Nazorat savollari
Agregat tuzish uchun traktorlar va qishloq xo'jalik mashinalari tanlashda ular qanday asosiy talablarni qondirishi kerak?
Qanday tirkamalar qo'llaniladi?
Pluglar va boshqa qishloq xo'jalik mashinalarining tortish qarshiligiga qanday omil- lar tasir etadi?
Juft va toq sondagi tirkama mashinalardan agregat qanday tuziladi?
Mashina-traktor agregatlarining tarkibi analitik usul bilan qanday hisoblanadi?
MASHINA-TRAKTOR AGREGATLARINING HARAKATLANISH I
TF
Mashina-traktor agregatlarini oqilona harakatlanish usullarining ahamiyati. Harakatlanuvchi traktor agregatlari qishloq xo'jalik ishlarini bajarish jarayonida muayyan masofani bosib o'tadi. Bosib o'tilgan yo'lning xarakteri traktorning kine- matikasi to'g'risida malumot beradi.
Traktorning kinematikasi bir xil elementlardan tashkil topgan takrorlanuvchi harakatlardan iboratj Iqtisodiy nuqtayi nazardan traktor agregatlarining kinematikasi ikki asosiy elementga bo'linadi: 1) ish bajarish yo'li (bundan traktor agregati foydali ish bajaradi); 2) salt yurish yo'li (bunda traktor agregati foydali ish bajarmaydi).
Traktor agregatining ish jarayonida salt yurish yo'li qancha kichik bo'lsa, uning foydali ish koeffitsienti shuncha yuqcfri bo'ladi. Traktor agregatining ish bajarish paytidagi harakati to'g'ri chiziqli yoki egri chiziqli bo'lishi mumkin. Bu dalaning tuzilishiga, agregatning harakatlanish usuliga va harakat turiga bog'liq. Agar yer maydoni biror inshootlar (sug'orish tizimlari, kanallar, ariqlar, yo'llar) yoki tabiiy to'siqlar (qirlar, daryolar va h.k.) bilan cheklangan va malum bir ekin turini yetishtirishga mo'ljallangan bo'lsa, bunday yer maydoni dala deyiladi. Dalaning hammasi yoki uning biror qismi traktor agregati bilan ishlov berish uchun mo'ljallangan bo'lsa, traktor agregatining ish uchastkasi deyiladi.
Traktor agregatining ish bajarishdagi trayektoriyasi agregat markazining siljishi bo'yicha yo'naladi deyish mumkin. Agregatning markazi sifatida nuqta qabul qilin- gan. Bu nuqtaning trayektoriyasi boshqa nuqtalar kinematikasini hisoblashda asos qilib olinadi. Agregatning markazi sifatida og'irlik markazining agregat simmetriya o'qiga proyeksiyasini olish qulayroq bo'ladi. Orqa o'q yetaklovchi bo'lgan g'ildirakli traktorlarda agregatning markazi qilib shartli ravishda, simmetriya o'qi bilan orqa yetaklovchi o'qning kesishgan nuqtasi qabul qilingan. Gusenitsali hamda ikkala o'qi ham yetaklovchi bo'lgan g'ildirakli traktorlarda bu nuqta ketingi va oldingi o'qlar orasidagi masofaning o'rtasida yoki yetaklovchi va yo'naltiruvchi g'ildiraklarning o'rtasida joylashadi.
Traktor agregatining chiqish uzunligi (7? deb, agregatning markazidan qishloq xo'jalik mashinasining ish organlari joylashgani chiziqqacha bo'lgan masofaga ayti- ladi. Agar ish organlari bir chiziqda yotmasa, u holda eng orqada joylashgan ish organigacha bo'lgan masofa olinadi.
Chiqish uzunligi agregatning markazi paykal chegarasidan qancha masofada joylashganligini aniqlaydi va ish organlarining burilish maydonchasining boshlan- g'ich chizig'idan qanday masofaga chiqqanligini ko'rsatadi.
Osma qishloq xo'jalik mashinali traktor agregatlarida chiqish uzunligi tirkama traktor agregatlaridagiga nisbatan ancha kichik bo'ladi.
Minimal burilish radiusi (Rmin) shunday eng kichik aylananing radiusiki, bunda mashina mexanizmlari, uni tashkil qiluvchi agregatlar burilishdagi harakat davomi- da shikastlanmaydi. Minimal burilish radiusi traktor agregati harakatlanuvchi qis- mining tuzilishiga, traktorchining malakasiga, qamrov kengligiga bog'liq. Gildirakli traktorlarning minimal burilish radiusining taqribiy qiymati quyidagi formula bilan ifodalanadi:
... Rmin=L ctg ab + a, (1.29)
bunda L traktor bazasi, m;
ab boshqariluvchi gildiraklarning burilish burchagi, grad; a burilishda sapfa о ‘qlari orasidagi masofaning yarmi, m.
Qamrov kengligi kengroq bo'lgan agregatlar uchun burilish radiusini qamrov kengligi (V)ga teng qilib olish mumkin. Osma mashinali agregatlarning burilish radiusi traktorning burilish radiusiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |