Asosiy dala ishlarini bajarish davomiyligi
Dala ishlari
|
Ish kunlari soni
|
Oqim-sikl usuli joriy etilguncha
|
Oqim-sikl usuli joriy etilgandan keyin
|
Don ekinlarini ekish
|
15..17
|
9...10
|
Qator oralariga ishlov berish
|
9...11
|
5...6
|
Silos tayyorlash
|
18...22
|
9..11
|
Donni yig'ib olish
|
25...30
|
13...15
|
Oqim-sikl usulini qo'llash tajribasi ko'rsatadiki, buning natijasida 100 ta traktorga va o'ziyurar mashinalarga xizmat ko'rsatuvchi mexanizatorlar soni kamayadi; eng murakkab mavsumlarda ikki smenada ish tashkil etish mumkin bo'ladi; asosiy ishlarni bajarish muddati qisqaradi, hosil nobudgarchiligi kamayadi, qishloq xo'jalik mahsuloti sifati yaxshilanadi.
Nazorat savollari
Dala ishlarini bajarish muddatini qisqartirishga qaysi omillar to'sqinlik qiladi?
Ishlarni oqim-sigl usulida qanday tashkil etiladi?
MASHINA-TRAKTOR SAROYIDAN FOYDALANISHNING ASOSIY KO'RSATKICHLARI
Mashinalardan foydalanish ko'rsatkichlari. Barcha baholash ko'rsatkichlarini shartli ravishda uch guruhga bo'lish mumkin.
texnik jihozlanganlik darajasi;
mashina-traktor saroyidan foydalanish darajasi:
mashina-traktor saroyidan foydalanish samaradorligi.
Texnik jihozlanganlik darajasi ko'rsatkichlari bu xo'jalikning energiya bilan taminlanganligi va mehnatni energiya bilan qurollanganligi demakdir.
Xo'jalikning energiya bilan taminlanganligi Ex etalon traktorlar soni N ning 100 ga haydaladigan yerga nisbati F bilan harakterlanadi.
Ex = 100 N/F (2.14)
Mehnatning energiya bilan qurollanganligi Em traktor va o'ziyurar mashinalarning samarali quwati X Ne, (kVt)ni mexanizatorlarning yillik o'rtacha soni (m) ga nisbati bilan aniqlanadi.
Em=XNe/M (2.15)
Mashina-traktor saroyidan foydalanish darajasi ko'rsatkichlari quyidagilar: Mashinaga to'g'ri keladigan yillik ish xajmi (traktor Wytr; qishloq xo'jalik mashinasi
(2.16)
(2.17)
Wy.tr = Wshga/n,r,
V^q.x.m Rch.x/um, bu yerda har bir turdagi traktor bilan bajariladigan mexanizatsiyalashgan ishlarning umumiy yillik hajmi, sh.e. ga;
ntr berilgan turdagi (yoki shartli etalon) traktorlar soni;
Fix berilgan turdagi mashina bajargan ish hajmi, ga (t.t.km. va h. k.);
nm berilgan turdagi mashinalar soni. v-
Ishlangan kunlar va smenalar soni yil davomida traktorlar, kombaynlar va boshqa mashinalardan foydalanish darajasini ko'rsatadi hamda ulardan foydalanishning kunlik jadalligini ifotlalaydi.
Fizik traktorga nisbatan oJrtacha smena ish ko'rsatkichi (Wsmf)
Wsm/= Wsh,ga/nc (2.18)
bu yerda nc berilgan turdagi traktor ishlagan smenalar soni.
Smena koeffitsienti sutka davomida mashinadan foydalanish jadalligini ifodalaydi.
Uni traktor-smena sonini bir yil (mavsum)dagi ishlangan kunlar soniga bo'lish bilan topiladi.
Bir etalon gektarga yonilg'i sarfi mashina traktor saroyining bir yil davomidagi jami yonilg'i sarfini yillik mexanizatsiyalashgan ishlar hajmiga nisbati bilan topiladi.
Mexanizatsiyalashgan ishlar zichligi mashinalarning yillik bajargan ishini xo'jalikning yer maydoniga bo'lish bilan topiladi. •
Texnik tayyorgarlik koeffitsienti (Ktt) quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Ku = £Dr/f£Dr + ХДх + ХДа-т), (2.19)
bu yerda X Д — mashina ishlagan kunlar soni;
Xl), k, SDta,m — texnik xizmat ko'rsatish va tamirlash vaqtidagi mashinaning bo'sh turish kunlari.
^Mashina-traktor saroyidan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichlari bu etalon gektar tannarxi, hosildorlik va yalpi mahsulot hajmidir.
Etalon gektar tannarxi mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarish bilan bog'liq xarajatlar yig'indisini mashina traktor saroyining yil davomida bajargan ishi yig'indisiga nisbati bilan topiladi.
Mashinalar yordamida ishlov berganda qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligi mashina-traktor saroyidan samarali foydalanishning muhim ko'rsatkichidir.
Bitta mexanizatorga va mashina-traktor saroyi balans qiymatining bir so'miga to'g'ri keladigan yalpi mahsulot hajmi mexanizatorlar ishining unumdorlik darajasini va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini xarakterlaydi.
та
Nazorat savollari
Baholash ko'rsatkichlari necha guruhga bo'linadi?
Xo'jalikning mashina-traktor saroyi tarkibi qanday usullar bilan aniqlanadi?
Mashina-traktor tarkibi qanday ketma-ketlikda hisoblanadi?
Ishlarni oqim-sikl usulida bajarish mohiyati va prinsiplari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |