Va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,74 Mb.
#621035
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
Bog'liq
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

MADANIYAT VA ShAxS
Inson, madaniyat, shaxs tushunchalari madaniyatshunoslikda juda muhim 
o‘rin tutadi. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, inson madaniy mavjudot 
sifatida o‘zining yaratuvchanlik mohiyatini namoyon etadi, madaniyat esa 
shaxs ijodiy faoliyatining mahsuli sifatida ijtimoiy taraqqiyotga kuchli ta’sir 
ko‘rsatadi. Uzoq yillar davomida shaxsning mohiyati va uning madaniy 
taraqqiyotdagi roliga biryoqlama yondashib kelindi, uning intellektual-
ma’naviy salohiyati, insoniy fazilatlariga yetarlicha e’tibor berilmadi. Natijada, 
shaxs dunyoqarashi, g‘oya va ideallarning yaratuvchan va o‘zgaruvchan 
funksiyasi to‘g‘ri baholanmadi.
4— Zakaz  23


50
madaniyatshunOslik asOslaRi
Insoniyatning ko‘p asrlik taraqqiyoti davomida orttirgan bilimlari, g‘oyalari, 
tajribalari va ma’naviy yutuqlarining majmuasi sifatida madaniyat barcha 
tarixiy davrlarda ham zamon ruhi va davr talablariga javob bera oladigan har 
tomonlama yetuk inson shaxsini kamol toptirishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib 
qo‘yadi. Turli tarixiy davrlarda yaratilgan madaniyat yodgorliklari (ilmiy, badiiy 
asarlar, me’morchilik, naqqoshlik, musiqa, qo‘shiq, rassomlik)da shaxsning 
bilimi, iste’dodi, insoniy fazilat va sifatlari o‘z ifodasini topadi. har bir inson ulug‘ 
ajdodlarimiz madaniy merosini mukammal egallash orqali o‘zi sevgan sohaning 
etuk mutaxassisiga, olijanob fazilatlar sohibiga aylanadi, hozirgacha yaratilgan 
madaniyat obidalarini yana ham ko‘rkamroq, mukammalroq qilib yaratishga 
ehtiyoj seza boshlaydi — madaniyat ijodkoriga aylanadi.
Madaniyatshunoslikda shaxs ulug‘ ajdodlarimiz bilimi va tajribalarini 
qunt bilan egallovchi, o‘zida sabot-matonat, mustahkam iroda, 
sobitqadamlik, ma’rifatparvarlik sifatlarini tarbiyalovchi, bilim va tajribalarini 
obyektivlashtiruvchi, muttasil izlanuvchan va ijodkor inson sifatida 
ta’riflanadi. Jahon madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan, o‘z asarlarida 
davr ruhi, intellektual salohiyati va butun mahoratini mujassamlashtirgan 
ulug‘ ajdodlarimiz (madaniyat arboblari) mehnat sevar, bilimdon, kamtarin, 
taraqqiyparvar inson sifatida ma’naviy kamolotga intilgan, o‘z asarlari bilan 
nomi, nasl-nasabini abadiylashtir ganlar. Bizgacha yetib kelgan barcha 
madaniyat obidalarida o‘z zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketgan fozil va 
komil ajdodlarimizning mashaqqatli, ammo sharafli mehnatlari va izlanishlari 
yotadi, albatta.
Madaniyat hamisha shaxs faolligi va uning yaratuvchanlik faoliyati bilan 
bog‘liqdir. Buyuk nemis faylasufi Gegel o‘zining «huquq falsafasi» asarida 
ta’kidlaganidek, madaniyatli inson, bu — avvalo, boshqalar qilgan ishni qila 
oluvchi, boshqalar kabi yaratuvchidir. Madaniyat o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra 
insondagi insoniylikni, yaratuvchanlik qobiliyatni ro‘yobga chiqaruvchi, komil 
inson shaxsini shakllantiruvchi ekan, ana shu shaxsning faolligi tufayligina u 
o‘z-o‘zidan rivojlanish imkoniga ega bo‘ladi. Binobarin, shaxsning shakllanishini 
madaniyatsiz tasavvur etib bo‘lmagani kabi madaniy taraqqiyotni ham ijodkor 
shaxslarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shaxsning shakllanishi nihoyatda murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, juda 
ko‘p omillarga bog‘liqdir. Inson shaxsining shakllanishida nafaqat madaniy, 
yana sotsial-siyosiy muhit, ijtimoiy tuzum, iqtisodiy hayot va boshqalar ham 
muhim rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy-siyosiy rivojlanish bilan madaniy taraqqiyot har doim ham bir-
biriga mos kelavermaydi: Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, 
Mashrab, huvaydo, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy singari buyuk madaniyat 
arboblarining insoniy fazilatlari, qimmatli g‘oyalari, yuksak iste’dodlari 
bugungi kunda ham zamondoshlarimizga ibrat, buyuklik timsoli bo‘lib 


51

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish