20
qishlog‘ida yuz berganligi bois avvaliga ularni «haruriy lar» deb ham
ataganlar. Ular o‘zlarini «shurot» (jonlarini Alloh yo‘lida
tikkan
kishilar) deb nomlaganlar. Yana ularning «Muhakkima» («hukm
Allohning qo‘lida» deguvchilar) degan nomlari ham bo‘lgan.
Xavorijlar o‘zlariga Abdulloh ibn Vahb arRosibiyni amir etib
saylab, Ali (r.a.) va Muoviyani yo‘q qilish payiga tushdilar. Xali
fa Ali (r.a.)ni 660yilda xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam o‘ldir
gach, xavorijlar ikki firqaga bo‘linib, biri Iroqda qoldi,
ikkinchisi
Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida xavorijlarga
qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umaviylar davlati
ga katta xavf solardilar. Bu davrda xavorijlar kuchayib, Kirmon,
Fors, Yamoma, Hadramavt, Toif
va Yaman kabi shahar hamda
o‘lkalar ni egalladilar.
Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749–1258) qo‘li
ga o‘tganidan keyin ham bu toifa bir muddat o‘z kuchini yo‘qot
madi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib bor
gan kurashlaridan so‘nggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi.
Xavorijlar ta’limotlari asosi quyidagilardan iborat:
– ular gunohkorni «kofir» deb e’lon qildilar. Shunga ko‘ra
xalifa Usmon (r.a.)ni Abu Bakr (r.a.) va Umar (r.a.) yo‘lidan yur
magani uchun kofir deyishadi. Ali (r.a.), Muoviya, Abu Muso
alAshhariy, Amr ibn alOslar muxolif guruhlarda qatnashgan
lari uchun ular nazdida kofirlar;
– «zolim» podshohga qo‘lda qilich
bilan qarshi chiqishni
diniy vazifa (vojib) deb biladilar. O‘z e’tiqodini yashirish tamoyi
li (taqiya) rad etadilar. O‘zlari harbiy jihatdan zaif bo‘lsalar ham,
qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib bo‘laveradi, deb
hisobladilar;
– xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki
arab bo‘lishligidan qat’i nazar, musulmonlar tomonidan saylani
shi mumkin.
Xalifalik, shialar aytganidek, ma’lum jamoat (sulo
la) ichida cheklanmagan;
– namoz, ro‘za, zakot va boshqa amallarni imonning bir
bo‘lagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarma
21
guncha, dili bilan
tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan
olini shi uchun kifoya emas.
Demak, islomda dastlab paydo bo‘lgan firqa «xorijiylar»dir.
Boshqa dinlarda bo‘lgani kabi musulmonlar ichida ham firqalar
bo‘lgan. Muhammad payg‘ambar (a.s.) aytganlaridek, islom dini
da 73 ta firqaga bo‘linish yuz beradi. Ularning bittasigina to‘g‘ri
yo‘lda
qolganlari esa, zalolatda hisoblanadi. Qur’on oyatlari va
hadislarda ham firqalarga bo‘linmaslikka buyuriladi. «Xorijiylar»
o‘z talqinlaridagi «sof» islom qoidalariga qat’iy rioya qilish taraf
dori edi. Aynan xorijiylar o‘z qarashlari va faoliyatiga qo‘shilma
ganlarni imonsizga chiqarish, ularga qarshi «jihod»
olib borish
haqidagi g‘oyalarni ishlab chiqib, terror uslubini qo‘llash orqa
li hukmdorlarni jismonan yo‘q qilish amaliyotini boshlab ber
gan edi. Bunday g‘oyalar kelib chiqishiga ko‘ra hokimiyat uchun
kurashning zo‘ravonlikka asoslangan usullaridan bo‘lib,
minglab
kishilarning halok bo‘lishiga olib kelgan.
Azraqiylar (Azoriqa) guruhining asoschisi Nofih ibn alAz
raqdir (vaf. 685y.). Xavorij guruhlari orasida eng murosasiz va
beshafqat sanalgan bu jamoa hozirgi kungacha yetib kelmagan.
Azoriqa ta’limotiga xos bo‘lgan jihatlar quyidagilar:
– xalifa Alini
Do'stlaringiz bilan baham: