Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navbahor tumani kasb-hunar maktabi "tasdiqlayman"



Download 17,52 Mb.
bet240/244
Sana05.01.2022
Hajmi17,52 Mb.
#318172
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   244
Bog'liq
mashina tarktor O'MT

Nazorat savollari

1Yerlarni sug'orishning ahamiyati nimadan iborat?

2.Qanday sug'orish usullari va sug'orish tizim qurilmalari bor?

3.Sug'orish tarmog'ini tayyorlashda va yerlarni sug'orishda qanday mashinalar­dan foydalaniladi?

4.Sug'oriladigan yerlarga ekin ekib o'stirishdagi ilg'or tajriba haqida so'zlab bering?
MASHINA-TRAKTOR SAROYI TARKIBINI REJALASHTIRISH ASOSLARI

Mashina-traktor saroyi strukturasi va tarkibini aniqlash, uning ishini rejalashtirish. Mashina-traktor saroyi strukturasi va tarkibi u ishlatiladigan hududning tabiiy sharoitiga, xo'jalikning nimaga ixtisoslashganligiga, hosil yetishtirish xususiyatlariga, dalalar o'lchamiga, ishlab chiqarishni kompleks ' mexanizatsiyalash talablariga mos kelishi kerak.

Mashina-traktor saroyi tarkibi yangi xo'jaliklar (fermer va dehqon xo'jalik- lari, shirkatlar) tashkil etilayotganda aniqlanadi va ulardan foydalanish rejalari tuziladi. Shuningdek, xo'jalikning ishlab chiqarish moliyaviy rejasini tuzishda, kelgusi yilga texnikaga bo'lgan buyurtmalarni asoslashda va kelajakda (5—10 yilga) mashinalar parkiga bo'lgan ehtiyojni aniqlashda ham mashina-traktor saroyi tarkibi hisoblanadi.

Texnikaga bo'lgan ehtiyoj butun xo'jalik uchun yoki uning bo'linmalari uchun hisoblanadi. Xo'jalikning mashina-traktor saroyi tarkibi shu xo'jalikning perspektiv rivojlanish xususiyatlarini hamda qishloq xo'jalik ekinlari yetishtirish texnologiyasining takomillashib borishini e’tiborga olgan holda tuzilishi zarur.

Ya’ni, mashina-traktor saroyi tarkibi bajarilishi lozim bo'lgan barcha ish­larni qisqa agrotexnik muddatlarda, yuqori sifat bilan amalga oshirishni ta’minlay olishi, mexanizatorlar mehnati unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish va mahsulotlar tannarxini pasaytirish imkonini berishi kerak.

Mashina-traktor saroyi tarkibini aniqlash uchun — grafoanalitik, iqtisodiy- matematik va normativ usullardan foydalaniladi.

Grafoanalitik usul anchayin yaxshi ishlab chiqilgan va xo'jaliklarning foy- dalanishi uchun qulay. Ushbu usuldan foydalanilganda mashinalar saroyi quyidagi sxema bo'yicha hisobla

1.Xo'jalikda mashinalardan foydalanishning tabiiy ishlab chiqarish sharoit- lari ko'rsatkichlari aniqlanadi.

2.Mavjud mashinalar saroyini takomillashtirish yo'nalishlarini aniqlash uchun ulardan foydalanish heriati tahlil qilinadi.

3.Ilg'or texnologiyalar ’ hisobga olingan holda ekinlarni yetishtirish texnologik kartalari ishlab chiqiladi yoki aniqlashtiriladi.

4.Mexanizatsiyalashgan ishlarni amalga oshirishning yillik rejasi tuziladi.

5.Traktorlar, kombaynlar va mashinalar kompleksining eng samarali turlari aniqlanadi.

6.Mashinalardan foydalanish grafiklari tuziladi va mashina-traktor saroyi son tarkibi aniqlanadi.

7.Loyihalanayotgan va mavjud mashinalar saroyining texnik iqtisodiy ko'rsatkichlari solishtiriladi.

Mashinalardan foydalanishning tabiiy ishlab chiqarish sharoitlari ko'rsat­kichlari dalalarni (dala o'lchamlari va shakli, tuproq turi va unga mashinada ishlov berishdagi solishtirma qarshiliklar, joy relyefi va h.k.) pasportizatsiya qi­lish va meteoxizmat ma’lumotlari asosida aniqlanadi.

Xo'jalikning mashina-traktor saroyi tarkibini hisoblash uchun rejalashtiri- layotgan davrga taalluqli quyidagi ma’lumotlarga ega bo'lish kerak: o'simlik- shunoslik bo'yicha ekin maydonlari strukturasi, hosildorlik ko'rsatkichlari; qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasi; xo'jalikning tuproq-iqlim sharoiti harakteristikasi, o'g'itlar solish me’yorlari va boshqalar; chorvachilik bo'yicha — xayvonlar tarkibi va ularni parvarishlash texnologiyasi, yem-xas- hakka bo'lgan ehtiyojning o'sishi; mahsulot yetishtirish hajmi va boshqalar. Qurilish bo'yicha — MTS yordamida yil davomida bajariladigan ishlar hajmi strukturasi va rejasi.

Bundan tashqari, turli mashinalardan foydalanishning me’yoriy ko'rsati- kichlari — yoqilg'i ishlatish va sarflash me’yori, mashinaning balans qiymati, texnik qarov va ta’mirlash, tikiash uchun ajratma me’yorlari, mexanizatorlar mehnatiga haq to'lash me’yorlari ya boshqalar to'g'risida ma’lumotlarga ega bo'lish kerak.

Xo'jalikning texnikalarga bo'lgan ehtiyojini aniqlashda texnologik karta- larning ahamiyati juda katta. Shu sababli ulardagi ma’lumotlar asoslangan va ishonchli bo'lishi talab etiladi.

Endi mashina-traktor saroyi tarkibini hisoblash uchun foydalaniladigan texnologik kartalar tuzishning ayrim tomonlarini ко'rib chiqamiz.

Bajariladigan ishlar davomiyligi har tomonlama chuqur o'ylanib iqtisodiy va texnik imkoniyatlar chuqur tahlil qilinib, eng kam sarf-harajatlar bilan ke- rakli unumdorlikka erishishni ko'zlagan holda, nobudgarchilikni kamaytirishni e’tiborga olib qabul qilinishi kerak.

Ish kunining davomiyligi esa, ishning turi, mexanizatorlar soni, ishni bajarishdagi agrotexnik cheklashlar va ishni bajarish shartlari e’tiborga olingan holda belgilanadi.

Yerga ishlov berish (boronalash, kultivatsiya, haydov, ko'klamda shudgorni yuza yumshatish va h.k.) kam deganda 2 smenada tashkil etiladi.

Ekish, ko'chat o'tqazish, hosilni yig'ib olish ishlari butun yorug' kun davo­mida amalga oshiriladi.

Ekinlarni parvarish qilish esa 10... 12 soat davomida olib boriladi.

MTA tarkibi quyidagicha aniqlanadi.

Har bir texnologik jarayon uchun mashina-traktor saroyi tarkibini hisoblash texnologik kartasini tuzishda faqat bitta eng samarali agregatni emas, balki agrotexnika talablari asosida shu texnologik jarayonni bajarish imkoniga ega bo'lgan barcha agregatlardan foydalanish rejalashtiriladi.

Shu sababli, har bir operatsiya uchun bir vaqtning o'zida ikki, uch va ba’zida ko'plab turli mashina — traktor agregatlarini baholash kerak bo'ladi.

Bu, albatta, texnologik kartalar tuzishni murakkablashtiradi, lekin keyin- chalik butun ishlar kompleksini bajarishda eng samarali traktorlar, kombaynlar va avtomobillar turini to'g'ri aniqlash uchun imkon beradi.

Traktorlar turlari quyidagi asosiy prinsiplar asosida tanlanadi.



  1. Traktorlar va shassi turlari soni minimal bo'lishi kerak. Bu talab ish­latish va xizmat ko'rsatish oson bo'lishini, ehtiyot qismlar bilan ta’minlashda muammolar kam bo'lishi va boshqa afzalliklarni ko'zda tutib qo'yilgan. Ko'p yillik tajribalar bitta xo'jalikda ko'pi bilan uch-to'rt turdagi traktorlar bo'lishi yetarli ekanligini tasdiqlaydi.

  2. Traktorlar turlarini tanlashda ularning ko'zda tutilgan texnologik jara- yonlarni bajarishga mosligidan kelib chiqish kerak.

  3. Universal traktorlar turlarini tanlashda maksimal iqtisodiy samaradorlik- ka erishish asosiy omil bo'lishi kerak.

Mashina-traktor saroyining sifat tarkibi maxsus maqsaddagi traktorlarni tanlash bilan aniqlanadi.

Masalan, paxta hosilini yig'ib-terib olish uchun paxta terish mashinalari, yo'l qurilish ishlari uchun buldozerlar, avtogreyderlar, asfalt taxlagichlar kerak bo'ladi.

Keyin esa eng samarali universal traktorlar tanlanadi. Buning uchun turli traktorlar turlari yordamida butun ishlar kompleksini bajarish uchun eksplu­atatsion xarajatlarning o'rtacha solishtirma qiymatlari aniqlanadi.

= c,w, + C2W2 + ...cnwn ye K,W, + K2W2 + ...K„W„

bu yerda: C, — bir gektar yerdagi ishni bajarish uchun sarflanadigan solishtirma eksplutatsion harajatlar, fo ‘m/ga;



Wj — ish hajmi, ga;

К/ — ishlarni shartli etalon gektarga aylantirish koeffitsienti.

Xarajatlar har bir traktor turi uchun alohida aniqlanadi va ular ichidan yil­lik ish xajmini eng oz harajat bilan bajara oladigan universal traktor turi tanlab olinadi.




Download 17,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish