Ikkinchi bob
.
madaniyatning asOsiy sOhalaRi
ham «insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi»
2
— yangi iqtisodiy
madaniyat shakllanishining mazmuni ana shundan iboratdir.
Iqtisodiy madaniyatning mohiyati, mazmuni va vazifalarini aniqlab olish
nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy
madaniyat deyilganda kishilarning iqtisodiy bilimlari, e’tiqodlari va amaliy
faoliyatlari, ularning o‘zaro yaxlit tarzda ro‘yobga chiqishi tushuniladi.
Iqtisodiy madaniyatning sohibi inson bo‘lib, u o‘z iqtisodiy faoliyati
orqali iqtisodiy munosabatlar doirasiga kiradi. Iqtisodiy madaniyat
tarkiban quyidagilardan ilorat: iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat va iqtisodiy
munosabatlar.
Iqtisodiy ong tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, avvalambor, kishilarning
ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi o‘z o‘rinlarini anglab yetishlarini bildiradi.
Iqtisodiy ong ratsional bilimlarni, emotsional tuyg‘ularni o‘zida ifoda etadi.
hozirgi zamon ishlab chiqarish jarayoni, iqtisodiy munosabatlar kishilardan o‘z
bilim va malakalarini to‘xtovsiz rivojlantirib, boyitib borishni taqozo qiladi.
Iqtisodiy ongning muhim elementi e’tiqod hisoblanadi. Rivojlangan
iqtisodiy ong, iqtisodiy bilimlarning muayyan darajasi o‘z-o‘zicha, mexanik
tarzda ijodiy faoliyatga olib kelmaydi. Faoliyat ko‘rsatishdan oldin inson o‘z
maqsadlarini aniqlab oladi: maqsad iqtisodiy manfaat, ehtiyoj va tajribalar
bilan muvofiq kelmog‘i kerak. Iqtisodiy bilimlarni baholash, ularni amaliyotda
qo‘llash, ya’ni bilimlar, manfaatlar, ehtiyojlar va tajribalar asosida faoliyat
ko‘rsatishning murakkab jarayoni amal qiladi. Buni anglab yetish jarayonida
kishilar ongida muayyan tushunchalar to‘planadi va tarkib topadi, bu esa
faoliyatda sotsial yo‘l-yo‘riq, maqsadlarda esa aniq namoyon bo‘ladi. Maqsad
insonning ma’lum yo‘nalishda, ma’lum vaziyatda muayyan usul bilan harakat
qilishga tayyor turishini bildiradi.
e’tiqod islohotlar tufayli amalga oshirilayotgan siyosatni anglab yetishni,
uni harakatga keltiradigan mayl, ishtiyoqni o‘z ichiga oladi. e’tiqod inson
faoliyatining izchil, mantiqiy, maqsadga muvofiq ravishda ro‘yobga chiqishini
ta’minlaydi.
Iqtisodiy madaniyatda bilim va iqtisodiy qarashlarning o‘rni haqida
gap ketganda, iqtisodiy mafkura tushunchasi kelib chiqadi. Iqtisodiy
mafkura iqtisodiy nazariya va iqtisodiy dasturni o‘z ichiga olib, iqtisodiy
munosabatlarning siyosiy madaniyat va huquqiy ongga ta’sir etishida
muhim omil hisoblanadi. Iqtisodiy mafkura, umuman, mafkuraning tarkibiy
qismi sifatida iqtisodiy hayotni tashkil etish, iqtisodni boshqarish, iqtisodiy
1
I. A. Karimov. hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim
vazifalari. // Xalq so‘zi, 1996, 30 avgust.
5— Zakaz 23
66
madaniyatshunOslik asOslaRi
munosabatlar haqidagi qarashlar tizimidan iboratdir. Iqtisodiy mafkuraning
negizida inson, jamiyat, sinf va tabaqalarning o‘z iqtisodiy manfaatlarini anglab
yetishini ifodalaydigan g‘oyalar va qarashlar majmuasi yotadi.
Iqtisodiy faoliyat iqtisodiy madaniyatning muhim komponenti bo‘lib, u
«tirikchilikni ta’minlash usuli, uning vositalari majmuidir». Uning tarkibiga,
eng avvalo, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish kiradi, chunki bu narsa
faoliyat uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, nafaqat mehnatni, balki
mehnat mahsulini o‘zlashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Inson iqtisodiy
faoliyatning sub’ekti hisoblanadi. Iqtisodiy faoliyatdan ma’lum maqsad
kutiladi, u ham bo‘lsa, hayotiy ehtiyojlarni qondirishdir. Uning aniq shakli
xo‘jalik yuritish bo‘lib, uning asosida mehnat yotadi
1
.
har qanday iqtisodiy fikr, har qanday yuksak ong faoliyatda o‘z ifodasini
topa olsagina iqtisodiy madaniyat hodisasiga aylanishi mumkin. Shu sababli
ilg‘or iqtisodiy tafakkur va ong insonning xatti-harakatlarida, iqtisodiy xulqi va
odobida yuzaga chiqishi zarur.
Iqtisodiy odob — bu insonning iqtisodiy faoliyati jarayonida amalga
oshiriladigan izchil ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlari majmuidir. Iqtisodiy
faoliyatning mazmunini anglash ijtimoiy-iqtisodiy odobning mohiyatini
tushunishga yordam beradi. Chunonchi, korporativ etika degan tushunchani
olib ko‘raylik. U ma’lum korporatsiyaga tegishli, uning barcha a’zolari uchun
majburiy bo‘lgan xulq qoidalarini ifoda etadi.
Faoliyat maqsad, vosita, jarayon va uning natijalaridan tashkil topadi.
Iqtisodiy tafakkur bilan iqtisodiy ong muayyan iqtisodiy odobning mayli va
maqsadi hisoblanadi. Bunda kishilar o‘z xatti-harakatlarida muayyan bilimlarga,
iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga, xo‘jalik tajribalari, iqtisodiy bilimlar tarixiga
hamda, ilg‘or amaliyotga suyanadilar. Iqtisodiy ong shu ma’noda faoliyatning
fikriy obrazidir.
Iqtisodiy madaniyat tarkibida iqtisodiy munosabatlar alohida o‘rin tutadi.
Ular obyektiv yo‘singa ega bo‘lib, umuman madaniyat, xususan, iqtisodiy
madaniyatning moddiy negizini tashkil etadi, ijtimoiy, shu jumladan, iqtisodiy
ongni belgilaydi, ularda o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy munosabatlarning mohiyati ishlab chiqarish darajasinigina emas,
balki mulkchilik, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol muammolari, demakki,
mulk, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol bilan bog‘liq ravishda tarkib topadigan
munosabatlarni aks ettiradi. Iqtisodiy munosabatlar, sodda qilib aytganda,
mulkka asoslanib amal qiladigan munosabatlardir. Ular nafaqat moddiy, balki
butun nomoddiy sohalarning ham zaruriy unsuri sifatida iqtisodiy faoliyat
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. 172-b.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |