Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navbahor tumani kasb-hunar maktabi "tasdiqlayman"



Download 17,52 Mb.
bet215/244
Sana05.01.2022
Hajmi17,52 Mb.
#318172
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   244
Bog'liq
mashina tarktor O'MT

Mashinalar tizimi. Silosbop o'tlar ozuqa moddaga to'yingan va namligi 65...80% bo'lganda 10... 15 sm balanddan o'riladi. O'tlarning namligi qancha past bo'lsa, o'simlik poyalarini shunchalik maydaroq bo'laklarga qirqish lozim bo'ladi. Silosbop ekinlarni yig'ishda KIR-1,5G va KKU-2 kombaynlaridan foydalaniladi. Bu mashinalar ko'p o'tlarni bir yo'la o'rib, maydalaydi va transport vositalariga yuklaydi.

KIR-1,5 o't o'rgichni bolgariyalik konstruktorlar ixtiro qilgan bo'lib, bizda keng qo'llaniladi (2.8.1-rasm). Mashinaning asosiy ish organi to'rtta qirquvchi plastinka shakldagi pichoqqa ega bo'lgan baraban hisoblanadi. Kosilka ramasiga tarqatish reduktori o'rnatilgan bo'lib, kardanli val orqali traktorning quwat olish validan harakatni olib, kontur yuritma va tasmali uzatma yordamida barabanni harakatga keltiradi.

Baraban pichoqlari bilan teskari qirquvchi plastinkalar orasida 12... 18 mm tirqish bo'lishi kosilkaning ishlashini ta’minlaydi. Bu masofa lyukdan teskari qirqish plastinkasini siljitish yo'li bilan rostlanadi.
Maydon birligidan yig'ib olinadigan pichanning miqdori va sifati o'rish balandligiga bog'liq. O'tlar pastdan o'rilsa, ko'p pichan yig'iladi, uning oziqlik qiy­mati ortadi. Ammo juda pastdan o'rilsa, ya’ni o'tlarning hamma bargi va kurtaklar o'rilib ketsa, ular sekin-asta o'sadi va keyingi yillar hosili kamayib ketadi.

Pichanni yig'ishtirib olishda uyumlarni to'g'ri chiziq bo'ylab joylashtirishga e’ti- bor berish kerak. Agar ko'ndalang xaskashlardan mashinalar va o'roq mashina hamda ezadigan mashinadan iborat kombinirlangan agregatlar ishlatiladi. O'rilgan o'tlar mashina bilan eziladi va ang'izga bir tekis qalinlikda yoyiladi. Bosib ezilgan o't po- yalari bir tekis quriladi. O'rilgan o'tlar tez qurishi uchun namligi 30% ga kelguncha xaskashdan bir necha marta ag'darilacli. Pichanning namligi 25—26% bo'lganda uyumlay boshlanadi. Uyumda 20—22 % namlikka kelguncha qurigan pichan g'aram- lanadi, press mashinada toy qilib presslanadi va bostirmalarga joylanadi.

Aktiv shamollatishdan foydalanib, o'tlarning sochma pichanini tayyorlash usuli mamlakatimizning barcha zonalarida qo'llaniladi. Bu usul sifatli pichan olishga imkon beradi, o'rilgan o'tlarning dalada qolish vaqtini qisqartiradi. Bu texnologiya o'tlarni pichan uchun o'rishni patok usulida amalga oshirishga imkon beradi. Dukkakli o'tlar g'unchalash davrida va gullay boshlaganda o'rib olinib, poyasi albatta eziladi. So'ngra o'rilgan massa dastlabki o'rilgan joyda 50—55% namlikka kelguncha quritiladi. O'tlar tez qurishi uchun ob-havo sharoitiga qarab, 1,2 marta ag'dariladi. So'ligan o'tlar xaskashda yig'ib uyumlanadi. G'alladosh o'tlar boshoqlashi davrida o'riladi, bular ezilmaydi. Bir kun davomida ular ag'darib turiladi, so'ngra uyumlana­di. Uyumdagi pichan 40—45 % namlikka kelguncha qurigandan keyin g'amlagichda

1—asosiy rama; 2—yordamchi rama; 3—saqlash tortqilari; 4—tishli g‘ildiraklar joylashgan quti;

5—to'rt rotorli qirqish apparati; 6—ayirgich.
yoki yuklagichda transport vositalariga ortiladi, so'ngra saqlash joyiga tashiladi. O'ril­gan massani aktiv shamollatish uchun havo taqsimlagich qurilmadan yoki shamol- latish agregatning harakatlanuvchi havo taqsimlagichdan foydalaniladi. Bir qator xo'jaliklarda VPT-600 harakatlanuvchi havo isitkich ishlatiladi va o'tlar goh issiq, goh oddiy havoda navbat bilan shamollatiladi. Turli havo isitkichlardan foydalanish mas­sani quritish vaqtini 2—3 marta qisqartiradi.

Maydalangan pichan tayyorlashda o'rib olingan dukkakli o'tlar massasi aktiv shamollatish psulidagi kabi bosib eziladi. Dukkakli g'alladosh o'tlar ham uyumda so'litiladi, so'ngra yig'ib olinib maydalanadi va maxsus maydalagich-yuklagich mashinasida, o't uyumini olish uchun moslamasi bo'lgaYi silos yig'ish kombaynlarida yoki maydalagich yig'gichda transport vositalariga ortiladi. So'litilgan va maydalan­gan o'tlar massasi pichan saqlanadigan minoralarga joylanadi va aktiv shamollatish yordamida qavatma-qavat quritiladi. Agar pichan saqlanadigan maxsus minora bo'lmasa so'litilgan va maydalangan o'tlar massasi g'aramda yoki bostirmalarda ochiq havoda aktiv shamollatish yordamida yetiltirib quritiladi. Bunda ham pichan qa­vatma-qavat quritiladi, qavatlar qalinligi 2 m dan oshmasligi kerak.

O'tlar pichanini toy qilib presslab yig'ib olish texnologiyasi ularni traktor o'roqda o'rib, traktor xaskashda yig'ib olib uyumlashni o'z ichiga oladi. Uyumdagi massa 20—22 % namlikda quritiladi, so'nga traktor press mashinada yig'ib, toy qilib presslanadi. Maxsus qurilma yordamida ular traktor pritsepiga ortiladi va saqlash joyiga tashiladi. Agar toylardagi pichanning namligi 23% dan yuqori bo'lsa, aktiv shamollatish bilan yana quritiladi, bunda presslangan pichanni quritish uchun maxsus havo taqsimlagich qurilma talab etilmaydi. Toylarni maydonchada shunday joylashtirish kerakki, gramm yoki shtabel asosida bo'yi 1 m va eni 0,9 m bo'lgan quvur hosil bo'lsin. 5—6 m qalinlikda joylashgan toylar ventilatori shamolida 18—20 % namlikkacha quritiladi.


Download 17,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish