанаси берган адолат —
Осиё, Африка картаси бўлиб,
Ҳаёт аламига, бахтига тўлиб,
Кириб келар эди дилдан дилларга.
Еллар мисраларни диллардан юлиб —
Миллион йўллар билан бутун элларга
Кетарди гўё бир самимий сайёҳ,
Ёлқин қанотида дўстлик ва меҳр.
Гўё шарқликларнинг бахтига гувоҳ,
Ғарбни чорлар эди даврага шеър.
Эй латиф, фусункор ҳинд оқшомлари,
Не сеҳр бор эди зангор қўйнингда?
Тингловчи ва шоир ҳаяжонлари
Бу улкан қалб бўлиб тепар тўлқинда.
Янги куй, янги ўй олиб шоирлар,
Дарага келарди, келарди ҳамон.
Дилларни пайванддар эди сатрлар
Дўстлик, қардошликнинг кўпригисимон.
Ёру биродарнинг меҳрига сероб.
Юракдай даврамиз борар кенгайиб,
Жафокаш қонига солиб офтоб,
Кўзида қалбнинг оқлиги ёниб —
Африка фарзанди ўқийди шеър.
Ирмоқдай қуйилар тинчлик сўзлари.
Ором оғушига кирган бўлар ер,
Ёрқинроқ чақнайди кўк юлдузлари.
Сен эрмак эмассан, сен нон, сен ором,
Орзу покиза.
Сен Ҳаёт! Ҳаётни куйла сен мудом,
Эй, мушоира!
Сен чорла, овозинг эшитсин жаҳон!
Шеърнинг уриб турган юраги бўлиб,
Ҳаётнинг энг ажиб куйига тўлиб.
5
Даврамиз меҳрга тўлиқ бир олам,
Дўстлар бари жам,
Буюк мушоира этади давом,
Келингиз, сиз ҳам!
1958__
Download 33,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish