Va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,74 Mb.
#621035
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
Bog'liq
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob
.
madaniyatning asOsiy sOhalaRi
1
A. Zohidov. Milliy mafkura: dastlabki saboqlar. //Muloqot, 1991, 12-son, 28-b.
yig‘ilishida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma yig‘ilishida 
so‘zlagan nutqida qonunchilik hokimiyatini yanada takomillashtirish yuzasidan 
bildirgan fikrlari jamiyatimiz va fuqarolarimizning siyosiy-huquqiy madaniyatini 
yuksaltirishda nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi
2
.
IqTISODIY MADANIYAT
Bozor munosabatlarini tarkib toptirish sharoitida iqtisodiy bilimlar, 
e’tiqodlar, fikrlash tarzi bilan faol ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyat o‘rtasidagi 
o‘zaro aloqadorlik muhim omil hisoblanadi. Bu narsa iqtisodiy madaniyat 
tushunchasida o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy madaniyatning mazmuni va tarkibini yoritish iqtisod bilan 
madaniyat o‘rtasidagi munosabat masalasini qarab chiqishni taqozo etadi. Bu 
ijtimoiy hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik ikki yoqlama, ya’ni bir-biriga o‘zaro 
ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga egadir.
Bir qarashda milliy daromad bilan kishilarning ma’naviy qadriyatlari 
o‘rtasida bevosita aloqadorlik yo‘qday tuyuladi. Biroq madaniyatning ijtimoiy 
hayotda tutadigan o‘rni jihatidan fikr yuritadigan bo‘lsak, bu aloqadorlikni 
yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Madaniyat nafaqat hozirgi zamon kishilari va ijtimoiy tuzum tomonidan 
yaratilgan qadriyatlar va me’yorlar, balki shu bilan birga, uzoq vaqt davomida 
xalq tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar natijasi hamdir. Madaniyat o‘zigacha 
bo‘lgan qadriyatlardan bugun uchun foydali va kerakli bo‘lganlarini tanlab oladi, 
ularni jamiyatda yuz berayotgan mohiyatli o‘zgarishlar negizida yangilaydi, 
mazmunan boyitadi.
Odatda, madaniyatni jamiyatning xotirasi, deb ataydilar. Buning ma’nosi 
shuki, madaniyat bugungi iqtisodiyot (xizmatchilar, ishchilar, iqtisodiy 
tuzilmalar, munosabatlar va shunga o‘xshashlar)ni mamlakat o‘tmishida qo‘lga 
kiritilgan taraqqiyot mezonlari bilan bog‘laydi, o‘tmish tajribalarini amaliy 
faoliyat tarkibiga olib kiradi. Chunonchi, madaniyat tizimida hunarmandlarning 
ilg‘or an’analari saqlab qolinadi, shuningdek, madaniyat orqali muayyan 
jamoalar, iqtisodiy jihatdan baquvvat ijtimoiy qatlamlar o‘rtasidagi barqaror 
munosabatlar, o‘zaro iqtisodiy hamkorlik, rasmiy qog‘ozlar va ko‘rsatmalarga 
nisbatan an’anaviy hurmat ruhidagi munosabatlar targ‘ib qilinadi.
Ko‘rinadiki, madaniyatning iqtisodga, demakki, iqtisodiy madaniyatning 
jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlariga ko‘rsatadigan ta’siri juda rang-
barang va sermazmundir. Afsuski, yaqin o‘tmishda kommu nistik mafkura 


64
madaniyatshunOslik asOslaRi
ta’sirida har ikkala ijtimoiy (ham iqtisod, ham madaniyat) tuzilma siyosatning 
qurboni bo‘ldi. Iqtisodiy madaniyatning moddiy asosi va mohiyatini ishlab 
chiqarish vositalariga ijtimoiy egalik belgilab berdi, shaxs manfaatlari jamoa 
manfaatiga butunlay bo‘ysundirildi, mehnatga haq to‘lashda boqimandalik 
mafkurasi asos qilib olindi, oqibatda, shaxsning iqtisodiy tashabbuskorligi 
barham topa boshladi. Bu esa erkin ijodiy tafakkur bilan iqtisodiy faoliyat 
o‘rtasidagi birlikka putur yetkazdi, rasmiy buyruqbozlik manfaatlari ustuvorlik 
qildi.
Mustaqillik tufayli iqtisodiy madaniyatning mazmuni va mohiyatida tubdan 
o‘zgarish yuz berdi. I. A. Karimov yozgan ediki, «mulkchilik, ishlab chiqarish 
munosabatlari, ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish omillari, boshqarishni bozor 
va rejali tartibga solish mexanizmlari, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi 
va ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyat kabi boshqa tushunchalar umuman yangi 
mazmun kasb etmoqda»
1
.
Milliy istiqlol jamiyat iqtisodiy madaniyatiga yangicha muhit baxsh etdi, 
uning mafkuraviy va siyosiy, g‘oyaviy va partiyaviy tazyiqlariga barham berdi, 
iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, qonun oldida barchaning bab-baravarligi, 
davlatning iqtisodiy sohada bosh islohotchi ekanligi, ijtimoiy muhofaza 
tamoyillari, yangi jamiyatga bosqichma-bosqich o‘tish mezonlari, jamiyat 
va shaxs, shaxs va davlat munosabatlari yangicha asosga qo‘yildi, bular esa 
iqtisodiy madaniyatning yangicha yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Ko‘rinadiki, o‘zbek jamiyatida yangicha iqtisodiy madaniyat tarkib topishi 
va rivojlanishi uchun real shart-sharoitlar yuzaga keldi. Biroq bu imkoniyatning 
voqelikka aylanishida sub’ektiv omillarning o‘ziga yarasha o‘rni borligi tabiiy 
bir hol. Buning uchun «kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, 
ularning dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini sarflash 
sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish»
1
hamda ularni amalda 
qo‘llash qobiliyatlarini tarkib toptirish, uni o‘z faoliyati negiziga qo‘ya bilish 
malakalarini tarbiyalash talab qilinadi.
Iqtisodni sog‘lomlashtirish faqat iqtisodiy madaniyatni sog‘lomlashtirish 
va rivoj toptirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shu sababli siyosat 
va mafkuraning tazyiqiga, madaniyatdagi konservatizm tendensiyalariga, 
xizmatchilar ruhiyatidagi mutelik asoratlariga, hokimiyatga sajda qilishlik 
kayfiyati kabilarga barham berish, fuqarolik va, ayni vaqtda, xo‘jayinlik tuyg‘usini 
shakllantirish va mustahkamlash iqtisodiy madaniyatni sog‘lomlashtirishning 
negiziga aylandi. Nafaqat ma’naviy-axloqiy sohada, balki iqtisodiy faoliyatda 
1
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «O‘zbekiston», 2000, 20, 
43-b.


65

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish