Yomg'irlatgich nasadka (uchlik)lar va apparatlar. Yomg'irlatgich uchlik- lar va apparatlar kuchli suv oqimini tomchilarga aylantiradi va dala yuzasi bo'ylab ularni tarqatadi.
Ular yaqin masofaga (5...8 m), o'rta masofaga (...35 m gacha) va uzoq masofaga (35...80 m gacha) suv sepuvchi turlarga bo'linadi.
Bu apparatlarda hosil qilingan tomchilar oqimi shakliga qarab yakka fawo- rali va ko'p faworali bo'lishi mumkin.
Apparatning asosiy qismi uchlik (nasadka)dir.
Ko'p faworali apparatda uchlik suvdan yelpig'ichsimon oqim yasaydi. Unga deflektor (suyuqliklar, gazlar, sochiluvchan jismlar, tovush to'lqinlari oqimi yo'nalishini o'zgartiradigan moslamali, tirqishsimon va markazdan qochirma uchliklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |