Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navbahor tumani kasb-hunar maktabi "tasdiqlayman"



Download 17,52 Mb.
bet223/244
Sana05.01.2022
Hajmi17,52 Mb.
#318172
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   244
Bog'liq
mashina tarktor O'MT

Ekinni parvarish qilish. Ekirflar tegishlicha parvarish qilinmasa, urug'lik. tuproq yaxshi tayyorlangan bo'lishiga qaramay, kartoshkadan yuqori hosil olish mumkin emas. Ekinni to'g'ri parvarish qilish, uninig o'sishi va rivojlanishi uchur. qulay sharoit yaratishdan iborat. U quyidagilardan: 1) tuproq qatqalog'ini buzish. qurishning oldini olish va tuproqda yaxshi havo rejimini vujudga keltirish maqsadi­da qator oralarni yumshatish; 2) o'sib chiqayotgan begona o'tlarni mexanikaviy va kimyoviy vositalar bilan yo'qotish; 3) qo'shimcha ildiz sistemasi hosil qilish uchun (nam tuproqda) chopiq qilish; 4) oziqlantirish; 5) zararkuranda va kasalliklarga qarshi kurashishdan iborat.

Kartoshka ekilishi bilan parvarish qilish boshlanadi. Agar yer quruq bo'lsa. katok bostiriladi va yengil yoki o'rtacha boronalarda boronalanadi. 12—15 kundan keyin, agar begona o'tlar paydo bo'lsa yoki tuproq qatqaloqlashib qolsa, qayta boronalanadi. Agregatlar diagonal bo'yicha yoki qatorlarga ko'ndalangiga mokisi­mon usulda yuradi. Yerni maysalar chiqquncha va chiqqandan keyin boronalash o'simliklarni parvarish qilishning, tuproqni yumshoq holatda saqlashning begona o'tlarga va tuproq qatqalog'iga qarshi kurashning eng oddiy va arzon serunum usuli ekanligini esdan chiqarmaslik kerak.

Yer o'z vaqtida, ya’ni kartoshka ekilgandan 5—7 kundan keyin boronalangan- da maysalarning unib chiqishi 5—7 kunga tezlashadi va begona o'tlarning 80% yo'qoladi. Yer 12—14 kundan keyin boronalansa, begona o'tlarning faqat 25— 30% yo'qoladi.

Dalada begona o'tlarning oq o'simtalari paydo bo'lsa, tezda boronalash kerak. Yomg'irdan keyin dala darhol boronalanadi. Og'ir tuproqli yerlar yengil tuproqli yerlarga qaraganda ko'proq boronalanadi. Maysalar chiqquncha yer BS-2, BSN-4 va BSO-4 to'rli boronalarda boronalanadi, ular dala yuziga moslanib ishlaydi hamda kartoshka maysalarini kam shikastlaydi.

4 qatorli ekish mashinasida qator oralarini 60 va 70 sm dan qilib pushtaga uyalab va usti tekis yopilib ekilgan kartoshka qamrash kengligi 2,8 m bo’lgan osma KON 2,8 PM kultivator — okuchnikda ishlanadi. Kultivator begona o'tlarni kesish, qator voralarini 6—8 sm chuqurlikda yumshatish uchun o'toq qiluvchi va strelkasimon panjalar bilan, 14 sm chuqurlikda ishlash uchun iskanjasimon pan- jalar bilan pushtalarining balandligi 25 sm bo'lgan ekinni chopiq qilish yerga 260— 300 kg/ga normada o'g'it solish uchun (17 sm chuqurlikda) oziqlantirish pichoqlari bilan ta’minlangan. O'g'it solish bilan bir yo'la yer chopiq qilinadi, boronalanadi (to'rli boronalar bilan), nam og'ir tuproqli yerlarda qator oralari (yumshatgich, ag'dargich-pichoqlar bilan) ishlanadi. Kultivator barcha modifikat- siyadagi “Belarus” traktori bilan agregatlanadi.

6 yoki 4 qatorli ekish mashinalarida qator oralari keng (90 sm) qilib ekilgan kartoshkani parvarish qilishda KRN-3,6—4,2 osma o'g'itlagich-kultivator ishlatila­di. Yerni ekishdan oldin va maysalar chiqqandan keyin yumshatish uchun BRU- 0,7 universal rotatsion boronalar ishlatiladi. Kartoshka toshli, og'ir tuproqli yer­larga qo'sh qatorlab ekilganda OKP-ZA okuchnigida chopiq qilinadi.

Kultivator panjalari egat tubini (devorlarini ham) 8—10 sm chuqurlikda, boronalar pushtalar qirrasini buzmasdan ishlaydi. Pushtaga ekilgan kartoshka qatorlari uzunasiga, ustini tekis ko'mib ekilganlar ko'ndalangiga ishlanadi. Agregatlar mokisimon va shaxmat usulida yuradi. Agregatlar 1,11—1,25 m/c (4—4,5 km/soat) tezlikda ishlaydi. Boronalarning tishlari bir yo'ldan ikki marta yurmasligi kerak. Borona ishlayotganda uning old qismi ko'tarilib ketmasligiga e’tibor berish kerak, aks holda orqa qismidagi tishlari yerga chuqur botib tugu- naklarni tashqariga chiqarib tashlashi mumkin. Buning oldini olish uchun borona- ga chuqurlikni cheklagich qo'yiladi yoki yer boronaning orqa tomoni bilan boronaladi. Dala chekkasida boronani begona o'tlardan tozalash kerak. Qurg'oqchilik yillari tuproqdagi namni saqlash uchun kartoshka pushtaga ekilgan­da to'rli boronalari bo'lgan ZKK-6A yoki ZKVG-1,4 katoklar bostiriladi.

Maysalar chiqqandan keyin qator oralariga ishlov berishga kirishiladi. Boronalashdan 5—7 kundan keyin (bu vaqtda o'simliklarning bo'yi 6—8 sm ga yetadi) 10 sm himoya zonasi qoldirilib, 6—8 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Bunda kultivatorga 2 ta kesuvchi-panja va bitta strelkasimion panja o'rnatiladi. Birinchi kultivatsiyadan 5—10 kun o'tgach, 10—16 sm himoya zonasi qoldirilib, 10—14 sm chuqurlikda ikkinchi marta kultivatsiya qilinadi. Kultivatorga bu vaqtda iskanasimon panjalar o'rnatiladi. Agar keng qator oralari yumshatiladigan bo'lsa, qamrash kengligi 320 mm bo'lgan yana bitta strelkasimon panja o'rnatiladi. Bitta iskanasimon panja strelkasimon panjaning oldiga, ikkitasi yon tomonlariga mahkamlanadi. Agar yer qurib qolgan bo'lsa, (shuningdek, qumloq tuproq yerlar­da) ko'pi bilan 8—10 sm chuqurlikda yumshatiladi.

Kartoshka o'simliklarining bo'yi 15—20 smga yetganda (oxirgi kultivatsiyadan taxminan 8—10 kun keyin) chopiq qilinadi. Yer keng panjali va qanotli, 70—80 smli qator oralariga ishlov berish yaroqli bo'lgan PVM markali maxsus korpusk okuchniklar bilan chopiq qilinadi. Ko'pchilik mexanizatorlar egatlar yonboshini yaxshi yumshatish uchun standart okuchniklarga 10—12 sm uzunlikda po'lat sim kavsharlab qo'yadilar. Chopiq qiladigan korpus oldiga, odatda egat tubini korpusga nisbatan 3—4 sm chuqurroq yumshatadigan iskanasimon-strelkasimon panja o'rnatiladi. Chopiq qilish yangi ildiz novda (stolon)lar hosil bo'lishiga, begona o'tlarni yo'qotishga, tugunaklarning rivojlanish sharoitini yaxshilashga imkon bera­di. Chekka shimoliy hududlarda chopiq qilish natijasida tuproqning temperatura rejimi yaxshilanadi. Shuni esda tutish kerakki, chopiq qilinganda tuproqdan nam tezda yo'qoladi, shuning uchun qirg'pqchil rayonlarda, yengil qumloq tuproqli yerlarda bunday ishlash usuli qo'llanilmaydi, og'ir soz tuproqli yerlarda esa 2 marta chopiq qilinadi.

O'simliklarning baland-pastligiga, tuproqning namligiga qarab, kartoshka 5—10 kundan oralab chopiq qilinadi va gullash davrigacha tugallanadi. Gullash davrida, tugunaklar va palagi avj olib rivojlanayotganda kartoshka kam miqdorda namlik va mineral tuzlarga ehtiyoj sezadi. Bu davrda namlik yetishmasligi hosil­ning keskin kamayishiga sabab bo'ladi. Semam yerlarda esa uzoq saqlash uchun yaroqsiz bo'lgan tugunaklar yetishadi.

Mexanizatorlar tuproq namini tartibga sola bilishlari kerak. Qurg'oqchil hududlarda va yoz quruq kelganda qator oralari yuza yumshatiladi, chopiq qilina- yotganda pushta pastroq olinadi. Bir galgi chopiq yumshatish bilan almashtiriladi. Yoz nam bo'lgan davrda va namgarchilik zonalarida chopiq qilinayotgan pushtalar balandroq olinadi.

Kartoshka qator oralariga ishlov berishda mashina va qurollarning qamrash kengligi hamda harakat yo'nalishi kartoshka ekadigan agregatning qamrash keng- ligiga va harakat yo'nalishiga teng bo'lishi kerak. Tutash qatorlar oralig'i agregat 2 marta o'tishda ikki yo'nalishda ishlanadi.

Kartoshkaga asosiy o'g'itlarni to'liq solish imkoni bo'lmaganda yoki o'simlik­lar nimjon bo'lib o'sganda u oziqlantiriladi. Bargi orqali oziqlantirish bilan bir vaqtda zararkunandalarga zaharli ximikatlar purkaladi. Og'ir tuproqli, yog'in- garchilik kam, temperatura yuqori bo'ladigan hududlarda kartoshka 2—3 marta (yomg'irlatib yoki egatlab) sug'oriladi.

Barcha hollarda qator oralari bir xil chuqurlikda yumshatilishiga e’tibor berish kerak. Buning uchun ish organlarini to'g'ri o'rnatish kerak (o'zgarish ±1 sm dan oshmasligi shart). Ish organlari tuproqning ostki nam qatlamini yuqoriga ko'tarib tashlamasligi kerak. Kultivatorlar panjasining kesuvchi qirrasi o'tkir bo'lishi shart.

Agregatlar ko'pincha mokisimon usulda yurib ishlaydi. Agar dala oxirida agre­gatni burish mumkin bo'lmasa, u holda tekislangan burilish maydonida kichik tez­likda, kultivatorlarni ko'tarib qo'yib buriladi. Ishlangan va ishlanmagan qatorlarni oralatib ish holatida yurishi mumkin.

Birinchi marta o'tganda birinchi 4 qator, keyin 4 qator tashlab undan keyin- qator ishlanadi, shu tartib dala oxirigacha saqlanadi. Keyin agregat teskari * -.. 'hda yurib, 4 ta avval ishlangan qatorga kirmasdan, qoldirib ketilgan qator- ■z liaydi. Bu holda burilish joyi ancha tor bo'lib, ekinlar kam shikastlanadi. Maydoh bo'ylab birinchi marta o'tish oldidan tutash qatorni tortish va chetki ._:'ini u bo'ylab yo'naltirish kerak. Qator oralariga ishlov berishni ekish agre- gga. ish boshlagan joydan boshlash kerak. Ish boshlaganda tez-tez, keyinchalik davomida 3—4 marta ekinning shikastlanmayotganligi, himoya zonasining tatta-kichikligi, yumshatish chuqurligi, o'g'itlar solish chuqurligi va normasi, pan- saiammg qay darajada o'tkirligi tekshiriladi.

Agregatning panjalari bevosita qator oralaridan yurishi, ekinlar shikastlanma- youanligiga. hamma qator oralari to'la ishlanishiga e’tibor berish kerak. Tuproq -a.—.:?.; yoqotmaslik uchun pushtalarning nishabi va egatlarning tubini yumshoq hoiaida saqlash kerak. Agar chopiq vaqtida o'simliklarni tuproq bosib qolsa, • kmng qanotlari qisqartiriladi, aksincha holda esa ag'dargichlar kengroq o'rnatiladi.

Kultivatsiya, chopiq qilishda, oziqlantirish gerbitsitlar changlash va purkashda и * io* bertsh chuqurligining to'g'riligi, zaharli ximikatlar va o'g'itlarning bir tekis begona o'tlar to'liq yo'qotilishi tekshiriladi, shikastlangan, tuproq osti- b — - coigan o’simliklar soni aniqlanadi.




Download 17,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish