та
Nazorat savollari
Sabzavot ekish maydonlari qanday tayyorlanadi?
Sabzavot ekish muddatlari qanday faktorlarga qarab aniqlanadi?
Sabzavot ekishga bo'lgan talabni aytib bering.
Sabzavotlar hosilini yig'ib-terib olishga qanday talablar qo'yiladi?
Yig'im-terim ishi qanday tashkil etiladi?
MELIORATSIYA ISHLARINI MEXANIZATSIYALASH
Yerlarni melioratsiyalash bo'yicha asosiy ishlar. Melioratsiya lotincha melioratio yaxshilash manosida bo'lib tuproqning suv rejimini tartibga solish yo'li bilan uning tabiiy sharoitini tubdan yaxshilash demakdir.
Melioratsiyaga tuproqni quritish va sug'orish (irrigatsiya), daryolar oqimi va yer sirtidagi oqova suvlarni tartibga solish, larni mustahkamlash, shuningdek tuproqning agro-o'rmon melioratsiyasi kiradi.
Melioratsiya barqaror hosil olish, yerdan beradi.
sochiluvchan qumlar va jarlik- kimyoviy tarkibini yaxshilash,
unumli foydalanishga yordamYer yuzasida 150,0 mln km2 ga yaqin quruqlik bo'lib, undan 46 mln km2 qismi qishloq xo'jaligida foydalaniladigan har xil yerlarga to'g'ri keladi. Bundan ishlanadigan yerlar haydaladigan yerlar va ko'p yillik o'simliklar 15 mln. km2 maydonni egallagan, qolgani pichanzor va yaylovlar bilan band.
Boshqacha aytganda, dunyodagi butun yer fondi 13,4 mlrd. ga. Bu yer fondining 1,5 mlrd gektari yoki 11,0 % dan sal ortig'idan dehqonchilik (haydaladigan yer va bog'lar ) uchun foydalaniladi.
Yer yuzasidagi haydaladigan yer maydoninigng 16 foizi sug'oriladigan yerlar bulib, ularda qishloq xo'jalik mahsulotlarining yarmidan ko'prog'i yetishtiriladi.
O'zbekiston Respublikasinig umumiy maydoni 447,5 ming km2, uning koo'p qismi (71,0%) dehqonchilik uchun qulay vodiylar, tekisliklar va tog' oldi tekisliklardan iborat.
O'zbekiston hududidagi 44,7 mln. ga yer maydonining 18,0 mln gektari sug'orma dehqonchilikda foydalanilmoqda. Bu maydonning 1,6 mln. gektari cho'l zonasida, qolgan 2,6 mln. gektari esa bo'z tuproq mintaqasi zimmasiga tushadi. Bu ko'rsatkichlar O'zbekistonda qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirish bo'yicha juda katta rezervlar borligidan dalolat beradi.
Mavjud yer maydonlaridan foydalanishni yaxshilash esa juda katta melioratsiya ishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Yerlarni melioratsiyalash ishlari- ga respublikamizda juda kata etibor berib kelinmoqda.
Hozir respublikamizda o'rtacha yillik suv sarfi 500 m3/sek dan yuqori bo'lgan 2 ta yirik daryo (Amudaryo va Sirdaryo ), 100 m3/sekdan ortiq 5 ta o'rtacha daryolar va 100 m3/sek. dan kam bo'lgan 26 ta kichik daryolar mavjud.
Bundan tashqari, suv sarfi 100 m3/cek dan yuqori bo'lgan 15 ta yirik va 100 m3/cek dan kam bo'lgan 21 ta kichik va o'rta kanallar qurilgan va ishlab turibdi.
Shu bilan birga foydali suv sig'imi 500 mln m3 dan yuqori, bo'lgan 8 ta yirik suv ombori, 8 ta o'rtacha va kichik suv omborlaridan ham foydalanilmoqda.
Respublikamizda melioratsiya ishlarini yanada yaxshilash maqsadida yuqori ish unumdorlikka ega bo'lgan melioratsiya mashinalarini uzluksiz ishlaydigan yuqori quvvatli rotorli ekskovatorlar, drenaj quvurlari yotqizgichlar, kanallarni betonlash mashinalari olib kelish, zamonaviy ilg'or texnologiyalar asosida sug'orishni tashkil etish uchun zarur jihozlarni yaratish ustida jiddiy ish olib borilmoqda.
Sug'orish irrigatsiya-gidrotexnika tadbirlari majmuyi bo'lib, qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish uchun tuproqda zarur rejimni yaratish maqsadida ularda namlikni suniy oshirishni taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |