Birinchi bob
.
madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
beradi. Madaniyatning barqarorlikni saqlash funksiyasi konservatizm
xavfining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Madaniyat jarayon sifatida bir
joyda uzoq vaqt to‘xtab turolmaydi: jamiyatning ilg‘or ziyolilari, ijodkor
qatlami uning yuksakroq namunalarini yaratadilar; natijada, madaniyatga xos
an’anaviylik novatorlik bilan uyg‘unlashadi. Yangilik bilan eskilik, progressivlik
va konservatorlik, milliylik va umuminsoniylik o‘rtasidagi tafovut va ziddiyat
jarayonida madaniyat faol rivojlanadi va ta’sirchan kuch sifatida namoyon
bo‘ladi. Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida paydo bo‘lgan muammolarning tez va
oqilona hal etilishi keng xalq ommasi madaniy darajasining yuksalishiga,
ilg‘or shaxslar tomonidan yaratilgan madaniyat namunalarining qanchalar tez
o‘zlashtirilishiga bog‘liqdir. Keng xalq ommasining ma’naviyatini yuksaltirish
milliy madaniyatning rivojlanishida, ijtimoiy muammolarni oqilona hal etishda
muhim ahamiyatga egadir.
Demokratik jamiyat turli millat va xalqlar, sotsial guruhlar va sinflar
o‘rtasidagi hamkorlik, o‘zaro ta’sir munosabatlari asosida rivojlanadi. har bir
xalq, millat va sotsial guruhning turmushi, hayot sharoitlari, fikrlash tarziga
mos ravishda o‘ziga xos madaniyat vujudga keladi. Turli xalqlar o‘rtasida
turlicha madaniyatning vujudga kelishida tabiiy-geografik sharoit, iqlim,
mehnatni tashkil etish usullari muhim rol o‘ynaydi. Milliy madaniyatdagi
individuallik, o‘ziga xoslikka haddan tashqari ko‘p urg‘u berish oxir-oqibatda
milliy mahdudlikka, jahon sivilizatsiyasidan uzilib qolishga, va nihoyat, turli
milliy madaniyatlar o‘rtasida ixtiloflar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.
Mulkchilikka bo‘lgan munosabatlarning xilma-xilligi turli sotsial guruhlar,
sinflar madaniyatida o‘ziga xos tafovutlarni keltirib chiqaradi. Shahar va qishloq
madaniyati, ziyolilar va omma madaniyatining bir-biridan farqlanishi aslo bejiz
emasdir. Bunday tafovutlar mehnatni tashkil etish usullari, mulkchilikka turli
munosabatning mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu tafovutlarni sun’iy ravishda
kuchaytirish ham, ularni zudlik bilan yo‘qotish ham jamiyat uchun noxush
oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Sotsial mobillik (ijtimoiy sinf va guruhlarning harakatchanligi yoki
moslashuvchanligi) bozor munosabatlari sharoitida obyektiv ravishda
amal qiladigan muhim qonuniyat bo‘lib, kishilarning bir sotsial guruhdan
boshqasiga o‘tishi va yangicha munosabatlarga moslashishi sotsial guruh
yoki sinf madaniyatini qanchalar o‘zlashtirishiga bog‘liqdir. Boshqacha qilib
aytganda, kasb etikasi ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishda
qanchalar muhim ahamiyatga ega bo‘lgani singari turli sinflar, sotsial guruhlar
madaniyatining o‘ziga xosligini bilish, idrok etish ham jamiyatdagi turli ijtimoiy
qatlamlarning integrallashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. emil Dyurkgeym
ta’kidlaganidek, mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi jamiyat a’zolari o‘rtasidagi
ijtimoiy birdamlikning yanada mustahkamlanishi uchun puxta zamin yaratadi,
yangidan-yangi kasb va mutaxassisliklarning paydo bo‘lishi ijtimoiy guruh va
44
madaniyatshunOslik asOslaRi
qatlamlar o‘rtasidagi aloqadorlikni yanada kuchaytiradi.
Sobiq sovet jamiyatida milliy madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlarni zudlik bilan
yo‘qotishga urinish noxush oqibatlarni keltirib chiqargani singari turli sotsial
guruhlar va sinflar madaniyati o‘rtasidagi o‘ziga xoslikni nazar-pisand qilmaslik
ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan oz sonli xalq va
millatlarning milliy madaniyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratishga, milliy markazlar tashkil etishga alohida e’tibor berila boshlandi.
Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, «har qanday millat, u naqadar kichik
bo‘lmasin — insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til,
madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi Yer yuzidagi madaniy va
genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi»
1
.
har bir milliy madaniyat insoniyat madaniyatidan ajralgan holda rivojlana
olmaydi. Milliy madaniyatlar bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, bir-birini boyitadi
va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni yanada takomillash tirishda muhim omil
bo‘lib xizmat qiladi. har bir xalq o‘zining noyob, betakror va o‘ziga xos
milliy madaniyati bilan insoniyat madaniyati tarkibida munosib o‘rin tutadi.
Mamlakatimizda demokratik o‘zgarish larning yanada chuqurlashishi va
fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi, O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga
qo‘shilib borishi jamiyatimizning madaniy taraqqiyoti yo‘lida paydo bo‘lgan
muammo larni oqilona hal etishni, Yer yuzidagi ilg‘or xalqlar madaniyati
yutuqlarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. O‘zbekistonning qator Yevropa
mamlakatlari bilan iqtisod, siyosat, madaniyat sohasidagi o‘zaro hamkorligi,
iqtidorli yoshlarimizning xorijdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rishi, ilg‘or
xalqlar bilan madaniy muloqotda bo‘lishi, shubhasiz, yurtimizda amalga
oshirilayotgan islohotlarning muhim tayanchi bo‘lib xizmat qiladi.
Xullas, hozirgi zamon madaniyatshunosligida madaniyat va jamiyatning
o‘zaro ta’siri va munosabatini ilmiy asosda tadqiq etish g‘oyatda dolzarb
masaladir. Madaniyat tushunchasi taraqqiyot, yangilikka intilish, ma’naviy
yangilanish, yaratish, yaxshilik va ezgulikni avaylab-asrash, qo‘llab-quvvatlash
bilan uzviy bog‘liq ekan, jamiyat hayotini madaniyatsiz, madaniyat rivojini esa
sog‘lom ijtimoiy munosabatlar tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Madaniyat
o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra milliylik va umuminsoniylikning uzviy birligi
sifatida namoyon bo‘lar ekan, har bir yangi avlodga uzoq ajdodlarimizning
bilimi, tajribasi, qadriyatlari, ko‘nikma va malakalaridan bahramand bo‘lish
imkonini berish, xalqlarni bir-biri bilan yaqinlashtirish, ijtimoiy totuvlik va
barqarorlikni ta’minlash buyuk gumanistik vazifadir. Jamiyat va insonga
madaniy hodisa sifatida qarash madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi
ahamiyatini teranroq anglashga yordam beradi. Zero G‘arbiy Yevropa
45
Do'stlaringiz bilan baham: |