48
madaniyatshunOslik asOslaRi
Sivilizatsiya turli tarixiy davr va xalqlar madaniyatining o‘zaro ta’siri,
madaniy-tarixiy jarayondagi vorisiylik sifatida vujudga keladi.
Madaniyat
sivilizatsiyaga nisbatan zamon va zaruriyat nuqtai nazaridan birlamchi,
yetakchi va ahamiyatlidir. Sivilizatsiyali taraqqiyotga erishish madaniy-tarixiy
rivojlanishning bosh maqsadidir.
Madaniyat sivilizatsiyaga hayot beradigan, uning taraqqiyoti va qismatini
belgilaydigan eng muhim omildir. Sivilizatsiyaning yashov chanligi, barqarorligi
yoki o‘zgaruvchanligi madaniyatning konkret tarixiy davr sinovlariga qay
darajada chidamli bo‘lishiga, davr chaqi riqlariga qanday javob bera olishiga
bog‘liqdir.
Turli sivilizatsiyalar bir-biri bilan uchrashgan, bir-biriga zid kelgan davrlarda
milliy madaniyat o‘zga madaniyat yutuqlarini zo‘r berib o‘zlashtirishga qodir
bo‘lsagina, milliy sivilizatsiya rivojlanishda davom etadi, aks holda inqirozga yuz
tutishi mumkin. Bunga Kolumb tomonidan kashf etilgunga qadar (1492) yuksak
darajada rivojlangan mayya sivilizatsiyasining yevropaliklar sivilizatsiyasi kirib
kelgandan so‘ng, ya’ni XVI asrdan boshlab inqirozga yuz tutganligini misol
qilib ko‘rsatish mumkin.
Din insoniyat madaniyatining muhim tarkibiy qismidir. A. Toynbining
fikricha, har qanday sivilizatsiya biron-bir dinga tayanadi.
Sivilizatsiyalar
o‘rtasidagi muhim tafovut va o‘ziga xosliklar, taniqli rus madaniyatshunosi V.
L. Sheynisning fikricha, quyidagi uch mezon bilan belgilanadi: 1) individning
guruh va jamiyatdagi holati (shaxsning individuallik darajasi yoki ijtimoiy
guruhga qo‘shilganligi); 2) hukmron dunyoqarashda dunyoviy yoki diniy
yo‘nalishning ustuvorligi; 3) an’ana va novatorlikka munosabat.
Sharq sivilizatsiyasi individ va jamoaning uzviy birligiga, inson va tabiatning
yaxlitligiga asoslanganligi bois sharqlik o‘zini jamoadan, tabiatdan ajrata
olmas edi. U tabiatga ona sifatida qarar edi: sharqda tabiatning saxovati
keng va cheksiz edi. Sharqlik jamoa fikrini qadrlash, hurmat qilish ruhida
tarbiyalanar edi: tabiat ne’matlarini faqat o‘zaro hamkorlikda o‘zlashtirish
mumkin edi. Sharq sivilizatsiyasi asosini tashkil etgan hinduizm, buddizm,
islom dinlari inson bilan tabiat, inson bilan jamoa o‘rtasidagi munosabatlarni
yanada takomillashtirishga xizmat qilar, xristian dini singari jiddiy islohotlar
(Reformatsiya)ga duch kelmagan edi.
Sharq sivilizatsiyasi o‘zining uch ming yillik tarixi davomida inqirozlar
nimaligini bilmas, barqaror va osoyishta edi. Chunki unda diniy dunyoqarash
ilmiy dunyoqarashga nisbatan yetakchi mavqeini egallar edi. ehtimol, shu
boisdan ham Sharq sivilizatsiyasida dunyoviy ilm-fan va ilmiy falsafa emas,
balki din va diniy falsafa kuchliroq rivojlangan edi.
Yevropa sivilizatsiyasi
shaxsning individualligi, uning tadbirkorligi,
ijodkorligi, noyob iste’dodiga asoslanar, har bir yevropalik bolalikdan «men»
va «men emas»ni farqlash ruhida tarbiyalanar edi. Yevropa sivilizatsiyasi ilm-