Va terrorizmga


Qarshi kurash strategiyasi



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/86
Sana06.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#321878
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Qarshi kurash strategiyasi. Zamonaviy ekstremizm va terrori­
zmga qarshi kurash davlatlarning doimiy e’tiborini, uning oldini 
olish va bartaraf etishga qaratilgan ko‘p qirrali siyosatni amalga 
oshirishda sabrlilik va sobitlikni talab etadi. Shakllanib, keng tar­
moq otgan terrorizmga qarshi kurashda kuch ishlatmagan dav­
latlar zaiflashib, o‘z xalqi va mamlakati osoyishtaligi va barqaror 
rivojlanishini xavf ostida qoldiradi.
Ekstremizm va terrorizm bir­biri bilan bog‘liq bo‘lgan yago­
na jarayonning birin­ketin rivojlanadigan bosqichlaridir. Shunday 
ekan, terrorizm global miqyosga chiqqan hozirgi sharoitda, davlat 
unga qarshi kurashda ichki va tashqi omillarning ta’sirini hisob­
ga olgan holda, muvozanatlashtirilgan strategiyani ishlab chiqi­
shi kerak.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekiston Respublika­
si o‘z taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlarini, haligacha ter rorizm, 
narkobiznes, noqonuniy qurol­yarog‘ savdosi kabi qator tahdid­
lar mavjud bo‘lgan Markaziy Osiyodagi kuchlar nisbatini hisob­
ga olib, ishlab chiqqan ichki va tashqi siyosati alohida ahamiyat­
ga molikdir.
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ushbu strategi­
yasida mamlakatimizning xalqaro hamkorlik dasturlarida, davlat­
larning terrorizmga qarshi kurashdagi sa’y­harakatlarini birlash­
tirishda faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadlari o‘z ifodasini 
topgan.
Bu sohada o‘zbek tashqi siyosatining negizini o‘z kuchlarini 
hozirgi davrning asosiy tahdidi bilan qarshi kurashga yo‘naltirish­
ga tayyor barcha davlatlar bilan faol hamkorlik qilish tashkil eta­
di. Shu o‘rinda, O‘zbekiston amalda mintaqada va butun dunyo­
1
 
Cooper B. New Political Religions, or An Analysis of Modern Terrorism. University 
of Missouri Press. Columbia and London. 2004. – P. 30–55.
 


17
da xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan barcha xalqaro dastur va 
ikki tomonlama hamkorlik aloqalarida faol ishtirok etayotganini 
ta’kidlash zarur.
Shuningdek, O‘zbekiston davlatining barqaror taraqqi­
yot va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ichki siyosati ham 
ekstremizm ning paydo bo‘lishi va rivojlanishi hamda ekstremizm­
dan terrorizm 
ning kelib chiqishini bartaraf etishga qaratilgan 
faol strategiyadir. Unda ekstremizmga qarshi kurash orqali bun­
day tuzilmalar bag‘rida voyaga yetishi mumkin bo‘lgan terrorchi­
lar faoliyatining oldini olishga intilish o‘z aksini topganini ko‘rish 
mumkin.
Bugungi kunda o‘zbek davlati tomonidan siyosiy, iqtisodiy, ij­
timoiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrov­
li islohotlar bu kurash strategiyasining asosiy mazmunini tash­
kil etadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini qu­
rish, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, xususan, o‘rta max­
sus ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash, sport va boshqa sohalardagi 
keng ko‘lamli ijobiy o‘zgarishlar bu strategiyaning tarkibiy qismi, 
Markaziy Osiyo mintaqasidagi ahvolni belgilab beradigan, mam­
lakatdagi barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladi­
gan chora­tadbirlar tizimi hisoblanadi. Kuchli iqtisodiyotga ega 
O‘zbekis tonning barqarorligi butun mintaqaning barqarorligini 
bildiradi.
Bu, sog‘lom muvozanatga asoslangan, serqirra va har xil da­
rajali strategiyada ma’naviyat va mafkuraviy tarbiya alohida o‘rin 
tutadi.
Mutaxassislar ekstremizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishi­
ga sabab bo‘lgan omillar ichida mafkuraviy bo‘shliqning ta’siri va 
qadriyatlar mo‘ljallaridagi beqarorlikda namoyon bo‘lgan nomu­
tanosiblikni alohida ajratib ko‘rsatadilar. Mafkuraviy bo‘shliq 
ko‘pincha kishilarda jamiyatdagi mavjud holatni, ijtimoiy muhit­
ni noto‘g‘ri idrok etishga, uning irodasini boshqa kishiga bo‘ysun­
dirish va dunyoqarashida agressivlikni shakllantirishga xizmat 


18
qila digan nosog‘lom g‘oyalar bilan to‘ldirilishiga zamin yaratadi. 
«Zombilashtirish» deb ataladigan bu texnologiya yaxshi shakllan­
magan ma’naviyat, bo‘sh iroda va nosog‘lom intilishlar muhitida­
gina ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
Shuning uchun ham, O‘zbekiston ekstremizmga qarshi kurash­
da, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishini bartaraf etish ishlarida 
g‘oyaviy tarbiya, xususan, mamlakat yoshlarida yuksak ma’navi­
yatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor bermoqda. Zero, 
bunday yondashuvda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, milliy 
o‘zlikni tiklash va mustaqillikni mazmunan boyitishga asoslan­
gan milliy g‘oya, ma’naviyat va ma’rifat, to‘g‘ri shakllantirilgan 
ong ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash hamda jamiyatning 
barqaror rivojlanishini ta’minlashning eng muhim tizimi sifatida 
yuzaga chiqadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish