Va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,74 Mb.
#621035
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Bog'liq
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob
.
madaniyatning asOsiy sOhalaRi
jarayonida yuzaga keladi, rivojlanadi, oqibat-natijada jamiyat iqtisodiy mada-
niyatining xarakterini belgilaydi.
Shuni aytish kerakki, kishilarning jamiyat iqtisodiy hayotining turli 
sohalarida maqsadga muvofiq ijodiy faoliyati, sifat jihatidan yangi natijalarga 
erishuvi iqtisodiy madaniyatning mazmunini tashkil etadi.
Jamiyat iqtisodiy madaniyati shaxs iqtisodiy madaniyati tushunchasi 
bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxsning iqtisodiy madaniyati uning o‘z-o‘zini kamol 
toptirishini ifoda etib, nafaqat madaniyat qadriyatlarini yaratish, boyitish va 
iste’mol qilish darajasini, balki bu jarayonda o‘z erkinligini yanada yuqori, 
yangicha bosqichga ko‘tarishni ta’minlaydi.
Shaxs iqtisodiy madaniyatining ahamiyati shundaki, u mehnat faolligini, 
uning oqilona ehtiyojlari va manfaatlarini, ularni harakatga keltiradigan 
mexanizmlarni tarkib toptiradi, oqibat-natijada iqtisodiy voqelikni qayta qurish 
va mukammallashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat faolligida iqtisodiy 
madaniyatning ideal, ijtimoiy burch, e’tiqod, zaruriyat, mas’uliyat, iste’mol 
singari komponentlari aks etadi. Ijodkorlik bu yerda alohida rol o‘ynaydi.
Shaxsning iqtisodiy madaniyati iqtisodiy bilimlar, e’tiqodlar va amaliy xatti-
harakatlarning birligidir. U tarkiban o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
— iqtisodiy bilimlarning muayyan darajasi (iqtisodiy bilimlar, ma’lumotlar, 
tasavvurlar yig‘ilmasi); 
— iqtisodiy bilimlarni amalda qo‘llay bilish qobiliyatlari (yuksak onglilik, 
xo‘jalik yuritishga qobiliyat, tashkilotchilik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik va h. 
k. ).
Iqtisodiy madaniyat quyidagi funksiyalarni bajaradi:
— bilish funksiyasi. Bu funksiya iqtisod fanlarining holati, fan asoslarini 
tajribaga tadbiq etishning usul va yo‘llarini bilib olishga asoslanadi. hozirgi 
zamon iqtisodiy voqeligini bilish iqtisodiy qonunlarni egallash, iqtisodiy 
hodisalar mohiyatiga chuqur kirib borish jarayonini chuqurlashtirishni nazarda 
tutadi. Iqtisodiy madaniyatni egallash orqali inson iqtisodiy hayot, jamiyatdagi 
yangiliklarni kashf etish, iqtisodiy munosabatlar tizimidagi uyg‘unlikni anglab 
yetishi mumkin.
— dunyoqarash funksiyasi. Dunyoqarash bir qancha ma’naviy-ruhiy 
qatlamlarni o‘z ichiga oladi. Ularning asosiylaridan biri iqtisodiy dunyoqarash 
bo‘lib, u iqtisodiy g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar tizimidan iborat. Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kishilarning dunyoqarashini tarbiyalash 
islohotlarni amalga oshirishning muhim ma’naviy omili hisoblanadi. holbuki, 
«zarur shart-sharoitni yaratmay turib, odamlarni jiddiy o‘zgarishlarga ruhan 
tayyorlamay turib, bozor munosabatlarining belgilarini o‘ta jadallik bilan, sun’iy 
ravishda o‘tkazish kutilgan natijalarni bermasligi u yoqda tursin, hatto bozor 


68
madaniyatshunOslik asOslaRi
iqtisodiyotini qurish g‘oyasiga putur etkazadi»
1
.
— tarbiyaviy funksiya. Bu funksiyaning ahamiyati shundaki, iqtisodiy 
madaniyatni egallash, uni e’tiqodga aylantirish inson faoliyatining muhim 
omili hisoblanadi. Bilimlarning e’tiqodga aylanishidagi bosh harakatlantiruvchi 
kuch — bu ehtiyojlar va manfaatlar bo‘lib, ular «kishilarning yashashi, mehnat 
qilishi va ma’lum iqtisodiy mavqega ega bo‘lishi uchun iste’mol etilishi zarur 
mahsulotlar va xizmatlar majmui»ni ifodalaydi
1
.
Iqtisodiy e’tiqod kishilarning iqtisodiy faoliyatga nisbatan bo‘lgan 
munosabatini bildiradi. Bilimlar insonlar tomonidan aql-idrok va yurakdan 
o‘zlashtirilgan taqdirda e’tiqodga aylanadi. Iqtisodiy madaniyat bu jarayonda 
katta ahamiyat kasb etadi.
— amaliy funksiya. Buni, odatda, ishlab chiqarish funksiyasi deb ham 
yuritiladi. Iqtisodiy madaniyat ma’naviy va amaliy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga 
ega bo‘lib, u kishining xatti-harakatlariga, xulqiga chuqur ta’sir o‘tkazadi, 
insonning ijtimoiy faolligini oshiradi, to‘g‘rirog‘i, mehnatga, jamoa bilan 
munosabatni uyg‘unlashtirishga, moddiy manfaatdorlikni har tomonlama 
asoslashga da’vat etadi. Iqtisodiy madaniyat konkret tashkiliy malaka va 
qobiliyatlarni o‘stiradi, xo‘jalik yuritishda hamma vaqt omilkorlikni, uning 
barcha zahiralarini ishga solish qobiliyatlarini oshiradi.
Prezidentimiz I. A. Karimov davlat qurilishi va iqtisodiy rivojlanish ning 
ma’naviy kamolot, yuksak axloqiylik bilan uyg‘un bo‘lishi haqidagi konsepsiyani 
ilgari surar ekan, bunda iqtisodiy madaniyatni tarkib toptirish muhim omil 
hisoblanadi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish