2.Agregatlar tuzish va ishga tayyorlash;
3.Agregatlarning harakatlanish usullari
G'o'za parvarishi bo'yicha operatsiyalar ro'yxati. Paxtachilik istiqboli g'o'za hayotining birinchi kunlaridan boshlab uning jadal o'sib, rivojlanishini taminlaydi- gan asosiy faktorlarning eng qulay uyg'unlanishi va to'g'ri nisbatini aniqlash masalasini hal qilinishini taqozo etadi.
Buning uchun parvarish operatsiyalari to'g'ri va to'la bajarilishi shart.
Bu operatsilarga quyidagilar kiradi:
1.tuproq harorati va zichlanishini tartibga solish;
2.yaga nallash;
3.qator oralariga ishlov berish;
4.sug'oris
o'g'itlash;
begona o'tlarni yo'qotish;
chekanka qilish;
zararkurandalarga qarshi kurash.
Tuproq haroratini birmuncha ko'tarish, zichlanishini tartibga solish ogitlar yillik normasining asosiy qismini ekishgacha berib, birinchi kundan nihollaming mol-kol oziq ta'minotini yaratish, saralangan va stimulatorlar bilan ishlangan chigitlarni ekish orqali g'o'zalarni yoshligidan boshlab jadal rivojlanishiga erishish yo'li bilan ko'saklarni erta muddatlarda yetilishini taminlash mumkin.
Yaganalash usuli uyalarda yetarli nihol qoldirib ketishdir. G'o'zalar uyalarda yakka tupdan qoldirilganda g'o'za tuplari bir xil rivojlanib hosil to'plaganidan ko'saklar bir tekis qiyg'os ochiladi.
Qator oralariga ishlov berishga qator oralig'idagi tuproqni yumshatish, begona o'tlar ildizini kesib ketish, o'g'itlash, jo'yaklar ochish kabi ishlar kiradi.
Sugorish go'zaning o'sishi va rivojlanishida muhim roli bor. O'simlik tanasiga kirgan suvning bir qismi hujayra protoplazmasi tomonidan shimilib, uning hayotiy aktivligi ortadi. Qolgan qismi fotosintez jarayonida murakkab organik moddalarning hosil bo'lishini, ularning to'qima yoki organdan boshqasiga o'tishini, yani yangi organlarning vujudga kelishini taminlaydi.
Ogitlash o'simlikda hujayra to'qimalardan boshlab to barcha organlarning, jumladan, hosilning shakllanishi, modda almashinuv jarayonlari, turli birikmalar va zapas moddalarning vujudga kelishiga xizmat qiladi.
Begona o'tlarni yo'qotish g'o'za va g'o'za ildizlarining jadal rivojlanishida juda muhim rol o'ynaydi, natijada g'o'za hosildorligi yuqori va sifatli bo'ladi.
Chekanka qilish (chilpish) g'o'za hosil elementlarini kam to'kilishini, ko'saklar soni ortishi va yetilishini hamda ularning erta muddatlarda ochilishi hisobiga hosildorlik ortishini taminlaydi.
Zararkunandalarga qarshi kurash o'simliklarni kasalliklar va zararli hasho-ratlardan saqlaydi. Respublikamizda g'o'zaning asosiy zararkunandalari o'rgam-chakkana, trips, shiralar, ko'sak qurti, oqqanot, chigitkalar. Asosiy kasalliklar ildiz chirishi, gammoz va vilt hisoblanadi.
Parvarish operatsiyalariga qo'yilgan umumiy agrotexnika talabi. Respublikada turli tuproq sharoitlariga moslab gektariga 90100 ming tupdan 140 ming tupgacha ko'chatlar qoldirilishi mumkin. Agarda qator oralig'i 60 sm qilib ekilgan maydonlarni yaganalashda ko'chat qalinligi 90100 ming tuplarga bo'lsa, bir metrda 56 ta, ko'chat qalinligi 110120 ming tuplarga bo'lsa, 78 ta va ko'chatlar qalinligi ISOMO ming tuplarga bo'lsa, 910 tadan ko'chat qoldirilishi kerak.
Xuddi shu ko'rsatkichlar qator oralari 90 sm keng qatorlab ekilgan maydonlar-da 90100 ming tuplarga ko'chat bo'lsa, bir metrda 89 ta, 110120 ming tup o'lchamda 1011 ta va 130140 ming tuplarga bo'lsa, 1213 ta ko'chat qoldirilishi kerak bo'ladi.
Bundan tashqari, tuprocjlarning turi, unumdorligiga, shuningdek, chigit eki- ladigan maydonning suv bifon taminlanish darajasiga qarab g'o'zalarning ko'chat qalinliklarini biroz kamaytirish yoki ko'paytirish ham mumkin bo'ladi.
Biniy izlanishlar natijalari yakuniga qaraganda, qator oralariga ishlov (kultiva- tsiya) erta o'tkazilganda, tuproqda namning yaxshi saqlanishini taminlashdan tashqari, begona o'tlarni yo'q qiladi.
Havo almashish jarayonini yaxshilaydi va ildiz chirish kasalligining oldini oladi. Unumdor qatlamni yumshatib, mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatini yaxshilaydi, organik moddalarning tuproqqa joylanishiga, ildiz tizimi rivojlanishiga suv va o'g'itlarning o'simliklarga yaxshi yetib borishiga imkon yaratadi.
G'o'za qator oralariga dastlabki ishlov berish davrlarida traktorchilarning asosiy etibori g'o'za nihollarining kesilib ketmasligiga, qator oralaridagi o'simliklarning ko'milib qolmasligiga va uvatlarda burilish joylaridagi g'o'zalarning mumkin qadar kamroq zararlanishiga qaratilishi kerak. Birinchi marta qator oralariga ishlov berishda 60 sm qilib ekilgan maydonlarda 45 sm chuqurlikda, 810 sm uzoqlikda ikki juft chekka ehtiyot qism, ikki juft qism esa 68 sm chuqurlikda va o'rtadagi yoysimon g'ozpanjalar 1416 sm chuqurlikdan kam bo'lmagan qilib o'rnatilishi shart bo'ladi.
Qator oralari 90 sm bo'lgan maydonlarda ishlov berish eni 7578 sm kenglik- da, g'ozpanjalar o'rtada va 1618 sm chuqurlikda joylashtiriladi.
Bundan tashqari, qator oralariga birinchi va ikkinchi ishlovlarda kultivatorga qo'shimcha ehtiyot qismlari bo'lgan rotatsiyali yulduzchalar o'rnatiladi.
Yulduzchalarning ishlash chuqurligi 57 sm bo'ladi.
G'o'zani chilpish paxta pishib yetishishini, hosilning oshishini taminlaydigan muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. G'o'zani chilpish yer unumdorligiga, ko'chat qalinligiga, hosil shoxlarining soniga qarab o'tkaziladi. G'o'zaning ko'chat soni gektariga 100 ming donagacha bo'lib, o'simlikda o'rtacha 1314 hosil shoxi yetilganda chilpishni amalga oshirish mumkin.
Ko'chat soni 110120 ming tuplarga bo'lib, 1213 hosil shoxi bo'lsa chilpishni boshlash mumkin.
Chilpitishning 3 xil usuli mavjud:
Qo'l kuchi bilan g'o'za uch va yon shoxlari chilpib olinadi.
Mexanizatsiya vositasi bilan g'o'zani chilpishni o'tkazish.
Mexanizatsiya usuli bilan chilpish o'tkazish ikki muddatda CHVX-4 appa- ratini kultivator chopiq traktoriga tirkab amalga oshiriladi. Birinchi muddatda g'o'zalarda 1516 hosil shoxi paydo bo'lishiga qarab pichoqlar moslashtiriladi. Birinchi galda chilpinmay qolgan g'o'zalar 510 kundan keyin yana bir marta takror qilinadi.
Keyingi yillarda odam, hayvon va hashoratlar uchun kam zaharli bo'lgan g'o'zalarning o'sishini boshqaruvchi kimyoviy preparatlar: Tur, PIKS, Soje-Anlardan keng foydalanib kelinmoqda. Bu preparatlar o'simlik o'suv nuq- tasining o'sishini sekinlashtirish, paxta hosilini oshirish va tola sifatini yaxshilash qobiliyatiga ega.
Bu preparatlar OVX-28 purkagich yordamida sepiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |