Va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,74 Mb.
#621035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob
.
madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, 
al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Bobur 
va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga 
ulkan hissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning 
nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi 
kunda butun dunyoga ma’lum
1
.
Respublikamizda mustaqillik sharofati tufayli merosimizning ana shu 
qatlamlarini o‘rganishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xatolarga tom ma’noda 
barham berilmoqda, asrlarga tengdosh milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz 
tiklanmoqda, madaniy merosimiz o‘zining ulug‘vor ruhi va salobati bilan 
xalqimiz ma’naviy dunyosining tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Diniy 
ruhda yozilganligi uchun o‘rganilmay kelingan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, 
Shayx Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandlarning 
sermazmun diniy-falsafiy asarlarining, hukmron sinf vakillari bo‘lganligi uchun 
o‘rganilishi man qilingan Amir Temur, husayn Boyqaro, Bobur, Feruz kabi 
buyuk ajdodlarimizning adabiy-badiiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarining 
endilikda har tomonlama tadqiq etilayotganligi ana shu katta o‘zgarishlardan 
nishonadir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oqilona siyosat madaniyatimizning 
ichki salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga sharoit yaratish bilan bir qatorda, 
uning xalqaro maydonda o‘zligini namoyon qilishi uchun ham keng imkoniyatlar 
ochmoqda. Jumladan, san’atning xilma-xil yo‘nalishlari taraqqiyotida muhim 
bosqich hisoblangan respublika miqyosidagi turli konkurslar va festivallardan 
tashqari «Teatr: Sharq-G‘arb» xalqaro festivalining, Osiyo, Afrika va Lotin 
Amerikasi mamlakatlari XI xalqaro musiqa festivalining katta muvaffaqiyatlar 
bilan o‘tkazilganligi fikrimizga dalil bo‘la oladi.
hozirgi paytda butun dunyoda madaniyatga umuminsoniy qadriyatlar 
nuqtai nazaridan turib baho berish, uning diniy, sinfiy, milliy, mintaqaviy 
jihatlaridan qat’i nazar unga inson ruhiy, ma’naviy izlani shining mevasi
insonning o‘z-o‘zini anglashi, kamolotga intilishining bir bosqichi, ko‘rinishi 
sifatida qarash, va shundan kelib chiqqan holda, ularni tabiiy-tarixiy rivojlanish 
davomida yuzaga kelgan oliy bir ijtimoiy ne’mat deb bilish ustuvor bo‘lib 
bormoqda.
Madaniyatning rivojlanishiga turli ichki va tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Madaniyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi ichki omillar haqida gap ketganda, 
birinchidan, yuqorida biroz to‘xtalganimiz, o‘tmishda madaniyat rivojlanishida 
erishilgan yutuqlar, muvaffaqiyatlar, natijalarning, boshqacha qilib aytganda, 

I. A. Karimov. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 
tamoyillari. T.: «O‘zbekiston», 1995, 52-b.


22
madaniyatshunOslik asOslaRi
vorislik jarayonining roli katta ekanligini ko‘rsatish lozim. Bu jarayon madaniyat 
rivojlanishidagi keyingi bosqich xususiyatlarini, ko‘lamini asosli ravishda 
belgilab beradi. Qadimgi, o‘rta asrlar, yangi davr madaniyati yutuqlari 
bo‘lmaganda va kishilar ularni ijobiy o‘zlashtirmaganda edi, madaniyat 
rivojlanishining hozirgi darajasi ham yuzaga kelmagan bo‘lur edi. haqiqatan 
ham, Gippokrat, Ibn Sinoning tibbiy qarashlari, Aflotun, Arastu, Forobiy, 
Gegel, Feyerbaxning falsafiy ta’limotlari, Pifagor, Xorazmiy, Beruniy, Ulug‘bek, 
Brunoning tabiiy-ilmiy izlanishlari, Suqrot, Xayyom, F. Petrarka, Navoiy ning 
o‘ziga xos, takrorlanmas gumanistik g‘oyalarisiz bu sohalardagi hozirgi zamon 
yutuqlarini tasavvur ham qilish mumkin emas.
Ikkinchidan, turli madaniyat shakllarining o‘zaro ta’siri ham umuman 
madaniyat rivojlanishiga keskin ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan, 
fanda erishilgan yutuqlar madaniyatning boshqa sohalarining rivojlanishini 
tezlashtirishga xizmat qiladi. O‘rta asrlarda madaniyatning tarkibiy qismi 
bo‘lgan dinning madaniyatning boshqa jabhalariga ko‘rsatgan ta’siri ham 
fikrimizga dalil bo‘la oladi. Bu davrda, bir tomondan, din dunyoviy bilimlar, 
qarashlar rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, boshqa tomondan, o‘ziga xos 
takrorlanmas diniy-falsafiy qarashlar, adabiyot va san’at asarlari yuzaga keldi.
Madaniyat rivojlanishi har bir tarixiy davrda, bosqichda hal qilinishi lozim 
bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, texnik muammolardan tashqarida, ularning 
ta’sirisiz sodir bo‘lishi mumkin emas. Madaniyat rivojlanishiga ta’sir qiladigan 
tashqi omillar masalasiga kelganda, avvalo, jamiyat iqtisodiyotining, xalq 
moddiy farovonligining, turmush darajasining roli katta ekanligini ta’kidlash 
lozim.
Dastlab iqtisodiyotning rivojlanishi va aqliy mehnatning jismoniy 
mehnatdan ajralib chiqishi oqibatida ma’naviy madaniyatning kamol 
topganligini alohida ta’kidlamoq lozim. Bu ajralish umuman madaniyatning 
shiddatli rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Jamiyat iqtisodiyotidagi 
yuksalishlar hamma vaqt madaniyat taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar 
yaratadiki, buni quyidagilarda yaqqol ko‘rish mumkin:
Birinchidan, bu rivojlanish ishlab chiqarish taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan 
yangi obyektiv bilimlar rivojlanishini taqozo qiladi va unga turtki beradi. 
Ikkinchidan, iqtisodiy yuksalishlar madaniyat, uning rivojlanishiga g‘amxo‘rlik 
qilishning moddiy-moliyaviy asoslarini kengaytiradi. Iqtisodiy inqirozlar esa, 
madaniyat rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi: madaniy dasturlarning qisqarishiga, 
ilm-fan, adabiyot va san’atning ahvoli og‘irlashishiga olib keladi.
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari. T.: «O‘zbekiston», 1997, 140-b.


23

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish