Agregatning tezligiga bog'liq holda tugunaklar soni, har gektarga ming dona hisobida
Agregatning yurish tezligi, m/s (km/soat)
|
Yetakchi yulduzchadagi tishlar soni
|
11
|
12
|
14
|
16
|
17
|
I,00 (3,6)
|
46,2
|
5,04
|
58,8
|
67,2
|
71,2
|
1,19 (4,3)
|
38,4
|
41,4
|
48,3
|
55,8
|
59,3
|
1,38 (5,0)
|
33,8
|
35,9
|
41,9
|
48,0
|
50,8
|
1,58 (5,7)
|
—
|
31,4
|
36,4
|
41,9
|
44,5
|
1,77 (6,4)
|
—
|
—
|
32,6
|
37,2
|
39,6
|
2,00 (7,2)
|
—
|
—
|
—
|
33,6
|
35,6
|
Undirilmagan tugunaklami qator oralarini 70 sm qilib pushtaga yoki ustini tekis yopib ekishda soshniklar bilan komplektlangan, tugunaklardan alohida mineral o'g'itlar soladigan va gektariga 4070 ming dona tugunak ekadigan SN-4B-1 kartoshka ekadigan mashinadan foydalaniladi. U gidrosistemasi bo'lgan 14 kN (1,4 tk) klassdagi traktorlar bilan, shuningdek, PGT-1 moslamasi bo'lgan 30 kN (3 tk) klass- dagi gusenitsali traktorlar bilan agregatlanadi. Bu mashina toshsiz yerlardan tashqari, hamma joyda kartoshka ekish uchun tavsiya etiladi. Iflos yerlarda soshniklari saqlagich moslamalar bilan jihozlangan SN-4B-2 kartoshka ekadigan mashina ishlatiladi. AN-4B-1 mashina o'rniga ancha unumli ishlaydigan SKM-6. agar kartoshka- ning qator oralarini keng (90 sm) qilib ekish kerak bo'lsa, KSN-90 to'rt qatorli kartoshka ekish mashinasidan Foydalaniladi. Qator oralarini 70 sm dan qilib undirilgan va undirilmagan tugunaklarni pushtaga uyalab hamda ustini tekis yopib ekish bilan bir yo'la egatlarga donador mineral o'g'itlar solish uchun SAYA -4 qatorli kartoshka ekish mashinasi ishlatiladi; bu mashinaning unumdorligi gektar boshiga 4070 ming dona tugunak bo'lib, o'g'it bilan tugunak orasida tuproq qatlami hosil qiladi. Traktorchi kartoshka ekishni boshlaganda agregatni tortilgan reja chizig'i bo'ylab yurgizish kerak. Traktor birinchi o'tishni tugallab, tayanch g'ildiraklari bilan nazorat egatlarini kesib o'tish oldidan paykalning oxirida quwat olish valini uzib qo'yish kerak. Ekuvchi bu vaqtda markyorni ko'taradi va mahkamlaydi. Keyin agregat urug'lik yoniga yurgizib kelinadi; traktorchi bilan kartoshka ekuvchi kartoshka ekadigan mashinaga ZKS-0,2 yuklagich yordamida urug'lik kartoshka yuklaydi. Boshqa ekuvchi o'g'it solinadigan yashiklarni o'g'it bilan to'ldiradi. O'g'it va kartoshka yuklab bo'lingach, mashinani yana ish holatiga keltirish, traktor g'ildiragi bilan markyorli egatga kirishi, agregatni birinchi o'tish yo'liga parallel qilib o'rnatish va ekish apparatlarini burilish polosasiga tushirish kerak. Ekuvchilar ekish apparatlarining ishlashini kuzatib boradi, sosh- niklarni tiqilib qolgan narsalardan tozalaydi, bunkerdagi boshqa aralashmalarni olib tashlaydi.
ta agregat ishlagan vaqtda ulardan biri tushirilgan 2 ta markyor bilan birinchi yo'l soladi, ikkinchisi paykalning qarama-qarshi tomonidan yura boshlaydi. Jkkala agregat ham birinchi o'tish yo'liga parallel yuradi, bunda birinchi o'tishda o'ng va chap markyorlardan hosil bo'lgan egatlarning o'rtasida traktor g'ildiraklari yuradi. Keyin ish xuddi bitta agregatda ishlagandek boradi, faqat ikkala agregat asta-sekin dalaning o'rtasidan etagi tomon uzoqlashib, har qaysi o'z paykaliga ekin ekadi.
ta agregat ishlaganda dala uch paykalga bo'linadi. Kartoshka ikkita ekish mashinasi bilan yonma-yon ikki paykalning o'rtasidan va bitta mashina bilan uchinchi paykalning chetidan ekila boshlaydi.
Agregatlar ishlashi vaqtida, ayniqsa ular birinchi o'tgandan keyin, ekish sifati- ni tekshirish kerak. Pushtalarning o'rta chizig'i tugunaklar ekilgan chiziqqa mos tushishi shart. 2 sm dan ortiq o'zgarish aniqlansa, ekuvchi disklarni kerakli yo'na- lishda surish lozim.
Ekilayotgan tugunaklar soni uzunligi 14,3 m (qator oralari 70 sm) va 10,8 m (qator oralari 90 sm) bo'lgan qatorlarni ochib ko'rib tekshiriladi. Shu maydon (0,001ga) dagi tugunaklar sonini 1000 ga ko'paytirib, 1 gektarga ekilgan tugunaklar miqdorini topish mumkin. Yaxshisi, to'rt qatordagi kartoshkani ochib, qatordagi tugunaklarning o'rtacha sonini hisoblagan maqul.
Agregat paykalga birinchi kirishida ekish boshlangan joydan 1520 masofac. tugunaklarning ekilish chuqurligi, uyalardagi soni, uyalarning katta-kichikligi tekshiriladi. Ko'ndalang qatordan chetga chiqish 5 sm dan oshmasligi kerak. Pushta^.. ekilganda v£kish chuqurligi pushtaning qirrasidan usti tekis yopilgan joylarda da ■ yuzasidan tugunakkacha o'lchanadi. Natija 10 ta o'lchovning o'rtacha qiymau bo'yicha topiladi. O'rtacha ekish chuqurligi belgilanganidan ±2 sm dan on:, o'zgarmasligi kerak .
Ikkinchi va uchinchi ish yurishida tutash qator oralarining kengligi tekshirilad:. kartoshka ekadigan mashinaning ikki yondosh yo'lidagi uyalar orasi o'lchanadi. bunda ko'pi bilan ±10 sm o'zgarishi bo'lishiga yo'l qo'yiladi. Ayni vaqtd. ko'ndalang qatorlarning to'g'ri chiziqliligi (kvadrat uyalab ekishda) ham tekshin- ladi.
Tutash qator oralari o'lchamining o'zgarishi keyingi ishlov vaqtida ekinlarning ancha shikastlanishiga sabab bo'ladi. Ekish sifati maysalar paydo bo'lgandan keyin uzil-kesil aniqlanadi. Ekilmay qolgan yerlarga qayta ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |