Traktorlar tortish kuchidan foydalanishnins optimii tajal
Traktor
|
Ish tari
|
Haydash
|
Ekish, boroaahsh. kultivatsiyalash, yumshatish va boshqalar
|
K-700, K-701-4
|
0.94
|
0.98
|
T-4
|
0,93
|
0,95
|
T-75, DT-75
|
. 0,90
|
0,93
|
MT3-50, MTZ-5MS/LS
|
0,85
|
0.90
|
1.3.1-rasm. MTZ-50 traktorning tirkama qurilmasi:
1chegaralash zanjirlari; 2poperechina;
3prujina; 4bo'ylama tonqi; 5mufta.
Tirkama, yarim o'rnatma va o'rnatma mashinalarni agregatlash. T-28M traktorda tirkama qurilmasi (poperechina) osma mexanizmining bo'ylama tortqi- laridagi ketingi sharnirlarga o'rnatiladi va chekalar bilan mahkamlanadi; cheklovchi zanjirlarni tortib, tirgovichlar uzunligi bir xillashnriladi.
MTZ-50 traktorda tirkama qurilmasining (poperechinasi) 2 (1.3.1-rasm) osma mexanizm bo'ylama tortqilari (4) ning orqa uchi o'rniga quriladi va cheklovchi zanjirlar <7>ning prujina- lari (3) bilan mahkamlanadi. Cheklovchi zanjir- lami qattiq taranglab bo'ylama tortqilar blokirlanadi, 515 mm ga teng bo'lgan tirgovichlarning uzunligi (yuqorigi va pastki sharnir- larning markazi orasidagi masofa) esa mufta (5)ni aylantirib rostlanadi. Pri- tsepli mashinalar bilan ishlaganda foydalaniladigan mar- kaziy tortqi ko'tariladi va prujinali tutqichlar bilan shu holatda saqlanadi. Harakat tezligi 10 km soatgacha bo'lganda g'ildirak shinalari- ning bosimi quyidagicha
bo'lishi kerak: ketingisiniki 9,8xl04 ll,8xl04 N/m2, oldingisiniki esa 16,7xl04 N/m2. Traktorlar qattiq yo'lda yuqori tezlikda yurganda shinalardagi bosimni yuqori chegaragacha oshirish kerak. G'ildiraklar traktorning bo'ylama o'qiga nisbatan simmetrik j&ylashtirilgan, ular orasidagi masofa 14001500 mm bo'lishi kerak. .
^Toq sondagi mashinalardan iborat keng yoki qamraydigan agregatlar tuzishda o'rtadagi mashina tirkamaning o'rta brusiga, qolganlari o'rtadan chap va o'ng tomonga ulanadi. Bunda tirkash nuqtalari orasidagi masofa mashinaning qamrash eni (b)ga teng bo'lishi kerak. Juft sonlardagi mashinalardan iborat agregat tuzilgan- da mashinalar tirkama brusining o'rtasidan chap va o'ng tomonga mashina qamrash enining yarmiga (b2) teng masofada qo'yiladi va shu nuqtalarda ikkita mashina ulanadi; qolganlari brusning qamrash eniga teng masofada tirkaladi. Mashinalarning oldingi qatori tirkamaning brusiga bevosita, orqadagilari esa uzay- tirgichlar yordamida mahkamlanadi.
Mashinalar ish joyiga birining orqasiga ikkinchisini tirkab transport holatda olib kelinadi. Uchastka yaqinidagi tekis maydonchada mashinalar ajratiladi va uzaytirgichlar olinadi, tirkama esa traktor bilan 1015 m oldinga siljitiladi. Mashinalar oldingi qatorda traktor yordamida oldin va ketin qilib bir-birining orasida taxminan qamrash eniga teng masofa qoldirib qator qo'yiladi. So'ngra ikkinchi qatordagi mashinalar qo'yiladi.
Tirkama mashinali agregat to'xtovsiz harakatlanishi va uning tortishga qarshiligini kamaytirish uchun traktor tortish chizig'ining yo'nalishini to'g'ri belgi- lash kerak. Simmetrik tirkama (ekish va boshqa) agregatlarda uning gorizontal tekislikdagi yo'nalishi traktorning bo'ylama o'qiga mos kelishi kerak. Nosimmetrik agregatlarda, masalan, o'rish apparati yonida joylashgan o'rish-yig'ish agregatlarida traktorning tirkash nuqtasini o'rish mashinasining o'rish apparati joylashgan tomonga siljitish maqsadga muvofiq. Yer haydash agregatlarida plug og'irlik markazining egat tubi orqali o'tadigan izi tortish chizig'ining optimal yo'nalishi hisoblanadi.
7>
Do'stlaringiz bilan baham: |