Ilmiy izlanish ishlarini so‘nggi samaradorligini, uning natijalarini amaliyotda tadbiq qilgandan so‘ng aniqlash mumkin.
Ilmiy ishlar natijalarini tadbiq qilish deganda, izlanish natijalarini xalq xo‘jaligida, ishlab chiqarishda foydalanish ko‘zda tutiladi.
Tadbiq etish o‘zining moddiylashishi va ish funksiyasi bilan ajralib turadi.
Moddiylashish shaklida tadbiq etish quyidagi guruhlarga bo‘linadi: binolar va qurilmalarga, mashinalar va asbob-uskunalarga, jihozlar va texnologik jarayonlarga, sinov va nazorat uslublari va qurollarga, materiallar, ehtiyoj mahsulotlarga, avtomatlashtirish va boshqaruv jarayonlari o‘lchov asboblariga, boshqaruv va tashkillashtirish sistemasiga, turli dasturlar va algoritmlarga, standartlarga.
Ish funksiyasi bo‘yicha esa bino va qurilmalarni ekspluatatsiyasi, mahsulot tayyorlash, ishlab chiqarish ishlari, boshqaruv va tashkillashtirish sistemasining funksiyasi, tipli normativli - metodik texnik materiallarni ishlab chiqarishdagi funksiyasi kiradi.
Ilmiy izlanish natijalarini tadbiq etish ikki etapda: avval sinov ishlab chiqarishda, so‘ng seriyali ishlab chiqarishda bajariladi. Chunki, ilmiy izlanish har qanday yuqori darajada bajarilsa, ishlab chiqarishdagi tasodifiy omillarni ta’sirini aniqlash uchun oldin sinov tekshirishidan o‘tkaziladi. Bunda sinov nusxasi tayyorlanib ishlab chiqarish sharoitida ma’lum vaqtgacha ishlatiladi.
Sinov nusxalarini ishlab chiqarishda har xil sharoitda, ta’sir etuvchi omillarni o‘zgartirgan holda chuqur o‘rganiladi. Olingan natijalar
yordamida texnikaviy-iqtisodiy samaradorligi baholanadi. Bunda mahsulotning sifatiga, tayyorlov texnologiyasiga, seriyada ishlab chiqarish mumkinligiga, alohida e’tibor berish kerak.
Sinov natijalari yozuv matni shaklida rasmiylashtiriladi. Bunga konstruktiv texnologik, iqtisodiy, ergonomik, sanitarli-gigiyenik, yong‘in xavfsizligi va boshqa xususiyatlari baholangan dalolatnomalar ilovada keltiriladi.
Bu dalolatnomalar ushbu ishni tayyorlaganlar va topshiriq berganlar vakillari tomonidan imzolanadi.
Ilmiy ishlar natijalarini tadbiq etishning birinchi bosqichi boshqa bosqichlarga nisbatan ko‘proq mablag‘ sarfini talab qiladi, chunki sinov donasini sinash vaqtidagi qo‘shimchalar tuzatilib, qurilmalar takomillashtiriladi. Bu vaqtda albatta, ilmiy ishlar mualliflari qatnashishlari kerak.
Ilmiy izlanish natijalarini tadbiqini tezroq bajarish maqsadida tashkilotlarda vaqtinchalik guruhlar, jamoalar tashkil qilinishi mumkin. Bunga mualliflar va tadbiq etiladigan tashkilot vakillari ham kiritiladi.
Agar tadbiq qilinadigan natijalar xalq xo‘jaligida muhim hisoblansa, bunda bu natijalar texnikaviy hujjatlar bilan davlatning maxsus komissiyasiga topshiriladi va qabul etishda dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat sistemasida ilmiy ishlar natijalarini tadbiqi respublika tarmoq vazirligi va ishlab chiqarish korxonasi darajasida bo‘lishi mumkin.
Respublika darajasidagi tadbiq uchun ilmiy ishlar natijalarini foydalanish bo‘yicha va buni yaratganlarning haq-huquqlarini ta’minlovchi qonuniy dalolatnomalar qabul qilinadi va ichki, tashqi ekspertizalar o‘tkaziladi. Bu ishlarning hammasiga fan va texnika davlat qo‘mitasi rahbarlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |