Alyuminiy, uning qotishmalariva ularni payvandlash usullari. Sattorov f.
Kirish.
Ishlab chiqarishda payvand birikmalarining mustaxkamligi va ishlab chiqarish samaradorligi yuqori bo‘lganligi sababli boshqa birikmalarni, jumladan parchinlash, quyma, bolg‘alangan va boshqa birikmalarni o‘rniga payvand birikmalarni qo‘llanilmoqda. Korxonalarda va korxonassexlari payvand konstruksiyalari ishlab chiqarishga moslashtirilmoqda. Mashina va mashina mexanizmlari detallarini emirmlishga chidamli qoplamalar qilish yo‘lga qo‘yilmoqda, payvandlash dastgoxlari va payvandlash materiallari ishlab chiqarilmoqda va kengaytirilmoqda, zamonaviy ishlab chiqarish samaradorligi yuqori avtomat payvandlash usullari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Metall konstruksiyalar ishlab chiqarish korxonalarida payvandlashni qo‘llanishi bilan ishlab chiqarish samaradorligi oshib, sarflanadigan metall, ishlab chiqarish jarayoniga sarflanadigan vaqt qisqartiriladi. Payvandlashning zamonaviy usullarini usullarini qo‘llash bilan payvandlash mashinalarini yaratildi va payvand konstruksiyalarini ishlab chiqarish muddatlari qisqartirildi va ishlab chiqarish samaradorligi oshirildi.
Payvandlash ishlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash natijasida muxim axamiyatga ega bo‘lgan qurilish va ishlab chiqarish jarayonlari, masalan, domna pechlari, ko‘priklar, trubalar bilan uzatish, kemasozlik, vagonsozlik, kimyoviy dastgoxlar, gidrotrubinalar va boshqa metalldan tayyorlanadigan konstruksiyalarni tayyorlash texneologiyasida o‘zgarishlar qilindi va yutuqlarga erishildi.
Xozirgi kunda ishlab chiqarishda payvandlashning kup usullaridan foydalanilmoqda. Har – xil o‘lchamdagi trubalarni, avtomobillar g‘ildiraklari va kuzovlarini payvandlash uchun, temir beton konstruksiyalari karkazlarini payvandlash uchun yangi dastgoxlar yaratilmoqda. Ilgari qiyin payvandlanadigan metallar va qotishmalarni payvandlash ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Zamonaviy usulda payvand birikmalarini qalinligi 2500 mm, yupqaligi 5 mk bo‘lgan metallarni payvandlash ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Elektroshlak payvandlash usulida qalinligi chegaralanmagan metallarni bir marta o‘tish bilan payvandlash imkoni yaratildi, hamda avtomat va yarim avtomat flyus ostida va ximoya gazi vositasida payvandlash ishlari rivojlantirildi. Elektr yoy payvandlash usulida qoplamalar qilish, kontakt payvandlash ishlarida sezilarli yutuqlarga erishildi. YOy payvandlashning karbonat angidrid gazi ximoyasida, inert gazlar argon va geliy, har – xil gazlar aralashmasi himoyasida payvandlash, kukunli sim bilan payvandlash, sovuqlayin payvandlash, elektron nur bilan payvandlash ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mashina mexanizmlarni mustaxkamligi, chidamliligini oshirish uchun detallarni ishchi qismlariga yoy payvandlash usuli bilan emirilishga chidamli qotishmalar bilan qoplamalar qilinmoqda va emirilishga chidamliligi 3-5 marta oshirilmoqda.
Nazariy qism.
Temir va uning qotishmalari po‘lat va cho‘yandan boshqa hamma metallar va qotishmalar rangli metallar deyiladi. Hozirgi vaqtda texnikada shu bilan birga temir yo‘l transportida ham rangli metallar ko‘plab qo‘llaniladi. Temir yo‘lni elektrlashtirishda va temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanikani rivojlantirishada rangli metallarni hissasi yuqori. Rangli metallar konstruksion va elektrotexnika uchun xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Rangli metallardan yuqori mustaxkamlik, emirilishga chidamli, zanglamaydigan, issiqlikka chidamli va elektrotexnik po‘latlarni legirlovchi element sifatida foydalaniladi. Rangli metallar asosida yuqori va past haroratda va zararli muxitda ishlaydigan qotishmalar ishlab chiqariladi. Rangli metallarni erish harorati va zichligi po‘latga nisbatan olinadi. Rangli metallar engil metallar Al, Mg, Ti; og‘ir metallar – Cu, Ni, Co va boshqalar; og‘ir oson eriydigan – Pb, Sn, Zn; og‘ir qiyin eriydigan – W, Mo, B; alohida grux qimmatbaho metallar ajraladi – Au oltin, Ag kumush, Pt platina. Texnikada kup qo‘llaniladigan Cu, Al, Mg, Ti, Ni, Pb, Sn, Zn texnik rangli metallar deyiladi. Qolgan hamma metallar kamyob metallar deyiladi. Mis – pushti qizil rangli metall, erish harorati 10830S ga teng, zichligi 8.9 g/sm2 ga teng. Mis 400 – 6000S haroratda mo‘rt holatga keladi. Mis erigan holatda gazlarni kislorod va vodorodni eritish xususiyatiga ega bo‘lib, payvandlanishni qiyinlashtiradi. Kislorod bilan mis birikib mis I oksidi (Cu2O) hosil qiladi. Mis I oksidi mis bilan o‘rtadagi qotishma Cu+ Cu2O bo‘lib, metallni kristal donasi atrofiga joylashadi. SHunday qilib o‘rtadagi qotishmani erish harorati toza misni erish haroratidan 200S ga past bo‘lib, bu qotishma payvand chokini kristallanish jarayonida qizish darzlarini hosil qiladi. Erigan mis qotish jarayonida tarkibidagi mis I oksidi vodorod ishtirokida mayda yoriqlar hosil qiladi. Bu holat “misni vodorod kasalligi” deyiladi, bu vodorod bilan kislorodni mis I oksidi bilan birikishi natijasi sababi bilan va suv parini hosil bo‘lishi va u yuqori harorat ta’sirida kengayadi metall chokida yoriqlar hosil qiladi. SHu bilan birga misni payvandlashdagi qiyinchilik uni yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligi va erigan holatda oquvchanlik holati. Prokatlangan mis tarkibida mis I oksidi qancha kam bo‘lsa uni payvandlanishi mis I oksidi qancha kam bo‘lsa uni payvandlanishi shuncha yaxshi bo‘ladi. Mis tarkibidagi qo‘shimchalar mыshyak, qo‘rg‘oshin, surьma va vismut payvandlanishini qiyinlashtiradi. Tarkibida 0.4% dan kam qo‘shimchalar bo‘lgan elektr pechda eritib quyilgan mis yaxshi payvandlanadi. Tarkibida 1% gacha qo‘shimchalari bo‘lgan quyma mis yomon payvandlanadi. Metall chokidagi xrom,marganets, temir, nikelь va tantal payvandlash jarayonida misni mustaxkamligini oshiradi. Bronza. Misni qalay, alyuminiy, marganets, kremniy va boshqa elementlar bilan qotishmasi – bronza deyiladi. Tarkibidagi legirlovchi eleientlar turiga qarab bronzani nomi o‘zgaradi. Bronza ikki turga bo‘linadi – qalayli va qalaysiz. Qalayli bronzani erish harorati 900-9500S, qalaysiz bronzani erish xarorati 950-10800S ga teng. Qalayli bronzani tarkibida 3 dan 14% gacha qalay, R fosfor, Zn rux, Ni nikel va boshqa elementlar bo‘ladi. Qalay bronzani tarkibida uning erish xaroratini pasaytiradi va kristallanish jarayonini boshlang‘ich va oxiri orasidagi vaqtni uzaytiradi. Bronzani payvandlash quyma detallardagi nuqsonlarni va mexanik ishlov berilganda hosil bo‘lgan nuqsonlarni to‘g‘rilash uchun qo‘llaniladi. Bronza detallarini oldindan 350-4500S ga qizdirib va qizdirmasdan payvandlash mumkin. YUqori harorat ta’sirida bronzani mustaxkamligi pasayadi. SHuning uchun urilganda va silkinganda zarari tegmasligi uchun bronzani payvandlashda maxkam qistirib qo‘yiladi. Qalayli bronza 5500S yuqori haroratda qiziganda qalay tezda oksidlanib, qalay oksidi shariklar shaklida ajralib chiqadi. Metallni qalay joylashgan joyida bo‘shliq hosil bo‘ladi, keyin qoplangan metallda g‘ovaklar hosil bo‘ladi va metallni mustaxkamligi pasayadi. Latun. Misni rux bilan aralashmasi latun deyiladi. Latun tarkibida 20 dan 55 % gacha rux elementi bo‘ladi. Latunni payvandlanish, xususiyati, yuqori mustaxkamlik, egiluvchanlik, emirilishga chidamlilik xususiyati yaxshi bo‘lganligi sababli kimyo sanoatida va sanoatning boshqa sohalarida har-xil apparatlar, idishlar va qurilmalarni tayyorlashda qo‘laniladi. Latunni payvandlashdagi asosiy qiyinchilik uning tarkibidagi rux elementini yuqori harorat ta’sirida kuyib, metall vannasidagi erigan metallni gazlar bilan to‘yinishi, metall choki va chok yon tomonlarida yoriqlar hosil bo‘ladi. Bunday holatni oldini olish uchun maxsus usullar qo‘llaniladi. Alyuminiy. Zichligi 2.7 g/sm3 ga teng engil metall. Issiqlik o‘tkazuvchanligi kam uglerodli po‘latga nisbatan 3 marta yuqori, toza alyuminiyni erish harorati 6570S ga teng. Alyuminiy qizdirilganda oson oksidlanadi, qiyin eriydigan oksid qoplamasini hosil qiladi va oksid qoplamasini erish harorati 2050-20600S ga teng. Texnikada toza alyuminiy bilan uni qotishmalari marganets, magniy, mis va kremniy qo‘llaniladi. Alyuminiy qotishmalari toza alyuminiyga nisbatan yuqori mustaxkamlik xususiyatiga ega. Payvand konstruksiyalarida tarkibida 1 dan 1.6% gacha marganets bo‘lgan AMs alyuminiy – marganets qotishmasi, 6% gacha magniy bo‘lgan AMg alyuminiy – magniy qotishmalari qo‘llaniladi. Alyuminiy va AMs va AMg turidagi alyuminiy qotishmalari yaxshi payvandlanadi. Alyuminiyni D turidagi qotishmasi yaxshi payvandlanmaydi. Buning sababi bu qotishmadagi payvand chokida quyma metall tarkibi hosil bladi, uning mustaxkamligi prokatlangan metall mustaxkamligidan ikki marta past bo‘ladi. Bundan tashqari metall chokida hosil bo‘ladigan cho‘kishlar va plastik xususiyatini pastligi payvandlash jarayonida chokida yoriqlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. YAna payvandlash jarayonida asosiy metallda kristallanish jarayonida o‘zgarish hosil bo‘ladi, bu esa payvand birikmasini mexanik xususiyatini pasaytiradi. Magniy – rangli metallar ichida eng engil metall, uning zichligi 1.71 g/sm3, erish harorati 6510S ga teng. Quyma magniyni mustaxkamlik chegarasi 10 – 13kgs/mm2 ga teng, nisbiy cho‘zilishi 3 – 6% ga teng. Magniy kislorod bilan oson sksidlanadi. Toza magniy mashinasozlikda ishlatilmayd , magniyni alyuminiy, marganets va rux bilan qotishmasi samolyotsozlik sanoatida ishlatiladi, qizdirilganda havoda oson alangalanadi. Zichligi 2 g/sm3 mustaxkamligi 27 kgs/mm2 ga teng magniy qotishmasi qo‘llaniladi. Magniy payvandlashdagi qiyinchilik uning yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligi va qizdirilganda oksid qoplamasi bilan qoplanib qolishi. Magniyni yuqori oksidlanishi uni payvandlanish jarayonida alangalanib ketishi mumkin. Magniy qotishmalari argon himoyasida volьfram elektrod bilan, ko‘mir va yuqori sifatli metall elektrod bilan payvandlanadi. Titan solishtirma og‘irligi 4.5 g/sm3 ga teng emirilishga chidamliligi yuqori metall. Texnik titan va uni qotishmalari tarkibida 0.08-0.6% uglerod, 0.3 2.15% temir, 1 4 % marganets, 0.74-4 % xrom bo‘ladi. Masalan, titan VT1D tarkibida 0.06%uglerod, 0.12% alyuminiy, oz miqdorda temir va kremniy, 0.013% vodorod, 0.135 kislorod elementlari bo‘ladi. Titanni payvandlashdagi asosiy qiyinchilik uni yuqori haroratda kislorod, vodorod, azot bilan kimyoviy birikma hosil qilishida. Titanni yuqori navli toza argon va geliy gazlari himoyasi payvandlash yaxshi natija beradi. Argon va geliy tarkibida kislorod va azot 0.05%, azot 0.2% dan oshmasligi kerak.
Texnologik qism.
Alyuminiyning mustahkamligi past ((1V=10-107 Pa), shu sababli u, asosan ximiyaviy apparatsozlikda, deraza va eshik o‘rinlari hamda qurilishda manzarali buyumlar uchun ishlatiladi. Kam uglerodli po‘latga nisbatan alyuminiyning zichligi kichik (2,7 g/sm3), korroziyaga chidamli va plastikligi yuqori bo‘ladi. Alyuminiyning marganets, magniy, kremniy, rux va mis bilan qotishmasi yukori mustahkamlikka ega bo‘ladi. Alyuminiy - deformatsiyalanadigan (yoyilgan, presslangan, bolg‘alangan), quyma alyuminiylari va qotishmalari bo‘ladi. Deformatsiyalanadigan qotishmalar termik mustahkamlanmaydigan (ularga alyuminiyning marganetsli va magniyli qotishmalari kiradi) va termik mustahkamlanadigan (ularga alyuminiyning misli, ruxli, kremniyli qotishmalari kiradi) qotishmalarga bo‘linadi. Termik mustahkamlanadigan alyuminiy qotishmalari eng yuqori mus-tahkamlikka ega bo‘ladi. Masalan, D16 markali dyuralyuminiyning (3,8—4,9 % mis, 1,2—1,8% magniy, 0,3—0,9% marganets, qolgani alyuminiy) mexanik xossayaari quyidagicha: termik ishlangunga qadar av=22-107 Pa va 6=2%; termik ishlangandan keyin av=42-10' Pa va 6 = 18%. Termik mustahkamlangan alyuminiy qotishmalarining mustahkamligi payvandlanayotganda pasayadi. Termik mustahkamlanmaydigan qotishmalardai A1—M^—T1 sistemasidagi qotishmalar eng yuqori mustahkamlikka ega, masalan, AMgb qotishmasi. Uning mexanik xossalari quyidagicha: a„=(32ch-38)' 107 Pa, sgg =(16-ь18)-107 Pa, 6 = 15^-20% va a„=(3^-4)-10b j/m2. AMgb markali alyuminiy-magniyli qotishmadan tayyorlangan konstruksiyalar asosan payvandlab tayyorlanadi. Alyuminiy va uning qotishmalarining payvandlanuvchanligi. Alyuminiy va uning qotishmalarining issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqlik sig‘imi va erish harorati yuqori bo‘ladi. Alyuminiyning issiqlik o‘tkazuvchanligi kam uglerodli po‘latning issiqlik o‘tkazuvchanligidan uch marotaba katta; 20 dan 600°S gacha qizdirilganda issiqlik o‘tkazuvchanlikdagi tafovut bundan ham ortadi. Binobarin, alyuminiy va uning qotishmalari nisbatan quvvatli va konsentratsiyalangan qizdirish manbai yordamida payvandlanishi kerak. Alyuminiyning chiziqli kengayish koeffitsienti temirning chiziqli kengayish koeffitsientidan ikki marta katta. Bunda alyuminiy buyumlar payvandlayotgan paytda ortiqcha deformatsiyalanadi va tob tashlaydi.
Alyuminiy solishtirma zichligi (2,7 g/sm3) va erish temperaturasining (660°S) alyuminiy oksidi A12O3 yuqori solishtirma zichligi (3,85 g/sm3) va suyuqlanish temperaturasiga (2050°S) nisbatan kichikligi payvandlash jarayonini qiyinlashtiradi. Qiyin eriydigan va qiyin eriydigan oksid metallda qolishi hamda payvand birikmaning ish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Alyuminiy va uning qotishmalarini payvandlashda alyuminiy oksidi A12Oz ga qarshi kurashishning turli usullarini qo‘llash zarur. Barcha hollarda ham buyum metalining yuzasi payvandlash oldidan bevosita tozalanishi, payvandlash jarayoni esa erigan metall havodagi gazlar ta’siridan himoyalangan holda o‘tishi kerak.
Alyuminiy oksidi bilan kurashishning ikki usulidan foydalaniladi: oksidlar eritkichi (elektrod qoplamalari, flyuslar) bilan payvandlash, eritkichlarsiz, lekin katod vositasida changlatish deb ataladigan usul bilan payvandlash.
Ishqoriy er metallarining galogenli tuzlari (xlorli, ftorli litiy va boshqalar) alyuminiy oksidi A12O3 va boshqa oksidlarni erituvchi hisoblanadi. Bu tuzlar oksidlarni eritadi va ular bilan birgalikda payvandlash vannasidan shlak holida ajraladi. Eritma aloxida olinganda har bir komponentga nisbatan erish harorati past, kichik solishtirma zichlik va kichik qovushoqlikka ega bo‘lganligi uchun u chok metalidan shlak holida ajralib chiqadi.
Katod vositasida changlatishning mohiyati shundan iboratki, o‘zgarmas tokda argon muxitida yoy yordamida va faqat teskari qutbli tok bilan payvandlanganda oksid pardasi A12O3 parchalanadi, keyin oksid zarrachalari to‘ziydi. Payvandlash vannasini qoplab turadigan yupqa oksid pardasi yoy yonayotganda hosil bo‘ladigan argonning og‘ir musbat ionlarining zarbidan (argonning atom og‘irligi geliyning atom og‘irligidan taxminan 10 marta og‘ir, shuning uchun payvandlashda geliyda katod vositasida changlanish sodir bo‘lmaydi) parchalanadi.
Alyuminiy qotishmalarining g‘ovaklar hosil qilishga moyilligi yuqori. Alyuminiy va uning qotishmalarini payvandlashda vodorod metalli g‘ovaklar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Asosiy metall va ayniqsa payvandlash simi yuzasidagi adsorbsiyalangan nam, shuningdek, payvandlash vannasiga so‘riladigan havo vodorod manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bu holda payvandlash vannasida alyuminiy namlik bilan quyidagi reaksiyaga kirishadi:
2A1 + ZN2O-A12Oz + 6N.
Uncha qalin bo‘lmagan alyuminiy va uning qotishmalarini payvandlashda ham g‘ovaksiz choklar hosid qilish uchun ba’zan ularni qizdirish talab etiladi. Qizdirilganda payvandlash vannasini sovitish tezligi pasayadi va sekin sovitilganda vodorod metalldan ancha to‘liq chiqib ketishiga imkon tug‘iladi. Masalan, 8 mm qalinlikdagi alyuminiy listga metallni eritib qoplashda metall 150°S gacha qizdirilganda g‘ovaksiz chok hosil qilish mumkin. Metall qalinligi 16 mm gacha etganda hatto 300°S temperaturagacha qizdirilganda ham choklarning g‘ovaksiz bo‘lishi ta’minlanmaydi.
Lekin ba’zi qotishmalarni payvandlashda listlarni ehtiyot bo‘lib kizdirish kerak. Masalan, alyuminiy-magniyli qotishmalarning qalin listlarini payvandlashda ularni ko‘pi bilan 100—150°S temperaturagacha qizdirishga ruxsat etiladi. YUqori temperaturagacha qizdirilganda qattiq eritmadan magniy ajralib chiqishi va bunda Mo + N2O—MoO+2N
metallga ishlov berishdan boshqasiga ishlov berishga o‘tishda sarflanadigan vaqtni kamaytirish uchun payvandlanadigan detallar va uskunalarni to‘g‘ri joylashtirish; payvandlash jarayonida detallarni tez buruvchi moslamalardan foydalanish; payvandchi uchun qulay joy (maxsus stol, aylanadigan stul va boshqalar) tashkil qilish; alohida operatsiyalarni o‘tishlarga bo‘lish va ularni ma’lum ketma-ketlikda bajarish xamda yoy yonishida bo‘ladigan tanaffuslarni kamaytiruvchi boshqa chora-tadbirlar kiradi. Bu chora tadbirlarning bajarilishi payvandchilarga ish kuni davomida yoy yonishi vaqtini 10—15% ga ko‘paytirishga imkon beradi, buni esa katta yutuq deb hisoblash lozim, chunki faqat elektrodlarni almashtirish uchun ketgan vaqt ish kuni vaqtining 7— 10% ini tashkil qiladi.
Texnik chora tadbirlar mehnat unumdorligini oshirishda ancha keng imkoniyatlar beradi.
Alyuminiy va uning kotishmalarini yoy argon yoy bilan payvandlash.
Mustahkamligi juda pastligi va plastikligi yuqoriligi sababli texnik sof alyuminiy nisbatan kam ishlatiladi. Qo‘pincha alyuminiyning qotishmalari— dyuralyuminiy va siluminlardan foydalaniladi.
Alyuminiy va uning qotishmalarini payvandlashdagi asosiy qiyinchilik quyidagilardir: erigan metall sirtida doimo qiyin erigan alyuminiy oksidi AOz hosil bo‘lib, u metall zarralarining erib o‘zaro qo‘shilishiga to‘sqinlik qiladi; alyuminiy oksidining zrish temperaturasi yuqoriligi (2050°S) va alyuminiyning erish temperaturasining pastligi (658°S) payvandlash protsessini boshqarishni juda qiyinlashtirib qo‘yadi.
Alyuminiy va uning qotishmalarining issiqlik o‘tkazuvchanligining yuqoriligi maxsus texnologik priyomlardan foydalanishni talab qiladi, og‘ir detallarni payvandlashda esa oldindan qizdirib olishga to‘g‘ri keladi.
Alyuminiy va uning qotishmalari yoy, argon yoy va gaz alangasida payvandlash yo‘li bilan biriktiriladi. Payvandlash usulidan qat’iy nazar, payvandlashdan oldin alyuminiy buyumlar payvandlash uchun maxsus tayyorlanishi kerak, bunday tayyorlash metallni yog‘sizlantirish va uning sirtidan alyuminiy oksidi pardasini ketkazishdan iboratdir. Qo‘shimcha payvandlash simi va elektrod sterjenlari ham ularga qoplama surkashdan oldin shu tarzda tayyorlanishi zarur.
Metall sirti erituvchilar (aviatsiya benzini, texnik atseton) bilan yog‘sizlantiriladi, so‘ngra mexanik yo‘l bilan tozalab yoki ximiyaviy xurushlab oksid pardasi ketkaziladi. Pardani ketkazishning ximiyaviy usuli quyidagi operatsiyalardan iborat: 0,5—1 minut davomida xurushlash (tarkib: 45—55 g o‘yuvchi natriy va 40—50 g natriy ftoridning 1 l suvdagi eritmasi), suv oqizib yuvish, nitrat kislotaning 25—30% li zritmasida 1—2 minut davomida neytrallash, suv oqizib yuvish, so‘ngra issiq suvda yuvish, nam butunlay chikib ketganiga hadar quritish. YOg‘sizlantirish va xurushlashni payvandlashdan 2—4 soat oldin o‘tkazish tavsiya etiladi. Teskari qutbli o‘zgarmas tokda ko‘mir elektrod bilan qo‘lda payvandlashdan faqat muhim bo‘lmagan buyumlarni payvandlashda foydalaniladi. Qalinligi 2 mm gacha bo‘lgan metall qo‘shimcha materialsiz va qirralarga ishlov bermasdan, kalinligi 2 mm dan ortiq metall esa payvandlanadigan listlar qalinligining 0,5— 0,7 qismi qadar zazor qoldirib yoki qirralarga ishlov berib payvandlanadi. Oksid pardasi flyus AF-4A yordamida ketkaziladi.
Qoplamali elektrodlar bilan qo‘lda payvandlashdan asosan texnik alyuminiy, AMs va AMg tipidagi qotishmalar va silumindan tayyorlangan kam yuklangan konstruksiyalar tayyorlashda foydalaniladi. Oldindan qizdirib (o‘rtacha qalinliklar uchun 250—300°S, katta qalinliklar uchun 400°S gacha), teskari qutbli o‘zgarmas tokdan foydalanib payvandlashda payvandlash toki bir me’yorda bo‘lganida talab etilgan to‘la erishni ta’minlaydi. Alyuminiy elektrod po‘lat elektrodga qaraganda 2—3 marta tezroq erishi sababli alyuminiyni payvandlash tezligi mos ravishda tez bo‘lishi kerak. Payvandlashni bitta elektrod tugaganiga qadar uzluksiz bajarish tavsiya etiladi, chunki kraterdagi va elektrod uchidagi shlak pardasi yoyni qayta yondirishga to‘sqinlik qiladi. Sachrashga metall kamroq sarf bo‘ladigan qilib protsess barqaror o‘tishi uchun payvandlash tokini elektrod diametrining har 1 mm ga ko‘pi bilan 60 A hisobidan olish tavsiya etiladi. Payvandlashdan oldin elektrodlar 2 soat davomida 150—200°S temperaturada quritiladi. EA-1 tipidagi qoplamali elektrodlar asosida mamlakatimizda yaratilgan elektrodlar (OZA-1, OZA-2) mexanik va boshqa ekspluatatsion xossalari qoniqarli bo‘lgan payvand birikmalar olishga imkon beradi. Argon-yoy yordamida qo‘lda payvandlash zrimaydigan elektrod yordamida o‘zgaruvchan tokda nami quritilgan oliy yoki 1-sort argonda bajariladi Qalinligi 5—6 mm bo‘lgan metall uchun diametri 1,5— 2 mm li elektrodlar ishlatiladi. Payvandlash texnikasiga maxsus talablar qo‘yiladi. Qo‘shimcha sim bilan elektrod orasidagi burchak~90° ni tashkil ztishi zarur. Qo‘shimcha simni qayta-qayta harakatlar bilan qisqa-kisqa uzatib turish kerak. Volьfram elektrodni ko‘ndalangiga tebratib turishga yo‘l qo‘yilmaydi. Har qaysi payvandlash rejimi uchun samarali himoyalashni ta’minlashga gazni optimal sarflash yo‘li bilan erishiladi (1-jadval). Oksidlanish xavfini kamaytirish uchun payvandlash vannasining o‘lchamlari minimal bo‘lishi kerak. Qalinligi 10 mm gacha bo‘lgan metallni payvandlash odatda o‘ngdan chapga qaratib, «chap» usul deb yuritiladigan usulda olib boriladi, bunda payvandlanayotgan metallning o‘ta qizib ketishini kamaytirishga erishiladi. Alyumini eriydigan elektrodlar bilan qulda argon yoy muxitida payvandlash rejimlari 1--jadval
Birikmani turi
|
Metall qalinligi
|
Elektrod diametri, mm
|
Payvandlash toki, A
|
Sarflanadigan argon, l/min
|
volьfram
|
qo‘shimcha sim
|
Qirralari qayrilgan
|
1
|
1
|
-
|
45-50
|
4-5
|
1.5
|
1.5-2
|
-
|
70-75
|
5-6
|
2
|
1.5-2
|
-
|
80-85
|
7-8
|
Uchma-uch qirralariga ishlov berilmagan bir tomonlama
|
2
|
1.5-2
|
1-2
|
55-75
|
5-6
|
3
|
3-4
|
2-3
|
100-120
|
7-8
|
4
|
3-4
|
2-3
|
120-150
|
8-10
|
Uchma-uch qirralariga ishlov berilgan ikki tomonlama
|
4
|
3-4
|
3-4
|
120-180
|
7-8
|
5
|
4-5
|
3-4
|
200-250
|
8-10
|
6
|
4-5
|
3-4
|
240-270
|
8-10
|
Uchma-uch qirralariga ishlov berilgan
|
6
|
4-5
|
3-4
|
220-280
|
7-8
|
8
|
4-5
|
4-5
|
270-300
|
9-12
|
10
|
5-6
|
4-5
|
270-300
|
9-12
|
Tavr, burchak, ustma-ust
|
2-4
|
2-4
|
1.5-4
|
100-200
|
5-7
|
4-8
|
4-5
|
3-4
|
200-300
|
7-8
|
10
|
5-6
|
4-5
|
200-320
|
9-10
|
Jixozlash qismi.
Rangli metallarni payvandlash jarayonida ta’minlash manbalari sifatida o‘zgarmas manbalaridan va o‘zgaruvchan tok manbalari bilan birga ossilyatordan foydalaniladi. Payvandlash transformatori qo‘lda yoy payvandlash va kesish jarayonida qo‘llaniladigan qurilma bo‘lib, transformator: asos va unga maxkamlangan to‘rtta g‘ildirak, qalinligi 0.5 mm bo‘lgan yupqa elektro- texnik po‘latdan tayyorlangan, maxsus tok o‘tkazmaydigan lak bilan qoplanib, ularni birlashtirib shpilka bilan maxkamlangan, induktiv o‘zgaravchan magnit oqimi hosil qiladigan magnit o‘tkazgich, umumiy elektr tarmo-g‘iga ulanib yuqori tok kuchlanishini qabul qiladigan birlamchi cho‘lg‘am, induktiv magnit oqimi ta’sirida payvandlash toki hosil qiladigan ikkilamchi cho‘lg‘amdan iborat bo‘ladi.
Payvandlash transformatorlari TD – 500 i umumiy ko‘rinishi
TD – 500
1. Payvandlash tokini bosqichlarga ulagich dastagi
2. Payvandlash tokini oxista rostlash dastagi.
3. Transformatorni ximoya qoplamasi
4. Transformatorni dastagi
5. Toklarni maxkamlash taxtasi
6. Po‘lat o‘zak – magnito‘tkazgich
7. Ikkilamchi cho‘lg‘am
8. Birlamchi cho‘lg‘am
9. Tokni sanoat tarmog‘iga maxkamlash taxtasi (200 V, 300 V)
TD (TDM) rusumidagi payvandlash transformatorini elektr sxemasi qo‘zg‘aluvchi ikkinchi cho‘lg‘am bilan va yuqori kuchlanish ish o‘rniga ulanish joyi
1. Rubilьnik (S). 2. Saqlagich (FU) 3.YUqori kuchlanish elektr o‘tkazgichi. 4. Kondensator (S). 5.Transformatora qoplamasi. 6.Erga ulanish joyi. 7. Po‘latdan tayyorlangan o‘zak – magnito‘tkazgich 8. Birlamchi cho‘lg‘am. 9. O‘zgaruvchan magnit oqimi (F1va F2 va oqimni kesilishi FR). 10. Qo‘zg‘aluvchi ikkilamchi cho‘lg‘am 11. Ikkilamchi cho‘lg‘amni oxista surilishi bilan tok kuchini moslanishi 12. Ulanish taxtasi (QS) 13. Payvandlash tokini bosqichlarga ulagich (transformator cho‘lg‘amlari (katta tok uchun) uchburchak (kichik tok) uchun yulduzcha shaklida ulanishi mumkin. 14. Volьtmetr (PV) 15. Ampermetr (PA) 16. Transformator tokini ulchagich (TA) 17. Past kuchlanish simlari – payvandlash zanjiri 18. To‘g‘ri payvandlash simi 19. Payvandlanadigan buyumni erga ulanishi (payvandlash stoliga) 20. Payvandlanadigan buyum 21. Payvandlash simini qaytishi
Payvandlash to‘g‘rilagichi payvandlash transformatori va maxsus o‘zgaruvchan payvandlash tokini o‘zgarmas payvandlash tokiga aylantirib beruvchi solenoiddan iborat bo‘ladi. Solenoid nikel yoki vismut bilan yupqa qilib qoplangan po‘lat yoki alyuminiy plastinadan iborat bo‘ladi. Bu qatlam ustidan bir tomoniga kristall selena, undan keyin vismut va qalay bilan kadmiy qotishmasibilan qoplanadi. Hosil bo‘lgan bunday element ventil xususiyatini beradi va elektr tokini faqat bir tomonlama o‘tkazadi. Bunda nikel yoki vismut anod vazifasini, vismut va qalay bilan kadmiy qotishmasi katod vazifasini bajaradi. VD – 306 rusumidagi payvandlash to‘g‘rilagichini umumiy ko‘rinishi
1. To‘g‘rilagich blokini sovitish ventilyatori
2. To‘g‘rilagich bloki
3. Ikkilamchi g‘altak
4. Birlamchi g‘altak
5. Payvandlash tokini oxista o‘zgartirgich dastagi
6. Po‘lat o‘zak –magnito‘tkazgich
7.Payvandlash tokini pog‘onali ulagich (yulduz-uchburchak)
8. Kolodka shtepselьnogo raz’ema
9. Payvandlash tokini ulanish joyi
10. To‘g‘rilagich qoplamasini erga ulash uchun qisqich
11. To‘g‘ri payvandlash simi
12. Payvandlanadigan buyum
13. Payvandlash simini qaytishi
VD rusumli payvandlash to‘g‘rilagichining elektr sxemasi
1. Umumiy tarmoqqa ulagich (SA1)
2. Quyma saqlagich (FU)
3. YArim o‘tkazgichli to‘g‘rilagich blokini sovitish uchun 3- fazali asinxron elektrodvigatel
4. Kontaktor, magnitnыy puskatelь (KM)
5. Pasaytiruvchi uch fazali quvvat transformatori
6. Payvandlash tokini bosqichlarga ulagich (SA2)
- katta tok
- kichik tok
7. Tok kuchini oxista rostlash uchun birlamchi cho‘lg‘amni xarakatlantirish
8. YArim o‘tkazgichli to‘g‘rilagich bloki ( ventillar to‘plami, diodlar) (UD)
9. Volьtmetr (PV)
10. Ampermetr (PA)
11. SHunt o‘lchagich (RS)
12. Payvandlash zanjirini tok bo‘lmalari
13. Ballast reostati (RR)
14. Payvandlanadigan buyum
15. Payvandlanadigan buyumni erga ulanishi (stolini)
Ossilyator – past kuchlanishdagi umumiy tarmoq chastotasi tokini yuqori kuchlanishli (2000 – 6000 V), yuqori chastotali (150 – 500 ming Gs) tokka aylantirib beruvchi qurilma. Bunday tok payvandlash yoyini yonishini osonlashtiradi va uni barqaror yonishini ta’minlaydi. Ossilyator asosan yupqa metallarni erimaydigan volьfram elektrodlar bilan o‘zgaruvchan tokda argon gazi himoyasida payvandlashda va qoplamalarini ionlashishi xossalsri past bo‘lgan elektrodlar bilan payvandlashda ishlatiladi. Ossilyatorni prinsipial sxemasi quyidagicha: ossilyayator tebranish konturi(S1 , S2 , S3 , S4 kondensatorlari) va ikkita Dr1va Dr2 induktiv drossel g‘altaklari, KT kuchlantiruvchi transformator, yuqori chastotali transformator YChT va R zaryadsizlagichdan iborat.
Qo‘lda yoy payvandlash jarayonida elektrodni tutgichni vazifasi elektrodni tutib turish bilan bir vaqtda payvandchini elektr toki ta’siridan himoya qilish. SHuning uchun elektrod tutgich har tomonlama masus elektrdan himoya vositasi bilan qoplangan bo‘lib, ishlatish uchun qulay, engil bo‘lishi va ishlash jarayonida payvandchini qo‘lini toliqtirmaydigan, elektrodni tez almashtirish uchun mos bo‘lishi kerak. Elektrod tutgichni qo‘l bilan ushlab turiladigan qismi elektr tokini o‘tkazmaydigan rezina yoki plastik materialdan tayyorlangan bo‘ladi. Elektrod tutgichlar qabul qiladigan tok kuchiga asosan ikki hil bo‘ladi: meyordagi 350 a tok uchun va kuchaytirilgan 500 a tok uchun moslangan. 500 a tok uchun moslangan elektrod tutgich payvandchining qo‘lini yoyning issiqlik haroratidan saqlash uchun maxsus to‘sqich bilan ta’minlangan bo‘ladi.
To‘sqich yoki niqob payvandchini yuzini ulьtrobinafsha nuridan va erigan metallni sachrashidan himoyalaydi. To‘sqich yoki niqob qora rangli kuymaydigan maxsus kartondan tayyorlanadi. To‘sqich yoki niqobga payvandchini ko‘zini yoy nuridan himoyalovchi oyna o‘rnatilgan. Himoya oynasi payvandlash tokining kuchiga qarab tanlanadi:
Payvandlash tok kuchi, a 35 – 75 gacha E – 1;
75 – 200 gacha E – 2;
200 – 400 gacha E – 3;
400 dan yuqori E – 4;
Payvandlash kabellari payvandlash transformatori yoki boshqa ta’minlash manbasidan elektrod tutgichga tokni etkazib beradi. Payvandlash kabeli diametri 0.18 – 0.2 bo‘lgan ko‘p tolali ustki qismi rezina bilan qoplangan bo‘ladi.
Payvandlash tokini kattaligiga qarab payvandlash kabelini kundalang kesimi tanlanadi:
Tok, a 200 300 400 600 Payvandlash simini kundalang kesimi, mm2
bittalik 25 50 75 95
ikkitalik 2 10 2 16 2 2 CHoklarni zanglardan, shlaklardan tozalash sim cho‘tka va maxsus zubilo bolg‘a bilan qo‘lda va elektr uskunasida bajariladi.
Payvandchini asboblari har-xil shablonlar va payvand chokini shakli va o‘lchamlarini nazorat qilish uchun umumiy qo‘llaniladigan asboblar
Iqtisodiy qism.
Alyuminiy va uning qotishmalari metall konstruksiyalar ishlab chiqarishda fizik va kimyoviy xususiyatlari bilan, ya’ni solishtirma og‘irliklari engilligi, elektr o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, emirilishga chidamliligi bilan kimyo sanoatida, zararli muxitlarda ishlatiladigan metall konstruksiyalarda, aviatsiya sohalarida xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Alyuminiy kimyoviy faol element bo‘lganligi sababli metall yuzasida qiyin eriydigan oksid qoplamasi hosil bo‘ladi Bu oksid qoplamasini yo‘qotish uchun argon gazi himoyasida erimaydigan va eriydigan elektrodlar bilan qo‘lda, yarim avtomat va avtomat payvandlash usullaridan foydalanib payvandlanadi. Payvandlash har-xil holatda bajariladi. Payvandlash holatiga qarab ishni iqtisodiy samaradorligi belgilanadi. Agar ishni hajmi kichik bo‘lsa umumiy holatdagi, ya’ni yoy payvandlash transformatorlari, payvandlash to‘g‘rilagichlaridan foydalanib payvandlanadi. Agar ishni hajmi katta bo‘lsa himoya gazlari vositasida yarim avtomat va avtomat payvandlash usullaridan foydalanib bajariladi. Himoya gazlari vositasi payvandlash metallni turiga qarab argon va geliy gazlarini qo‘llab bajariladi.
Mehnat muhofazasi.
Ishlab chiqarish korhonalarida mehnatni muhofaza qilish eng muammoli masala bo‘lib, bunda xuquqiy, sanitariya – gigiena qoidalari, havfsizlik, sog‘lom mehnat sharoitini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Mehnatni iuxofaza qilish qoidalari huquq – tartib chora – tadbirlari Konstitutsiya, mehnat qonunlari va Vazirlar maxkamasi qarorlari asosida tuziladi. Korhonalarda mehnatni muxofazasini nazorat qilish korxona direktori va bosh muxandis zimmasiga yuklatiladi. Ishlab chiqarishda mehnat muhofaxasini tashkil qilish va boshqarishni bevosita bosh muhandis boshqaradi, katta korhonalarda texnika havfsizligi bo‘yicha direktor o‘rinbosari boshqaradi. Korhonalarning tarkibidagi bo‘limlarida texnika havfsizlik xizmati faoliyat yuritadi yoki texnika havfsizlik muhandisi bo‘ladi. Bularning hammasini faoliyatiga korxona rahbari javobgar bo‘ladi. Korxonada ishlab chiqarish ishlarini tartibini texnika havfsizlik qoidalari asosida tuziladi. Hamma ish o‘rinlari mehnatni ilmiy va zamonaviy tashkil etish talablari asosida tao‘kil etilishi kerak. Korxonada ishlab chiqarish ishlarini tartibini texnika havfsizlik qoidalari asosida tuziladi. Hamma ish o‘rinlari mehnatni ilmiy va zamonaviy tashkil etish talablari asosida tao‘kil etilishi kerak. Planlashtirilgan ish o‘rinlarida ishlarni to‘g‘ri tashkil etish kerak, qo‘llaniladigan texnologik jarayonda asosan ishchi o‘rinlariga belgilangan ishlab chiqarish qurilmalarini o‘rnatish talab etiladi. Majmuadagi ishlab chiqarish dastgoxlari, ish o‘rinlari ishlash uchun qulay va havfsiz bo‘lishi kerak. Dastgohlarni boshqarish moslamalari ish joyida joylashgan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonida yuz beradigan noxush hodisalarni asosiy sabablari texnika havfsizlik qoidalarini yaxshi bilmaslik oqibatida bo‘ladi. Ishga qabul qiliyotgan ishchi va xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, mehnatni muhofaza qilish qodalari bilan, yong‘in havfsizlik qoidalari bilan tanishtiriladi. Texnika qoidalari bilan tanishtirish va sinash uch turga bo‘lib olib boriladi: 1. Kirish – suxbati davomida bosh muhandis texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtiradi. Bunda ishga qabul qilingan ishchi yoki xodim korxonaning ish faoliyati, mehnat qonunlari, korxonassexlari, korxonada xarakatlanish qoidalari, havfsizlik qoidalari va texnik himoya vositalari tanishtiradi. Kirish suxbatida snitariya – gigiena qoidalari, ishlab chiqarish jarayonidagi zarali holatlar, elektr havfsizlik qoidalari bilan tanishtiriladi. Kirish suhbati plakatlar, foto rasmlar, himoya vositalari, maxsus kiyimlarni namoyish etib olib boriladi. 2. Birinchi instruktaj – ishga qabul qilingan ishchi yoki xodim bilan ish joyida yokissexdassex boshlig‘i yoki bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘tkaziladi. Instruktajda ishlab chiqarish masteri ishchini texnologik dastgohlar, asboblar va moslamalar bilan tanishtiradi va ishlashni oson usullarni, moslamalardan qanday foydalanishni o‘rgatadi. Ishchi yoki xodim ishlashni o‘rganib olganiga ishonch hosil qilgandan keyin tshlashga ruxsat beriladi. 3. Ikkinchi instruktaj – ishchining ish staji, malakasi kasbga asosan har 3 oyda ish joyida o‘tkaziladi. Davriy qayta instruktaj ishchi ishlab faoliyat yuritadiganssex yoki bo‘lim boshlig‘i tomonidan o‘tkaziladi. Qayta instruktaj o‘tkazish bilan bir vaqtdassex boshlig‘i,ssex ustasi ishchining havfsiz ish bajarishini,ssexning texnika havfsizlik qoidalariga amal qilishini, ish vaqtida noxush hodisalar bo‘lishi mumkin bo‘ladigan jarayonlarni oldini olish to‘g‘risidagi bilimlarini bilib oladi. Elektr xavfsizlik qoidalari.
Korxonalarda elektr tokidan keng foydalanish, elektr tokining havfsizlik qoidalariga amal qilishni talab etadi. Inson tanasi elektr tokini o‘tkazish hususiyatiga ega, shuning uchun ishchi bilmasdan elektr qurilmasiga, uning elektr o‘tkazish qismiga tegib ketsa zaralanishi mumkin. Tok kuchining 0.1A ga teng bo‘lgan quvvati elektr tokining qaysi turdagi bo‘lishidan qat’iy nazar inson salomatligiga havfli hisoblanadi. Elektr toki odatda ikki xil ta’sir qiladi: 1.Elektr tokidan zararlanish. 2.Elektr tokining urishi. Elektr tokining ta’sirini kelib chiqishi ko‘p faktorlarga bog‘liq bo‘ladi: tokning turiga (o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas), tok kuchiga, inson tanasidan o‘tgan vaqtga, odamnmng pisixologik va fiziologik holtiga bog‘liq bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok chastotasi 50 – 500 Gs bo‘lsa inson hayoti uchun havfli hisoblanadi. Inson tanasidan o‘tayotgan tok elektr qurilmasining elementlarining qarshiligiga va inson tanasining qarshiligiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr qurilmalari ishchi kuchlanishiga asosan ikki kategoriyaga bo‘linadi: 1000 V va undan yuqori, 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarining himoyalanmagan tok o‘tkazish qurilmalariga tegib ketish o‘lim havfiga olib keladi. Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda havfsizlik darajasi ish joyining sharoitiga bog‘liq bo‘lib, namlik, tok o‘tkazuvchi chang, zararli bug‘ va yuqori harorat odamga elektr toki bilan zararlanish havfini kuchaytiradi. Bunda oyoq tagidagi polning axamiyati katta: - pol taxtadan bo‘lib mixlanmagan bo‘lsa, parket pol bo‘lsa, asfalt bo‘lsa elektr tokiga qarshiligi bo‘ladi; - g‘isht pol, beton yoki er bo‘lsa tok o‘tkazuvchi bo‘ladi. Elektr toki ta’sirini kamaytirish yoki yo‘q qilish yo‘li atrof muxit ta’sirida holatini o‘zgartirmaydigan elektr qurilmalari, elektr toki ta’sirini kuchaytirmaydigan elektr qurilmalarini, sifatli himoyalangan dastgohlardan foydalanish. Elektr tokidan zararlanish oqibatlari shuni ko‘rsatadiki ko‘p holatlarda himoyalanmagan elektr qurilmalariga yaqinlashish yoki tegib ketish natijasida sodir bo‘ladi. SHuning uchun elektr qurilmalarini inson qo‘li bilan etmaydigan joylarga o‘rnatiladi, panjara bilan o‘rab qo‘yiladi, elektr toki inson hayoti uchun havfli yozuvi bilan chegaralaniladi. Past kuchlanishli elektr toki bo‘lgan qurilmalar yaxshi himoyalangan bo‘ladi. Odamlarni elektr tokidan himoya qilishda masofadan boshqarish, atrofni o‘rab qo‘yish, ogoxlantiriuvchi signal qo‘yish kabi chora – tadbirlar elektr tokidan zararlanishni oldini oladi. Elektr tokidan himoya qilishni eng unumdor yo‘li usuli bu qurilmalarni erga ulanishini tashkil qilish, bunda qurilmaning elktr toki bilan bog‘liq bo‘lmagan metall qismidan erga sim ulab qo‘yish bo‘ladi. Bu usulni ishlashi shunday bo‘ladi: agar erga ulanmagan dastgohdan elektr toki o‘tsa, ishchi tok o‘tkazish qismida ishlayotgan bo‘lsa, dastgohga tegib ketishi bilan elektr tokidan zararlanadi. Agar dastgoh erga ulangan bo‘lsa, dastgohda ishlayotgan ishchi tanasidan elektr toki o‘tadi, lekin elektr toki ishchining hayotiga zararsiz holatda pasaygan bo‘ladi, ishchi buni sezmaydi. Erga ulanib himoya qilinishi kerak bo‘ladigan dastgohlar: - ishchi tok kuchlanishi 500 V va undan ortiq bo‘lgan o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok bilan ishlaydigan elektr qurilmalarini tok o‘tkazmaydigan metall qismlarini; - ishchi kuchlanishi o‘zgaruvchan tokda 36 V, o‘zgarmas tokda 110 V dan yuqori bo‘lgan, bino ichkarisida foydalaniladigan, havfli binolarning bino tashqarisidagi elektr qurilmalarini; - elektr mashinalar korpusi, transformatorlar va apparatlar, elektr tokini tarqatish jamlamalari, shkaflar karkazi, metall dastgoxlar, yordamchi uskunalar ustuni, elektr qurilma panjaradari, kranlar xarakatlanadigan relslar erga ulanib ishchilarni elektr tokidan himoya qilinishi kerak.
Xulosa.
Alyuminiy va uning qotishmalari metall konstruksiyalar ishlab chiqarishda fizik va kimyoviy xususiyatlari bilan, ya’ni solishtirma og‘irliklari engilligi, elektr o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, emirilishga chidamliligi bilan kimyo sanoatida, zararli muxitlarda ishlatiladigan metall konstruksiyalarda, aviatsiya sohalarida xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Alyuminiy kimyoviy faol element bo‘lganligi sababli metall yuzasida qiyin eriydigan oksid qoplamasi hosil bo‘ladi Bu oksid qoplamasini yo‘qotish uchun argon gazi himoyasida erimaydigan va eriydigan elektrodlar bilan qo‘lda, yarim avtomat va avtomat payvandlash usullaridan foydalanib payvandlanadi. Payvandlash uchun maxsus ta’minlash manbalaridan foydallaniladi. Maxsus ta’minlash manbalari payvandlash zanjirida yuqori chastotali tok hosil qiladi va yoyni yonishini tezlashtiradi, ya’ni elektrod metallga yaqinlashishi bilan yoy uyg‘onadi va payvand chokida nuqsonlar hosil bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |