Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navbahor tumani kasb-hunar maktabi "tasdiqlayman"


Sug'orish usullari va foydalaniladigan mashinalar



Download 17,52 Mb.
bet238/244
Sana05.01.2022
Hajmi17,52 Mb.
#318172
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   244
Bog'liq
mashina tarktor O'MT

Sug'orish usullari va foydalaniladigan mashinalar. Yuqorida ta’kidlan- gan'fdek, yer yuzasidagi haydaladigan yer maydonining bor-yo'g'i 16 foizigina sug'oriladigan yerlar bo'lishiga qarajnasdan, ularda qishloq xo'jalik mahsulot- larining yarmidan ko'prog'i yetishtiriladi. Bu sug'orishning qishloq xo'jaligi uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Sug'oriladigan dalalar esa tekis bo'lishi kerak, chunki tekislamasdan turib suvni dalaga to'g'ri taqsimlashning iloji yo'q.

Sug'orish suvlarini olib kelish va taqsimlash uchun dalalarni tekislashdan tashqari doimiy sug'orish ariq va kanallarni ochish, tozalash, vaqtinchalik o'q ariqlar va taqsimlash ariqlarini ochish, ko'mish, tekislash kabi ishlarni ham bajarish kerak bo'ladi.

Kuzda hosil yig'ishtirib olingandan so'ng bo'shagan sho'r yerlarga qish mavsumida pol ochilib, suv bilan sho'r yuviladi. Yuvish ishlari tugagach esa pol tekislanib ekishga tayyorlanadi.

Er maydonlarining xususiyatiga bog'liq ravishda turli xil tekislash va melio­ratsiya ishlari bajariladi. Respublikamizning barcha viloyatlarida bir necha (3—4) yilda bir marotaba yerlarni shudgorlash natijasida hosil bo'ladigan do'nglik va chuqurchalar keng bazali tekislash mashinalari yordamida mukam- mal tekislab chiqiladi.

Joriy tekislashdan so'ng dala yuzasida 5 sm dan ortiq do'ngliklar bo'lmasli- gi kerak. Dala tekislangandan so'ng kamida 30 sm chuqurlikda haydaladi.

Qishloq xo'jaligida melioratsiya ishlari kompleksiga quyidagilar kiradi:

-yerning do'ng qismlarini kesib olish, uni siljitish, pastlik joylarni to'ldirish;

-kartalar orasidagi sug'orish ariqlarini katta tipdagi ariq qazigich mashinalar yordamida tozalash;

muvaqqat sug'orish kanallarini o'rta tipdagi ariq qazigich bilan ochish, ularni tekislagichlar bilan ko'mish va kichik tipdagi ariqqazigichlar bilan taqsimlash, jo'yaklarni ochish.

Umuman dalalarning gidrologik, tuproq va agroiqlim sharoitini qulay holatga keltirmasdan turi£ dehqonchilikda ekinlardan yuqori hosil olish mumkin emasligi yaxshi mahum. Sug'orish esa qishloq xo'jaligida o'ta muhim vazifa hisoblanadi.

Hozirgi kunda sug'orishning to'rtta usuli ma’lum:


  1. an’anaviy yuzalatib sug'orish;

  2. yomg'irlatib sug'orish;

  3. tuproq ostidan sug'orish;

  4. tomchilab sug'orish.

Yuzalatib sug'orishda yer yuzasidagi ariqchalar bo'ylab oqayotgan suv tuproqqa shimiladi.

Dehqonlar bu usuldan minglab yillar davomida foydalanib kelganlar.

Yomg'irlatib sug'orish — keyingi paytda ancha keng tarqalayotgan, suvdan tejab foydalanish imkonini beruvchi usul bo'lib; bunda suv yer yuzasiga — bosim ostida havoda parchalantirib sepiladi.

Bunda tuproqning yuza faol qismi va o'simlik namlanadi.

Tuproq ostidan sug'orish uchun turli naychalar yerga ko'milib, ulardagi teshiklardan bosim ostida chiqqan suv namlik hosil qilib, ekin ildizlariga yetib boradi.

Tomchilab sug'orishda suv bevosita har bir o'simlikning ildizi joylashgan joyga yetkazib beriladi, ekin tarqalmagan yerdagi tuproq quruq holatida qola beradi.

Bu usullar orasida eng keng tarqalgani va murakkab mezanizm va mosla- malar, energiya sarfi talab qilmaydigani yuzalatib sug'orishdir. Lekin yuzalatib sug'oriladigan yerlar yaxshi tekislangan bo'lishi kerakligi va bu usulda suv sarfi juda kattaligi sug'orishning boshqa progressiv usullarini takomillashtirishni talab qilmoqda.

Respublikamiz qishloq xo'jaligida ochiq va yopiq sug'orish shoxobchalari- dan foydalaniladi.

Yopiq sug'orish tarmog'idan sug'oriladigan yerga suvni bosim ostida quvurlar orqali keltiriladi va yomg'irlatish mashinalariga yuborib, uni tomchi- larga parchalab, dala yuzasiga sepiladi.

Ochiq sug'orish tarmog'ida esa suv ariqlardan dala chetiga oqib keladi. Undan ariqcha va jo'yaklar yordamida yoki mashinalar bilan dalani sug'orish mumkin.

Yomg'irlatib sug'orishda suv tomchilari diametri 1...2 mm bo'lganda tuproqning namni shimishi uchun eng yaxshi sharoit yaratiladi.

Agar tomchilar yirik bo'lsa u holda ekinga zarar yetkazish, tuproqni zichlash, suv tuproqqa shimilib ulgurmasdan, ko'lmak hosil bo'lishi kabi oqibat- larga olib kelishi xavfi tug'iladi.

Yomg'irlatish jadalligi odatda tuproqning suvni shimib olish xususiyatiga bog'liq holda tanlanadi.

U og'ir tuproqlar uchun — 0,1...0,2 mm/min,

O'rta tuproq uch^n — 0,2...0,3 mm/min,

Yengil qumloq yerlar uchun — 0,5...0,8 mm/min atrofida bo'lish tavsiya etiladi.

Yomg'irlatib sug'orish uchun har xil turdagi qurilmalar tizimidan foy­dalaniladi.

Ular nasos stansiyasi, quvurlar, gidrota’minlagich, suvni dala bo'ylab taqsimlash tuzilmalaridan iborat bo'ladi.

KI-50 “Raduga” qurilmasi, DKSH-64 “Voljanka”, DF-120 “Dnepr”, DMU “Fregat”, “Kuban-M” mashinalari va DDA-100 MA, DDN-100, DDN-70 agregatlari ancha keng tarqalgan yomg'irlatish jihozlaridir.

Nasos stansiyalari suv manbayidan suvni so'rib olish va uni sug'orish sis- temasiga yoki to'g'ridan-to'g'ri yomg'irlatish mashinasiga uzatish uchun xizmat qiladi. SNP tipidagi quruqlikda harakatlanuvchi stansiyalar keng qo'llaniladi.

Ular ichki-yonuv dvigateli (SNP tipidagi stansiya) elektrodvigateli (SNPE) bir yoki ikki o'qli aravachalarga o'rnatilgan yoki traktorga osilgan (SNN) bo'lishi mumkin.

SNP-120/30 ko'chma nasos stansiya (2.11.1-rasm) tabiiy suv havzalari va daryolardan suv olib, uni sug'orish tarmog'iga berishga mo'ljallangan. Nasos stan- siyasiga quyidagi asosiy uzellar kiradi: bir o'qli pritsep, dizel dvigateli, nasos, so'ruvchi truboprovod, zadvijkali bosim truboprovodi, so'ruvchi truboprovodni ko'tarish mexanizmi, dvigatelning chiqarish trubasidagi gaz ejektori, tayanchlar va boshqarish pulti.

Stansiyaning nasosi markazdan qochirma tipda bo'lib, korpus, rotor, zolotnik va teskari klapandan iborat.

So'ruvchi truboprovoddagi suv olgich to'r ko'rinishida yasalgan filtr bilan jihozlangan.

Bosim truboprovodida zadvijka bor, uning yordamida nasos ishga tushiriladi va suv sarfi rostlanib turiladi.

Gaz ejektori so'ruvchi truboprovod va nasosni suv bilan to'ldirish uchun xiz­mat qiladi.

Magistraldagi suvning bosimi 0,25 MPa dan oshmaydigan past bosimli, 0,25...0,5 MPa ni tashkil etuvchi o'rta bosimli va 0,5 MPa dan ortiq yuqori bosimli stansiyalar ishlab chiqariladi.

Nasos stansiyasi — nasos, harakatlantiruvchi dvigatel, so'ruvchi va hay- dovchi quvurlar, zadvijkalar, yurgizishdan oldin nasosni suv bilan to'ldirish qurilmasi va boshqarish pultidan tashkil topadi.




2.11.1-rasm. Bir o'qli prisepdagi SNP-120/30 ko'chma nasos stansiyasi:

1-bir o'qli prisep; 2—rama; 3—vintli tayanch; 4—so'ruvchi truboprovod; 5—so'ruvchi truboprovodni boshqarish trosi;' 6—nasos; 7—boshqarish pulti; 8—bosim zadvijkasi; 9—gaz ejektori; 10—dizel dvigateli;

11-tayanch.

Ko'pincha markazdan qochma va propellerli nasoslar ishlatiladi.

Ichki yonuv dvigatelli yuritmaga ega bo'lgan nasos stansiyasini yurgizish- dan oldin suv bilan to'ldirish uchun ular kuchli gaz oqimli vakuum apparati bilan, elektr yuritmaga ega bo'lgan nasos stansiyalari esa suv idish va vakuum nasos bilan jihozlanadi. So'ruvchi quvur setkadan qutisimon shaklda tayyorlan- gan filtr-zabornik bilan ta’minlanadi.


Download 17,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish