Birinchi bob
.
madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
qolayotganligining boisi ham ana shundadir.
Madaniyat tarkibiga kiruvchi barcha sohalar (ilm-fan, texnika, san’at, ta’lim-
tarbiya, sport va h. k.) yuqori bosqichga ko‘tarilgan hozirgi davrning butun
insoniyatni hayratga soluvchi hazrat Navoiylari, Qodiriy va Fitratlari qani?
Nega o‘zbek sovet madaniyati yurtimizda Andrey Saxarov, Chingiz Aytmatov
singari jahonga mashhur shaxslar tipini yaratmadi? Bunday savollarga javob
berishdan oldin madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan shaxsning mohiyati va
mazmuni haqida qisqacha fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.
O‘zgargan har bir yangi tarixiy davrda «Inson nima?», «Shaxsning jamiyat
taraqqiyotidagi o‘rni qanday?» kabi savollarga ilmiy asosda javob berish
zarur bo‘lgani singari vujudga kelgan yangi tarixiy davrda madaniyatning
mohiyati va funksiyalarini yangicha idrok etish ijtimoiy-siyosiy fanlar va
madaniyatshunoslikning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Agar milliy madaniyat
yangi davr ruhi va uning tub yo‘nalishlarini, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy
rivojlanish strategiyasini idrok etmasa va milliy mahdudlik qobig‘iga o‘ralib
qolsa, davr talablariga javob bera oladigan inson shaxsini shakllantira
olmaydi.
Prezident I. A. Karimov o‘zining «Barkamol avlod — O‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori» va boshqa asarlarida barkamol inson shaxsiga xos
muhim fazilatlar sifatida tashabbuskorlik, mardlik, bilimdonlik, ishbilarmonlik,
vatanparvarlik, sobitqadamlik kabi xislatlarni alohida ta’kidlab, erkin fikr,
mustaqillik tuyg‘usi shaxs kamolotida muhim ahamiyatga ega ekanligini
ko‘rsatadi. Darhaqiqat, milliy mustaqillik yosh avloddan yangicha sifat va
fazilatlarni talab eta boshladi. Demokratik taraqqiyot o‘zining tub mohiyatiga
ko‘ra mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, yangiliklarga intiluvchi ijodkor
shaxslarning sa’y-harakatlariga, ularning yaratuvchanlik faoliyatiga tayanadi.
Tarixni chuqur bilmay turib, kelajakni yaratish mumkin bo‘lmagani singari
milliy madaniy merosimizning barcha ijobiy, progressiv yutuqlarini chuqur
o‘zlashtirmay turib, yangi davr talablariga javob bera oladigan barkamol
avlodni shakllantirib bo‘lmaydi. Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot yoshlarning keksa
avlodga, ajdodlarimizga nisbatan kuchliroq, bilimdonroq, dono va aqlliroq
bo‘lishini taqozo etadi. Prezident I. A. Karimov «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra
kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo‘lishlari shart» deganida Vatanimizning
porloq istiqboli yoshlarimizning ilm-fan asoslarini chuqur egallashiga bevosita
bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Jamiyatdagi mavjud siyosiy tuzum madaniyat taraqqiyoti uchun qulay
shart-sharoit yaratishi yoki, aksincha, undagi barcha ijobiy, progressiv
elementlarning rivojiga xalaqit berishi ham mumkin. Chunki yuqorida
ta’kidlanganidek, madaniyat uchun statika va dinamika xos bo‘lib, agar mavjud
siyosiy tuzum tub demokratik o‘zgarishlardan hadiksirasa, madaniyatning statik
52
madaniyatshunOslik asOslaRi
(konservativ) xususiyatlaridan unumli foydalanishga zo‘r beradi. Agrar ishlab
chiqarishga asoslanuvchi jamiyatning madaniyat strukturasida diniy bilim va
qadriyatlar muhim rol o‘ynaganligi, diniy ta’limot va falsafaning agrar ishlab
chiqarishning cheklanganligiga mos ravishda shaxs ehtiyojlarini cheklashga
zo‘r berganligini tasdiqlovchi tarixiy faktlarni ko‘plab keltirish mumkin.
Sanoat ishlab chiqarishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan demokratik
siyosiy tuzum madaniyatning taraqqiyparvarlik funksiyasini to‘laroq ro‘yobga
chiqarishga, qoloqlik, tanballikni targ‘ib etuvchi o‘tmish madaniy merosdan
sabot bilan voz kechishga, ilm-fan va shaxs erkinligini qo‘llab-quvvat lashga
zo‘r beradi.
Insoniyat tarixining tub burilish davrlarida, bir ijtimoiy-siyosiy tuzum dan
yangisiga o‘tish davrlarida madaniy merosga munosabat masalasi eng dolzarb
ijtimoiy-siyosiy muammo hisoblanadi. Zero, o‘tmish madaniy merosida o‘tmish
ruhi, konservatizm, turg‘unlik va, ayni vaqtda, progressiv elementlar, yangilik
va ijobiy xususiyatlar mavjud bo‘ladi. Ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib
chiqadigan siyosiy tizimgina madaniyatning yaratuvchan, ijobiy va progressiv
xususiyatlaridan to‘laroq foydalanishga intiladi.
Shaxs — mavjud siyosiy tuzumni, ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishga
kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi madaniyatli insonning sotsial sifatidir. Inson
madaniyatning barcha ilg‘or yutuqlarini chuqur o‘rganish orqali o‘zida qator
sotsial sifatlarni shakllantiradi. Mustahkam imon-e’tiqod — shaxsning eng
muhim sotsial sifati hisoblanadi. Imon va e’tiqodning shakllanishida din, ta’lim-
tarbiya va ijtimoiy-siyosiy muhit katta rol o‘ynaydi. Din ma’naviy madaniyatning
muhim tarkibiy qismi sifatida odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni
takomillashtirish, ijtimoiy barqarorlik, totuvlik, tinchlik va hamjihatlikni
ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Din — umumbashariy qadriyat sifatida
kishilarda axloqiy fazilatlar, insoniy sifatlarni shakllantiradi.
Shaxs abadiylik, ezgulik haqidagi tushuncha va tasavvurlarni diniy e’tiqod,
diniy tarbiya va ta’limotlar vositasida egallaydi. Mustahkam imon-e’tiqod
shakllanishi bilan kasb-kor, faoliyat shaklining qandayligidan qat’i nazar shaxs
jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy jarayon larga kuchli ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
Shaxsning kamol topishi, unda mustahkam imon-e’tiqodning shakllanishi
individ uchun g‘oyat mashaqqatli va ziddiyatli jarayon sifatida kechadi. Shaxs
olamni bilish orqali o‘zligini anglashga, o‘z «men»ligini bilish orqali olam
mohiyatini chuqurroq bilishga erishadi. Shaxs o‘z-o‘zini tarbiyalovchi, o‘z
faoliyatiga tanqidiy baho beruvchi, o‘z-o‘zini nazorat qiluvchi sifatida muttasil
ravishda kamolotga intiladi.
Milliy madaniyatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan ulug‘ mutafakkirlar
inson shaxsi kamol topishining eng umumiy qonuniyatlarini ochishga harakat
qilganlar. Buyuk mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy o‘z «Vasiyatnoma»sida
53
Do'stlaringiz bilan baham: |