Sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining xususiyatlari
Go‘sht. Yangi go‘shtning rangi qizil, yorqin, yog‘i yumshoq, iligi suyakni to‘liq to‘ldirib turadi. Go‘sht kesilganda to‘qimalari zich, tarang
bo‘lib, barmoq bilan bosilganda tezda o‘z holatiga qaytadi. Yangi go‘shtning hidi ushbu hayvonning go‘sht hidiga mos bo‘ladi.
Sovutilgan go‘sht usti tekis va shudringga o‘xshash bo‘lib, barmoq bilan bosilganda qizil dog‘ paydo bo‘ladi. Kesilganda kul rang-pushti
rangli. Yog‘i oq yoki sarg‘ish rangda. Paylari zich, oq rangli ba’zida kul rang.
Go‘shtning kesilgan yuzasi nam (yopishqoq emas), go‘shtdan tiniq qizil go‘sht seli oqadi. Konsistensiyasi elastik bo‘lmaydi, barmoq bilan
bosib ko‘rilganda chuqurcha hosil bo‘ladi. Hidi har bir go‘shtning turiga xosdir. Sovutilgan go‘shtning sifati qizdirilgan po‘lat pichoqni go‘shtga
tiqilib, tortib olinganda pichoqda qolgan go‘sht selining hidi orqali aniqlanadi. Go‘shtning yangi ekanligini qopqoqli idishda qaynatilgandan so‘ng
hidini aniqlash orqali baholanadi. Bunda bulon tiniq, yog‘ zarrachalari yaltiroq bo‘lishi kerak. Nordon va yoqimsiz hid aniqlanganda go‘sht
ishlatilmaydi.
Baliq. Yangi baliqlarning tangachalari silliq, tiniq, tanaga mahkam o‘rnashgan bo‘ladi, jabralari och qizil yoki pushti rangli, ko‘zlari bo‘rtib
yaltirab turadi. Go‘shti zich, tarang, suyaklardan qiyin ajralishi, barmoq bilan bosganda chuqurcha hosil bo‘lmaydi, agar hosil bo‘lsa, u tez va to‘liq
yo‘qoladi. Suvga tashlangan baliq go‘shti tezda cho‘kib ketadi. Yangi baliq hidlanmagan, o‘ziga xos bo‘ladi. Sovutilgan sifatli baliqning tangachalari
silliq, ko‘zlari bo‘rtiq yaltiroq, ko‘z kosasida turadi, eritilgandan keyin go‘shtning tarangligi saqlangan, suyakdan qiyin ajraladi, baliqqa xos hidi
saqlanib, begona hidlar bo‘lmaydi. Aynigan baliqning ko‘zlari ichiga kirgan, tangachalarining yaltiroqligi yo‘qolgan, tanasi xira yopishqoq shilliq
bilan qoplangan, qorni shishgan, anal teshigi bo‘rtgan, jabralaridan iflos, sariq rangli, jigar rang qo‘lansa hidli suyuqlik ajraladi. Go‘shti titilib,
suyaklardan osongina ajraladi. Tana yuzasidagi yog‘larning oksidlanishi natijasida zangsimon dog‘lar paydo bo‘ladi. Ikkilamchi muzlatilgan
baliqlarning tanasi xiralashadi, ko‘zlari botib ketadi, kesilgan go‘shtning rangi o‘zgaradi. Bunday baliqni oziq-ovqat uchun ishlatish mumkin emas.
Baliqning sifatini aniqlash uchun (ayniqsa muzlatilgan baliqni) pichoq qaynoq suvda qizdirilib boshning orqasidagi go‘shti ichiga kiritiladi va hidi
aniqlanadi. Bundan tashqari baliqni yoki uning jabrasini suvda pishirish orqali hidi aniqlanadi.
Sut va sut mahsulotlari. Yangi sog‘ilgan sut biroz sarg‘ish oq rangli (yog‘siz sut oq-ko‘kimtir rangda bo‘ladi), hidi va ta’mi yoqimli, biroz
shirin bo‘ladi. Sifatli sutda cho‘kma, begona modda va hidlar bo‘lmasligi kerak.
Tvorog oq yoki biroz sarg‘ish rangga ega, ko‘rinishi bir xil, nozik konsistensiyali, nordon sutning ta’mi va hidiga ega, begona ta’m va hidsiz
bo‘ladi. Ta’lim tashkilotlarida tvorogga faqat termik ishlov berilgandan so‘ng ishlatiladi.
Smetana quyuq, bir xil konsistensiyali, oqsil va yog‘ zarrachalarisiz, oq yoki oq-sariq rangli, o‘ziga xos ta’m va hidga ega, sezilarsiz nordon
bo‘ladi.Smetana faqat termik ishlov berilgandan keyin ishlatiladi.
Sariyog‘ning rangi oq yoki oq-sariq bir tekis, ta’mi va hidi o‘ziga xos, begona qo‘shimchalarsiz bo‘ladi. Yog‘ tarqatilishidan oldin
oksidlanish mahsulotlari bo‘lgan sariq chetidan tozalanadi, tozalangan yog‘ning bu qatlami ishlatilmaydi.
Tuxum. Ta’lim tashkilotlarida faqat 1-kategoriyali og‘irligi 55 gramdan kam bo‘lmagan tovuq tuxumidan foydalanishga ruxsat etiladi.
Bedana tuxumi ham berilishi mumkin. Tuxumning yangi ekanligi ularni ovoskop orqali yoritish yoki kartondan yasalgan truba yordamida aniqlanadi.
Tuxumni tuzli eritmaga (1 l suv uchun 20 gr tuz) botirib ko‘rish usulidan ham foydalanish mumkin. Bunda tuzli eritmadagi yangi tuxum cho‘kadi,
qurigan, uzoq vaqt saqlangan tuxumlar tuzli eritma yuzasiga chiqadi.
Document Outline
Do'stlaringiz bilan baham: |