G'o'zani o'g'itlash. Qishloq xo'jaligida ma'dan va mahalliy o'g'itlardan sama- rali va keng ko'lamda foydalanish tuproqning unumdorligini saqlovchi hamda oshiruvchi muhim omillaming asosiysi hisoblanadi. shu bilan birga ekinlardan muntazam yuqori hosil olishni ta'minlaydi. Respublika dehqonchiligida hozirgi sharoitda madan o'g'itlarni asosan quyidagi turlari: ammiakli selitra (azot 34%), mochevina (azot 46%), ammoniy sulfat i.izot 20,521%), oddiy super- fosfat (1919/5% fosfat), ammofos (fosfor 46%, azot 12%), kaliy tuzi (kaliy 3040%), kaliy xlorid (kaliy 56%) bo'lganlari ishlatilib kelinmoqda.
Qator oralariga ishlov berishda chopiq traktorlariga o'rnatiladigan kultivator- oziqlantirgichlardan foydalaniladi. Bular iumlasiga KRX-4, KRX-3,6; KRT-4 rusumli kultivator-oziqlantirgich. KXU-4 rusumli unversal kultivator-oziqlantirgich kabilar kiradi.
Ushbu agregatlarni traktorlarga omatib, ekinlaming qator oralariga moslab ishchi organlari joylashtiriladi. Bulardan tashqari, o'simliklarni oziqlantirishda RTO-4, RTT-4,2; l-RGM-4, NAU-0,5 resursli o'git seyalkalari va o'g'it sepgich- lardan ham foydalanish mumkin.
^0 Agregatlar tuzish va ishga tayyorlash. Chopiq agregati, yani kultivator o'rnatilgan traktor tekis maydonchaga o'rnatiladi; bu maydonchaga qatorlar va himoya zonalari chizmachalar vositasida belgilab qo'yilgan bo'ladi. Chizmachalar ikkita reyka orasiga tortiladi va tuprog'i yumshatilgan qatorlar zonasining chega- ralarini bildirib turadi. Ishlov berilgan oraliqda turgan kultivator gryadillariga ish organlari o'rnatiladi, ular bajariladigan ishning turiga qarab tanlanadi. Ish organlari andoza bo'yicha taxminiy o'rnatilgandan keyin agregat dalaga kiritiladi va qatorlar orasida ishlatib ko'rish ish organlarining tuproqni yumshatish chuqurligi va qam- ; rash kengligi qanday sozlanganligi tekshiriladi.
Kengligi 60 sm li bo'ylama orasi dastlabki ishlov berishda (tuproq betini qatqaloq bosgan bo'lsa) rotatsion yulduzcha, pichoqlar va chuqur yumshatish pan- jalarini o'zaro mos holda joylashtirib birgalikda ishlatish tavsiya etiladi.
Pichoqlar orasida chuqur yumshatuvchi panja qatorlar orasining yuk o'rtasiga 1214 sm chuqurlikda o'rnatiladi. Qatorlar orasiga ishlov berganda qatorlar yaqinidagi tuproq yuzaroq, qatorlar orasining o'rtasi esa chuqurroq yumshatiladi.
Rotatsion yulduzchalar o'rniga disksimon ish organlarini joylashtirish sxemasi yuqorida aytib o'tilgan sxemaga o'xshaydi (2.6.1-rasm). Kultivatorni berch tuproqli joylarda ishlatganda yumshatuvchi panjalarning tig'lari tuproqni yoniga surib, c o'simlik ildizlarini shikastlaydi. shunga ko'ra bunday yerlarda faqat disksimon ish organlarini ishlatish kerak.
Disksimon ish organlarini ham shunday chuqurlikda ishlaydigan qilib va 68 sm kenglikda himoya zonasi qoldirib o'rnatish panjali rotatsion yulduzchalar kabi o'rnatiladi.
G'o'zalarni dastlSbki ikki marta oziqlantirishda, sug'orish egatlari ochish vaqtida qatorning yon tomonlariga o'qit ham solib ketiladi. Qatorlar oralig'i 60 sm bo'lgan dalalarda g'o'zalarni oxirgi, uchinchi marta oziqlantirish vaqtida o'qit qatorlar orasiga solinadi, kombinatsiya ish organlari uni tuproq bilan ko'madi: qatorlar oralig'i keng (90 sm) bo'lganda o'qit qatorning yon tomoni- ga solinadi.
Ish organlarining o'zaro joylanish sxemasi boshqacha bo'lishi ham mumkin. Masalan, qatorlar oralig'i keng bo'lgan, berch tuproqli yerlarda tuproqni chuqur yumshatuvchi bitta panjalar o'miga ildizlari oraligini 8090 sm qilib 3 ta shunday panja o'rnatgan maqul.
Respublikamizning bir qancha viloyatlarida qatorlardagi tuproqning namroq bo'lishini taminlash uchun qator orasiga tuphoq chuqurlatgich deb ataladigan panja qatorlar orasidan boradigan va 2022 sm chuqurlikda qilib o'rnatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |