Nazorat savollari
1O'tlar nima maqsadda ekiladi?
2Dukkakli va g'alladosh o'tlar qanday oziqli sifatlari bilan farq qiladi?
3O'tlar urug'ini tozalash va saralash qanday usullari mavjud?
4O'tlarni parvarish qilish jarayonlari qanday?
5Silos bostirish va tayyorlash texnologiyasi nimalardan iborat?
KARTOSHKA YETISHTIRISH VA UNI YIG'IB-TERIB OLISH
Ekishga tayyorlash. Kartoshka eng muhim va kop tarqalgan ekinlard-' biridir. U barcha tuproq-iqlim zonalarida ekiladi.
Urug'ning sifatli bo'lishi kartoshka hosildorligini oshirishning muhim shartid : Urug'lik kartoshka saralangan bo'lishi kerak.
Ekish uchun vazni 6080 g (ertagi kartoshka yetishtirish uchun 80100 g) bo'lgan tugunaklar tanlab olinadi. Kartoshkaning po'sti qattiqlashganda urug'lik uchun yig'ib olinadi. Kuzda kartoshka saralash mashinalarda saralanadi, urug'lik kartoshka oziq-ovqatga ishlatiladigan ya mollarga beriladigan kartoshkalardan alo- hida saqlanadi. Bahorda urug'lik kartoshka KSP-15 В kartoshka saralovchi punk’ komplektiga kiradigan KSE-15 mashinada yoki RKS-10 stansionar mashinach yana saralanadi. Bir xildagi standart tugunaklarni ajratib olish uchun saralast mashinasidagi roliklar orasidagi masofa 55 sm qilib o'rnatiladi.
Tugunaklar unib chiqishini tezlashtirish uchun ular 2.9.1-jadvalda keltirilgar usullardan birini qo'llab yarovizatsiya qilinadi yoki undiriladi, kartoshka yaroviza- tsiya qilinib ekilganda tugunaklar hosili 2025 % ortadi, yetilish muddati 2031 kundan keyin unib chiqadi.
Kartoshka ekiladigan maydonlar kuzdan boshlab ishlanadi. O'tmishdosh ekinlar (don, dukkakli don ekinlari) yig'ib olingandan keyin yer yuzasi (56 sm chuqurlikda) yumshatiladi. 1520 kundan so'ng 2730 sm chuqurlikda haydaladi. Qurg'oqchil rayonlarida yer, asosan, bahorda ishlanadi, vaqtincha sug'orish ariqlari, tashlama egatlar ochiladi, yahob beriladi, organik va mineral o'g'itlar solinadi. Ekish oldidan yer 1618 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi va bir yo'la boronalanadi.
Sug'oriladigan hududlarda 1020 t dan organik va 56 s dan ortiq mineral o'g'itlar solinadi.
Dalani kartoshka ekishga tayyorlashda agregatlarning gruppa bo'lib ishlashim tashkil etish imkoni aniqlanadi, bunda agregatning soni ularning unumdorligiga hamda dalaning katta-kichikligiga qarab belgilanadi. 20 gektar yerga kartoshka ekishda bitta, 2040 gektar yerga ekishda 2 ta, 40 gektardan ortiq maydonga ekish 3 ta agregat ishlaydi. Uchta katta bo'lmagan bir necha dalalarning har birida bit- tadan kartoshka ekadigan mashina ishlatiladi.
Bir dalada bir necha agregatning bir vaqtda ishlashi mehnat unumdorligini oshirishga, transportda tashish ishlarini kamaytirishga va texnikaviy xizmat ko'rsa- tishni yengillashtirshga imkon beradi. Har bir dalada agregatlar harakatining qulay yo'nalishi, ularning birinchi o'tish yo'lini aniqlash va burilish maydonlari ajratish kerak. Agregatning birinchi o'tish yo'li qat’iy to'g'ri chiziq bo'ylab belgilanadi. Bu shart buzilganda qatorlar va qator oralarini ishlash murakkablashadi.
2.9.1 - j a d v а 1
Do'stlaringiz bilan baham: |