«Jabhat an-nusra» («jabha» – front, «nusra» – yordam). To‘liq
nomi – «Jabhat annusra li ahlish Shom» (Shom ahliga yor
dam fronti) bo‘lib, u «alQoida» tashkilotining Suriya va Liviya
hududidagi sho‘basi hisoblangan. 2016yil 28iyul kuni tashkilot
o‘z nomini «Jabhat fath ashSham» deb o‘zgartirganidan so‘ng
«AlQoida» aloqalar uzilganini e’lon qildi.
93
«Jabhat annusra» salafiyjihodiy yo‘nalishidagi harakat bo‘lib,
2012yil yanvarda Suriyada yuzaga kelgan. Tez orada Suriya hu
kumatiga qarshi kurashuvchi kuchlarning asosiylaridan biriga ay
landi. Harakat oldin Iroqda Abu Mushab Zarqoviy qo‘l ostida
harakat qilgan «alQoida» jangarilaridan tashkil topgan. 2011yil
martda Suriyada davlat to‘ntarishi boshlanishi bilan «alQoida»
ushbu jangarilarni Suriyaga jo‘natgan.
Frontning asosiy muassisi «AlFotih» laqabli suriyalik Abu
Muhammad Juloniydir. «AlQoida» tashkilotining rahbari Ay
man Zavohiriy «Jabhat annusra»ni «alQoida»ning Suriyadagi
yagona bo‘g‘ini sifatida e’tirof etadi.
Mamlakatdagi joriy hukumatni ag‘darish orqali dastlab Suri
ya hududida, so‘ng barcha musulmon olamini birlashtirgan islom
shariatiga asoslangan «islom xalifaligi»ni o‘rnatish maqsad qilin
gan.
«Jabhat annusra» harakati «alQoida» tashkilotining «ji
hod»ga targ‘ib etuvchi, «salafiy» aqidasiga asoslangan bo‘linma
si hisoblanadi. Shuningdek, harakat nazariy jihatdan «Musulmon
birodarlar» uyushmasi a’zosi bo‘lgan Said Qutbning qarashlari
ga ham asoslanadi. «Jabhat annusra» harakatining asosiy g‘oyasi
xalifalikni qayta tiklash, islom shariatini tatbiq qilish, jihod orqa
li davlat tuzumini ag‘darish va qaysi yerga hukmron bo‘lsa, o‘sha
yerda «islom davlati»ni qurishdan iborat.
Shu bilan birga, «Jabhat annusra» harakati alaviylar va shia
larga qarshi ish olib borib, ularni kufr yo‘lini tutgan oqimlar, deb
hisoblaydi.
«Jabhat annusra» Suriya, Livan, Iordaniya, Isroil va Falas
tin davlatlarini o‘z ichiga olgan. Uning asosiy faoliyat uslublari
xudkushlik amaliyotlari, portlovchi moddalar bilan to‘latilgan
mashi nalarni portlatish, harbiy bazalarga hujumlar uyushtirish
kabi harakatlar sanaladi.
«Jabhat annusra»ning bosh hay’ati – «Mujohidlar sho‘ro
kengashi» deb nomlanadi. Undan keyin har bir mintaqada ki
chikroq maslahat kengashlari turadi. Ushbu kengashlar guruhlar
94
nomidan qarorlar qabul qiladi. Tashkilotni amir boshqarib, u bir
vaqtning o‘zida ham siyosiy, ham diniy shaxs hisoblanadi. Un
ga Suriya shahar va viloyatlaridagi mahalliy amirlar bo‘ysunadi.
Shuningdek, alohida ishlarni bajaruvchi Mas’ullar ham bo‘lib,
ular mablag‘larni yo‘naltirish, qurolyarog‘larni qo‘lga kiritish ka
bi ishlar bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, diniy ishlar, matbuot xizmati, tashqi ishlar
bo‘limlari ham faoliyat olib boradi. «Jabhat annusra» haraka
ti ayrim manfaatdor davlatlar hamda Yaqin Sharq va G‘arb dav
latlaridagi ba’zi jamg‘armalar tomonidan maqsadli ravishda ajra
tiladigan mablag‘lar, turli diniy, xayriya tashkilotlari, «alQoida»
(2016yilga qadar) kabi uyushmalar tomonidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, harakat noqonuniy neft savdosi, insonlarni garovga
olish ishlari bilan ham shug‘ullanadi.
«Jabhat annusra»ning tarkibida Pokiston va Afg‘oniston dav
latlari hududidagi lagerlarda «alQoida» tomonidan tayyorlan
gan va undan ajralib chiqqan jangarilar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunga qadar «Jabhat annusra» tomo
nidan 70 dan ziyod xudkushlik amaliyotlari sodir etilgan. Shu
ningdek, ular alaviy va shialardan iborat tinch aholiga ham hu
jum uyushtirishgan.
«Global terrorizm indeksi» ma’lumotlariga ko‘ra, «Jabhat
annusra» tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik amaliyotlari
natijasida 2015yilda 600 dan ortiq inson vafot etgan. Jumladan,
2015yil sentyabr oyida jangarilar «Abu adDuxur» aerodromini
qo‘lga kiritish chog‘ida asirga tushgan Suriya hukumatining 56
nafar askarlarini qatl etgan.
Shuningdek, jangarilar 2014yil avgust oyida BMTning
tinchlikparvar kuchlaridan iborat 45 nafar kishini asir olgan.
Ke yinchalik 20 million AQSH dollari evaziga ularni ozod et
gan.
2012yil dekabrda AQSH Davlat Departamenti, 2013yil may
oyida BMT Xavfsizlik Kengashi «Jabhat annusra» harakatini
terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi. Shuningdek, Avstraliya,
95
Buyuk Britaniya (2013) hamda Rossiya (2014) kabi bir qator dav
latlar ham mazkur uyushmani terrorchi tashkilot deb e’lon qil
gan.
Umuman olganda, din bayrog‘i ostida talonchilik va bosqin
chilik, terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlari sodir etilayot
gani, narkobiznes va noqonuniy qurolyarog‘ savdosi amalga
oshirilayotgani, korxonalar va inshootlarga zarar yetkazilayotgani
ham hech kimga sir emas. Bunday harakatlar ijtimoiy barqaror
likning izdan chiqishiga, millatlararo va dinlararo adovat, mil
latchilik va diniy ayirmachilik kayfiyatlarining shakllanishiga
zamin yaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |