Va rivojlanish qonuniyatlari



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana16.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#494610
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY O‘LCHAMLARI. YALPI MILLIY MAHSULOT VA UNING HARAKAT SHAKLLARI



305 
III - B O‘ L I M
MILLIY IQTISODIYOT (MAKROIQTISODIYOT)NING AMAL QILISH 
VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI 
14-BOB. MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY 
O‘LCHAMLARI. YALPI MILLIY MAHSULOT VA UNING HARAKAT 
SHAKLLARI 
Oldingi boblarda biz iqtisodiy jarayonlar va ulardan sodir bo‘ladigan 
munosabatlarni umumiqtisodiy va korxonalar darajasida ko‘rib chiqqan edik. 
Mazkur bobdan boshlab iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil 
qilinadi. Dastlab milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga tavsif 
beriladi. Milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan Yalpi ichki mahsulot, 
uning tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni va harakat shakllari yoritiladi. Yalpi
ichki mahsulotni hisoblash tizimi hamda uning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash 
usullari bayon etiladi. 

14.1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
Barchamizga ma'lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq ittifoq 
iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb 
bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xomashyo 
ishlab chiqarishga va boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz 
foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish 
vositalari, iste'mol tovarlarining ta'minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan 
iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, 
«O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan 
iqtisodiyotga ega bo‘lgan»
1
mamlakat edi. 
Lekin, eng yomoni, O‘zbekiston iqtisodiyoti asosan xomashyo tayyorlashga 
yo‘naltirilgani, biryoqlama rivojlanish hisobidan mo‘rt va nochor holga tushib 
qolgan bo‘lib, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta'sir 
o‘tkazadigan paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib 
qo‘ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson 
salohiyatiga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush 
darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida 
turar edi
2

1991 yil sentyabridan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy 
mustaqillikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral 
1
Қаранг: Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Т.: «Ўзбекистон», 1999, 6-бет. 
2
Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон 
Республикаси Олий Мажлиси, Вазирлар Маҳкамаси ва Президент Девонининг Ўзбекистон 
мустақиллигининг 16 йиллигига бағишланган қўшма мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2007 йил 31 
август. 


306 
xomashyo boyliklardan, butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o‘z xalqimiz va 
uning kelajagi manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldik
1
.
Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga 
kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, 
yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, 
modernizatsiyalash, Yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur'atlari milliy 
mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir. 
Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor iqtisodiyotining qator 
infratuzilmalari: savdo, bozor, birja, moliya, bank, kredit, soliq, sug‘urta, bojxona 
tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga 
asoslangan Yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat 
qiladigan milliy iqtisodiyot shakllantirildi. 
Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan 
murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib 
topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab 
beradi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish