88
madaniyatshunOslik asOslaRi
ruh», «jon» va boshqa ruhiy ibtidolar borligi haqidagi tushunchalar yuzaga
kelgan. Buning natijasida kishilar narsalarga, o‘simliklarga, hayvonlarga va
shunga o‘xshashlarga e’tiqod qo‘yib, ularga sig‘inganlar. Animiylik, fetishiylik,
totemiylik, afsungarlik kabi diniy e’tiqodlarning yuzaga kelishida shunday
aqidalar negiz bo‘lgan.
Real mavjud va, ayni vaqtda, g‘ayri hissiy (fetish) xususiyatlarga ega bo‘lgan
predmetlar dastavval diniy munosabatlar obyektini tashkil etgan. Fetishiylik
afsungarlik bilan bog‘langan bo‘lib, hodisalar yo‘nalishini sehrgarlik bilan
o‘zgartirish mumkinligini ishontirishga harakat qilgan. Predmetga xos deb
hisoblangan g‘ayri hissiy xususiyatlar keyinchalik ulardan alohida mustaqil
mohiyat-«ruh» sifatida ajratiladi, oqibat-natijada tanadan alohida yashovchi
«jon»- (animizm) haqidagi aqidalar yuzaga keladi. Urug‘chilik jamiyati barham
topishi jarayonida qabilaviy dinlar o‘rniga ilk sinfiy jamiyatga xos bo‘lgan
ko‘pxudolilikni ifodalovchi dinlar paydo bo‘ldi. Tarixiy taraqqiyotning bir qadar
so‘nggi bosqichlarida esa jahon dinlari — buddizm (e. o. VI-V asrlar), xristianlik
(I asr) va islom (VII asr) yuzaga keldi.
Shunday qilib, diniy ong va tasavvurlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi
mohiyatini ifodalab, tarixiy taraqqiyot mahsuli
tarzida kelib chiqadi va
rivojlanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi barham topishi sharoitida politeistik
(ko‘pxudolilik), xususiy mulkning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq
ravishda
shakllangan ijtimoiy munosabatlar davrida monoteistik (yakkaxudolilik)
dinlar yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Markaziy Osiyoda yuzaga
kelgan zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik, keyinchalik esa, islom
dini yuqoridagi xususiyatlarni o‘zida ifoda etadi.
Barcha jahon dinlari kishilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashga, mehr-
muruvvat, o‘zaro hurmat va yordam, halol-pok
yashashga undovchi
umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Afsuski, kishilarni tarbiyalashda
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dinning bunday funksiyalari yaqin o‘tmishda
butunlay inkor etildi, diniy madaniyatning jamiyat va shaxs ma’naviy hayotidagi
roli butunlay yo‘qqa chiqarildi. Islom madaniyatining o‘ziga xos bebaho
qadriyatlari «Qur’oni Karim», «hadislar», «Tafsirlar»ni, diniy allomalarning jahon
e’tirof etgan asarlarini o‘rganish man etildi.
Milliy mustaqillik tufayli ma’naviyatimiz tarixida va har bir inson hayotida
diniy qadriyatlarning tutgan mavqei o‘z o‘rniga qo‘yildi. Istiqlol tufayli amalga
oshirilayotgan bozor munosabatlariga ma’rifatli yo‘l bilan kirib borishning
asosiy tamoyillari, shubhasiz, ma’naviylikka suyanadi. Bozor munosabatlari
shakllanishi va taraqqiy etishiga ko‘mak beradigan ma’naviy
omillardan
ustuvorlik bilan foydalanish masalasining muhimligi ham ana shundadir.
Ma’naviyatimizning tarixiy ifodasi va o‘zaklaridan biri hisoblanmish din va diniy
qadriyatlar bu jarayonda o‘ziga xos mavqe tutishi tabiiy. Darhaqiqat, xalqimiz