Va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,74 Mb.
#621035
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Bog'liq
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob
.
madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
ma’naviy kamolotga erishmoq uchun «kam uxlash, kam so‘zlash, kam 
ovqatlanish» lozimligini, yuqori lavozimlarga intilmaslik zarurligini ta’kidlagan 
edi. Turkistonning shayxul mashoyixi sifatida ulug‘langan Ahmad Yassaviy inson 
shaxsi shakllanishining zarur sharti sifatida nafsni tiyish, ayshu ishrat va molu 
dunyo vasvasasidan yuz o‘girish, yetimparvar, odil va halol bo‘lish lozimligini 
ko‘rsatadi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abduqodir Bedil, Mashrab va 
huvaydo singari ulug‘ allomalar zohidlik, tarkidunyochilikka qarshi odamlar 
mushkulini osonlashtirish, ilm-ma’rifatli bo‘lish, ilohiy kamolotga erishmoq 
uchun shariat ahkomlarini puxta egallash, piru murshid etagini mahkam tutish, 
diniy ma’rifatni puxta egallash muhimligini ko‘rsatganlar. Xalqimiz o‘rtasida 
ko‘p asrlar mobaynida navoiyxonlik, bedilxonlik, huvaydoxonlik an’analarining 
davom etishi jarayonida ma’naviy barkamol shaxslar yetishib chiqqan.
Sovet tuzumi sharoitida o‘tmish madaniy merosga biryoqlama sinfiylik va 
partiyaviylik nuqtai nazaridan yondashish oqibatida ulug‘ ajdodlarimizning 
qimmatli g‘oya, ta’limotlari unutildi, din qatag‘on qilindi, imonsizlik, xudosizlik 
g‘oyasi keng targ‘ib etildi.
G‘oyat sun’iy va biryoqlama sotsialistik madaniyat shaxsning mohiyati va 
ijtimoiy-tarixiy vazifalari haqidagi tushuncha va tasavvurlarni tubdan o‘zgartirdi. 
Mustabid tuzum uchun mute, itoatkor, ijrochi, soxta kommunistik g‘oyaga 
ishonuvchi shaxs tipi yaratildi. U hech narsa abadiy emas, moddiylik birlamchi, 
degan materialistik dunyoqa rashga o‘ta ishonch bilan qarardi. Madaniy 
merosga o‘tmish sarqiti, qoloqlik belgisi sifatida qarash, baynalmilallikni 
milliylikdan ustun qo‘yish sotsializm yaratgan g‘ayritabiiy shaxsga xos muhim 
xususiyat edi.
Milliy mustaqillik yillarida shakllangan yangicha siyosiy tafakkur va 
yangicha falsafiy dunyoqarash milliy madaniyat, milliy qadriyat va shaxsning 
mohiyatini yangicha tushunish, tahlil qilish imkonini beradi. Mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson uchun munosib hayot 
sharoitlari yaratishni, shaxs erkinligining to‘laroq ro‘yobga chiqishi uchun 
qulay imkoniyatlar yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Yangi tarixiy davr 
xususiyatlari, barkamol inson shaxsini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari 
Prezident I. A. Karimovning qator asarlarida tavsiflab berildi. Mustaqillikning 
dastlabki yillaridanoq xal qimizning milliy qadriyatlarini tiklashga, boy madaniy 
merosimizni chuqur o‘rganishga, ta’lim-tarbiya sohasida tub islohotlarni 
amalga oshirishga alohida e’tibor berila boshlandi.
Bozor munosabatlariga o‘tish iqtisodiy va siyosiy sohada to‘planib qolgan 
barcha muammolarni oqilona hal etish uchun zamonaviy fan va texnika, 
ilg‘or texnologiya va kasb madaniyatini puxta egallagan halol, mehnatsevar, 
vatanparvar, sabot-matonatli inson shaxsini kamol toptirishni talab eta 
boshladi. «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ning 


54
madaniyatshunOslik asOslaRi
sobitqadamlik bilan amalga oshirilishi natijasida mamlakatimiz xalq xo‘jaligini, 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, erkin fikrlaydigan, bilimdon va tashabbuskor 
shaxs tipini shakllantirish uchun qulay imkoniyatlar vujudga keldi.
Bugun dunyoda mafkuraviy jarayonlar global tus olgan, turli diniy-
ekstremistik g‘oyalar O‘zbekiston xavfsizligi va mustaqilligiga jiddiy tahdid 
solayotgan bir sharoitda xalqimizning milliy manfaatlari va mentalitetiga mos 
milliy istiqlol g‘oyasining yaratilishi barkamol inson shaxsini shakllantirishda 
muhim tayanch bo‘lib xizmat qila boshladi.
Ilg‘or g‘oya uchun kurash — shaxs faolligining muhim ko‘rsatkichidir. 
Jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlar demokratik qadriyatlarni hayotga 
tadbiq etish, shaxs erkinligini qaror toptirish orqali taraqqiyotning yuqori 
bosqichiga erishdilar.
Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etish
xalqimizga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ozod va obod Vatan, erkin va 
farovon hayot barpo etish uchun xizmat qiladi. Xalqimizning ozodlik, tinchlik, 
farovonlik va ijtimoiy taraqqiyotga bo‘lgan intilishlari milliy istiqlol g‘oyasida 
o‘z ifodasini topdi.
Shaxs ijtimoiy-siyosiy va milliy g‘oyani amalga oshirishda muhim rol 
o‘ynaydi. Ilg‘or g‘oyalarni ilgari surish va ularni hayotga tadbiq etish jarayonida 
insonning axloqiy, irodaviy sifatlari to‘laroq namoyon bo‘ladi. Insoniyat tarixida 
o‘chmas iz qoldirgan buyuk shaxslar o‘zining shaxsiy farovonligi uchun emas, 
balki Vatan, xalq manfaatlari uchun kurashgan. Vatanimiz ozodligi, yurtimiz 
obodligi va xalqimiz farovonligi uchun o‘zining shaxsiy huzur-halovati
aziz jonini fido qilgan sohibqiron Amir Temur, hazrat Navoiy, shoh Bobur, 
Ulug‘bek, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy singari shaxslarning tarixiy va 
madaniy taraqqiyotdagi ahamiyatini milliy mustaqillik yillarida teranroq anglay 
boshladik.
Tarixiy shaxslar qanday ma’naviy soha (fan, san’at, din, siyosat, huquq)da 
faoliyat ko‘rsatishdan qat’i nazar davrning mushkul muam molarini oqilona hal 
etish, jamiyatni inqirozdan qutqarish yo‘llarini ko‘rsatdilar. Milliy madaniyatning 
barcha yutuqlarini chuqur egallagan shaxslargina milliy muammolarni tez va 
oqilona hal etishga salmoqli hissa qo‘shadilar.
Xullas, madaniyat va shaxs bir-biri bilan uzviy bog‘liq tushunchalardir. 
Madaniy rivojlanishning bosh maqsadi barkamol inson shaxsini shakllantirishdan 
iboratdir, boshqa jihatdan shaxs madaniyat ijodkori sifatida ham namoyon 
bo‘ladi. har bir avlod o‘tmishda yaratilgan madaniy merosni, madaniyat 
yutuqlarini o‘zlashtirish orqali o‘zida muayyan axloqiy sifatlarni shakllantiradi, 
ijtimoiy va tabiiy borliqni o‘zlashtiradi, o‘z «men»ligini teranroq anglaydi.
Milliy istiqlol yillarida shakllangan yangicha dunyoqarash shaxs, milliy 
madaniyat, milliy qadriyatlar mohiyatini yangicha tushunishga imkon berdi. 


55

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish