Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navbahor tumani kasb-hunar maktabi "tasdiqlayman"



Download 17,52 Mb.
bet211/244
Sana05.01.2022
Hajmi17,52 Mb.
#318172
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   244
Bog'liq
mashina tarktor O'MT

Nazorat savollari

  1. Shudgor qanday pluglarda va qanday chuqurlikda haydaladi?

  2. Makkajo'xori qanday chuqurlikda va qanday seyalkalarda ekiladi?

  3. Makkajo'xorini parvarish qilishga qanday ishlar kiradi?

  4. Makkajo'xorini o'rib-yig'ib olishda qaysi mashinalar ishlatiladi?

  5. Makkajo'xorini donga o'rish texnologiyasi qanday?

  1. BIR VA KO‘P YILLIK 0‘TLAR YETISHTIRISH VA YIG'IB OLISH

Bir va ko'p yillik o'tlar respublikamizning barcha viloyatlarida pichan, senaj, vitaminli o't uni, ko'kat oziq va silos uchun ishlatiladi.

Beda pichanini yetishtirish. Bedaning qishloq xo'jaligida ayniqsa chorvachilik- da ahamiyati yuqori bo'lib, almashlab ekishda asosiy ekin hisoblanib, ko'p hosilli, sermahsul ozuqabop o'simlikdir.

Bedani yuqori agrotexnika asosida parvarish qilinganda tuproqda organik mod- dalar (azot) ko'p to'planadi, uning fizikaviy va kimyoviy holati yaxshilanadi, foydali mikroorganixmlarning faoliyati kuchayadi, tuproqning unumdorligi oshadi va nihoyat, bedadan keyin ekilgan ziroatlar serhosil bo'ladi.

^Respublikamizning turli tuproq iqlimi sharoitida beda ekib ko'p ozuqa, pichan poyalari hamda beda urug'lik hosili olish imkoni bor.

Keyingi paytda beda pichaniga hamda beda urug'chiligiga e’tibor kamayib ketdi.T

Almashlab ekish dalalarida bedaning salmog'i pasayib, asosan g'alla tizimlari qo'llanila boshlandi, lekin tuproqning unumdorligini oshirish, biologik azot to'plami va ko'p ijobiy tomonlari jihatidan bedaga teng keladigani kam.

iBedani bir yillik don, makkajo'xori, sudano't ekinlariga qo'shib ekish maqsadga muvofiq. /

Bir yillik va ko'p yillik o'tlar urug'i ekiladigan maydonlar begona o'tlar va g'o'zapoyalardan yaxshilab tozalanib shudgor qilingan yerlarga ekiladi.

Yerlarni asosan noyabr va kechi bilan dekabrning birinchi o'n kunligida yoki mumkin qadar quruqroq va eng qulay muddatda shudgorlash lozim. Shudgorlashni PYA-3-35 rusumli ikki qavatli plug bilan 30—35 sm, imkoniyat bo'lsa 35—40 sm chuqurlikda haydash yaxshi natija beradi.

Shudgorlangan yerlar P-4 rusumli keng qamrovli tekislagichlar yordamida te- kislanadi. Chunki yer yaxshi tekislanmasa ekilgan urug'ning amal davri davomida suv to'planib qolgundek bo'lsa, o'sha yerdagi beda ildizi quriydi.

O't ekiladigan yerlarga mineral va organik o'g'itlar solinadi. G'allali o't eki­ladigan yerga azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlar, dukkakli va dukkakli-g'allali o'tlar aralashtirib ekiladigan yerga kaliyli va fosforli o'g'it solinadi. Fosforli va kaliyli o'g'itni kuzda yerni shudgorlashdan oldin, azotli o'g'itni esa bahorda yerni kulti- vatsiyalashdan oldin solish maqsadga muvofiqdir.

O'g'it solish normasi muayyan tumanda qabul qilingan agrotexnikaviy qoidalarga muvofiq belgilanadi. Begona o't bosmagan maydonlar ekin ekish oldidan yaxshilab tayyorlangandan keyin o'tlar yoppasiga qatorlab ekiladi.

Ayrim zonalarda urug'lik olish uchun o'tlar keng qatorlab ekiladi. Dukkakli o'tlar urug'ini ekishdan oldin nitrogin bilan ishlash maqsadga muvofiqdir.

O'tlar urug'ini ekish normasi tuproq, iqlim sharoitiga ekish usuliga ko'ra turli normalarda ekiladi.

Yppasiga qatorlab ekishda Iga maydonga: 10—15 kg qo'noq, 15—20 kg sudano't, 20—30 kg jo'xori, 80—90 kg boshoqli don, 12—16 kg beda ekiladi. O'tlar urug'i bahorda 1,5—2,0 sm, kuzda 2 sm chuqurlikda ekilishi kerak.

SZT-3,6 seyalka gidrofitsirlangan bo'lib, osma va pritsep holda ishlatish mumkin; nazorat va signal berish moslamasi bo'lib, traktorchiga urug' ekishni va soshniklarni qancha chuqur tushishini nazorat qilib borishiga imkon beradi; o'tlar urug'ini ekish bilan bir vaqtda yerga o'g'it solinadi; seyalkaning qamrov kengligi3—6 m, u 3,33—4,17 m/s (12—15 km/s) tezlikda ishlaydi, qilsimon soshniklarning yurish chuqurligi kichik yuk bilan rostlanadi. Bitta seyalka 14kN klassdagi traktor­ga agregatlanadi, ish unumi 4 ga/s gacha.

Agar urug‘ ekish davrida yerga o‘g‘it solinmasa, seyalka yashigini o'rta to‘sig‘idagi teshikli zaslonkasi olinib, o'g'it tashlaydigan apparatning hamma teshiklari maxsus zaslonkalar bilan berkitib qo'yiladi. O'g'it o'rniga sochiluvchan urug' ekish mumkin, ya’ni seyalkada bir vaqtda uch xil urug' ekish mumkin.

Ish boshlashdan oldin seyalka tayyorlanadi va ko'rib chiqiladi, belgilangan urug' ekish va o'g'it tashlash chuqurligida rostlanadi, soshniklar belgilangan qator oralariga mo'ljallab o'rnatiladi va barcha zarur texnologik ishlar bajariladi.

Ekish agregati urug' ekiladigan maydonning kattaligiga, seyalka tortish qarshiligining kattaligiga va traktorning kuchiga qarab komplektlanadi. Osma ekish agregatini yig'ish uchun seyalka tekis maydonga olib chiqiladi. So'ngra traktor osma mexanizmining uzunasiga ketgan tortqilarini birlashtirib, sekin orqaga yur- gizib, traktomi seyalkaga yaqinlashtirish kerak. Traktor o'rnatkich mexanizmining pastki tortqilarini seyalka o'rnatmasining barmoqlariga kiydirib mahkamlanadi. Yuqorigi markaziy tortqi o'rnatkichi stoykasiga birlashtiriladi. Vintlari va yuqorigi rostlash tortqisi uzunligini o'zgartirib, seyalkaga gorizontal holatda saqlanadi. Shundan keyin o'rnatgich mexanizmning pastki tortqisi bilan mahkamlab qo'yila­di, chunki seyalka ishlaganda yoki joylarga jo'natilganda tebranmasligi kerak. Seyalka traktorga to'g'ri osilganligiga ishonch hosil qilish uchun gidrosistema yor­damida uni bir necha marta ko'tarib tushirish kerak. Agar seyalka traktorga tirkalsa, unga tirkama o'rnatiladi. Traktorni asta-sekin orqaga yurgizib, seyalkaga yaqinlashtiriladi, va agregatlanadi. SZT-3,6 seyalkaning tirkama uskunasida 2 ta serga bor: birinchi traktorga, ikkinchisi keng qamrovli agregat bilan ishlashda SP- 16 tirkamaga birlashtiriladi.

Ekish agregatining harakatlanish usuli qamrov kengligiga va urug' ekish usullari- ga bog'liq. 3 tagacha seyalka bilan ishlaydigan agregatlar, odatda, moki usulida, 3 tadan ortiq seyalkali agregatlar tashqariga ag'darib haydash usulida ishlaydi.


Download 17,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish