Va terrorizmga



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/86
Sana06.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#321878
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Ibn Taymiya hozirgi Turkiya-Siriya chegaralaridan bir necha 
mil shimolroqdagi qadimiy shahar Harranda tavallud topgan. U 
Arab  ekspansiyasining boshida bosib olingan edi va 600 yildan 
so‘ng mo‘g‘illar qayta bu shaharni zabt etishganida ibn Taymiya-
ning otasi oilasi bilan birga Damashqqa qochib ketishga majbur 
bo‘ladi. 
Ibn Taymiya uchun mo‘g‘illar istilosi shaxsiy muammolar va 
taz yiqlardanda ko‘ra ahamiyatliroq edi. Bosqinchilar ularga no-


24
to‘g‘ri yo‘lga kirib adashishganlari sabab, Alloh tomonidan yubo-
rilgan jazo va mo‘g‘illarning haqiqiy musulmon emasligiga ishorat 
ham edi. Mo‘g‘illarning muvaffaqiyati shariat emas, balki Chin-
gizxon tomonidan joriy qilingan Yasoq qonunlariga sadoqat bilan 
qat’iy  rioya qilishlarida deb topildi. Chunki bunga mos o‘laroq, 
qilinishi ke rak bo‘lgan bi rinchi narsa bu mo‘g‘illaring qabul qilgan 
soxta va ahamiyatsiz islomi shunchaki aldov va niqob ekanligini 
fahmlab yetish edi. Bunday noto‘g‘ri talqin bilan ular payg‘ambar 
zamonidan oldingi Makka dinsizlaridan deyarli farqlab bo‘lmay-
digan murtad yoki xudosiz edilar. Bu davr johiliyat, nodonlik shu 
bilan birga madaniyatsizlik va zulmkorlik davri edi. Shuni qayd 
 etish lozimki, islom solnomalariga «johiliyat» iborasi XX asrda ya-
na bir marta kiritilgan.
Ibn Taymiyaning: «Agar musulmonlar o‘z diniy amallari ni ba-
jarishga qodir bo‘lmasalar, buning zamirida payg‘ambar ko‘rsat-
malariga amal qilmaslik yotadi. Faqat salafi solihlardan o‘rnak 
olinsagina, ular kabi muvaffaqiyatga erishish mumkin» – degan 
g‘oyasi boshlab bergan masala hamon dolzarb bo‘lib kelmoqda. 
Bu g‘oya ni amalga oshirish bir tomondan, Qur’oni Karimni yan-
gicha sharh lash hamda o‘sha davr mujtahid ulamolar kengashi 
bilan munozara qilishni, ikkinchi tomondan esa, qurbi va toqati 
yetganicha shar’iy amallarni bajarishni, shuningdek, yaxshilik-
ka da’vat etib yomonlikdan qaytarish bilan jihod qilishni taqozo 
etadi.
XX asr o‘rtalariga kelib salafiylar tashabbusi bilan quyidagi aqi-
daviy masalalar to‘plami e’lon qilindi:
Birinchidan, salafi solihlar kabi kamtarona hayot kechirmaslik 
hamda G‘arb mamlakatlariga tobelik musulmon dunyosi ning tanaz-
zuliga sabab bo‘ladi. Islomning ilk davridagi urf-odat va an’analar-
ni hayotga tatbiq etish orqali bunday noxushliklarni bartaraf qilish 
mumkin.
Ikkinchidan, G‘arb madaniyatiga taqlid qilmagan holda,  ular 
yaratgan ilm-fan va texnika yutuqlaridan foydalanishni o‘zlash tirish 
lozim. 


25
Va nihoyat, islomni asl holiga qaytarish, butun dunyoni Alloh 
uchun fath qilish va Iblisga qarshi kurashish uchun jihod qilishdir
1
.
XX asrning ikkinchi yarmida o‘z oldiga xalifalikka asoslan­
gan islom davlatini barpo etish vazifasini qo‘ygan «islohotchilik», 
«panislomizm» niqobi ostida soxta salafiylik yangidan jonlan­
di. Bu o‘z navbatida siyosiy islohotlarni amalga oshirish zarurli­
gini bayroq qilib ko‘targan o‘ta radikal diniy­siyosiy tashkilot va 
oqimlarning vujudga kelishiga yo‘l ochib berdi. Soxta salafiylar 
quyidagi g‘oyalarni ilgari suradilar: 
– Qur’on va sunnada yozilgan qoidalarni harfiy tushunib, 
ko‘r­ko‘rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqa­
radi; 
–  «jihod»ni islomning oltinchi arkoni deb hisoblaydi;
– «takfir» (kufrda ayblash) va «hijrat» (vatanni tark etish, 
ko‘chish) masalasini ilgari suradi; 
–  fiqhiy mazhablarni inkor etib, mazhabsizlikni targ‘ib qiladi;
–  tasavvuf, urf­odat va milliy qadriyatlarni inkor etadi;
– boshqa din vakillariga o‘ta toqatsiz munosabatda bo‘lib, 
diniy bag‘rikenglikni yoqlamaydi; .
–  har qanday yangilikni bid’at deb hisoblaydi va uni rad etadi. 
Hozirda soxta salafiylik g‘oyalari ostida asosan Shimoliy Afri­
ka, Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyoning ayrim hududlari­
da faoliyat olib boradigan harakatlar jamiyatdagi e’tiqodiy birlik, 
barqarorlik va taraqqiyot uchun real tahdidga aylangan. 
Bugungi kunga kelib, o‘zini «salafiylar» deb atayotgan diniy­si­
yosiy guruhlar «Islom jamiyatini qurish davlatchilikning asosi 
bo‘lishi kerak», degan shior ostida odamlarning ongi va turmush 
tarzidan milliy qadriyat, urf­odatlarni siqib chiqarish, shariat ah­
komlariga ko‘r­ko‘rona rioya qilishga majburlash, amal qilma­
ganlarga nisbatan qattiq jazo qo‘llash kabi xatarli maqsadlarni 
ko‘zlab harakat qilmoqda. Ayniqsa, soxta salafiylar tomonidan 
1
 
Cooper B. New Political Religions, or An Analysis of Modern Terrorism. University 
of Missouri Press. Columbia and London. 2004. – P. 90–110.


26
targ‘ib qilinayotgan mazhabsizlik g‘oyasi, asrlar davomida shakl­
langan diniy an’analarni izdan chiqarib, bir yurt musulmonlari 
o‘rtasida parokandalikni yuzaga keltirmoqda. 
Demak, mutaassiblik ko‘rinishlaridan bo‘lgan soxta salafiy­
lik milliy ma’naviyatimiz, mustaqilligimizga real tahdid si­
fatida namoyon bo‘lmoqda. Shunday ekan, yurtimiz tinchli­
gi, osoyish taligi, ravnaqi va farovonligi doimo ogohlik hamda 
qat’iy harakatlarni talab etadi. Bu yo‘lda har bir inson o‘z ishini 
sidqidildan amalga oshirishi, loqaydlik, beparvolikning oldi ni 
oli shi, yon­atrofida bo‘layotgan voqea­hodisalarga hushyorlik 
bilan qarab, Vatan tinchligi yo‘lida sergak va ogoh bo‘lib ya­
shashi yoshlarimizning ongu qalbini jaholatdan, yot va zarar li 
g‘oyalar ta’siridan himoya qilishi, ajdodlarimizga armon bo‘lib 
qolgan, biz erishgan mustaqillik va tinchlik­osoyishtalik­
ni ko‘z qorachig‘idek asrab­avaylashi muhim omil hisoblana­
di. Buni hech qachon unutmasligimiz, tinchlik uchun doimo 
o‘zimizning bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etib ya­
shashimiz lozim. 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish