Buterbrodlar
Buterbrodlar tayyorlash uchun bug‘doy yoki qora bug‘doy unidan bir kun oldin yopilgan nonning jildi bilan yoki jildsiz, 1-1,5 sm qalinlikdagi uzunchoq bo'laklaridan, shuningdek, kesikli nondan, xala, baget, turli luilochkalar, qatlama, pitu, bagetlar, tostlar, qoq pecheniydan foydalaniladi.
Buterbrodlar baliq va go‘shtdan qilingan gastronomiya mahsulotlari, pishloq, tvorog qiyma, povidlo, jem, sabzavotlar, mevalar, tuxum, yog‘li aralashmalar va pastalar, vajular bilan tayyorlanadi. Buterbrodlar uchun ino‘ljallangan, ta’mi va rangiga ko‘ra o‘zaro mos bo‘lgan mahsulotlar 1-3 boMakdan yupqa yaproqcha shaklida kesilib, nonning ustiga, uni batamom bekitadigan qilib qo‘yiladi.
Buterbrodlar issiq va sovuq holatda beriladi.
Tayyorlanish usuliga qarab ular ochiq, yopiq (sendvichlar) va gazakbop (kanape) xillarga ajratiladi.
Ochiq buterbrodlar oddiy va murakkab tarzda tayyorlanadi.
Oddiy buterbrodlar uchun 30-40 g li non bo‘lagiga sariyog4 yoki margarin surtilib, ustiga tayyorlab qo‘yilgan mahsulotlar (kolbasa, dudlangan yoki tuzlangan cho‘chqa go‘shti, pishloq, baliq, konserva va h.) qo‘yiladi. Tuzlangan yoki yog‘li mahsulotli buterbrodlami qora nonda tayyorlab (keta uvildirig‘i, seld, kilkalar, to‘shgo‘shti yoki dudlangan cho‘chqayog‘i bilan), sariyog4 bilan bezash yoki sariyog‘siz tayyorlash mumkin.
Uvildiriqli buterbrodlar. Keta uvildirig‘i yoki donador uvildiriq non bo‘lagi ustiga qoshiq bilan solinadi. Usti yoki yoni sariyog‘dan yasal- gan gul yoki ko‘k piyoz bilan bezatiladi.
Kolbasali (dudlangan yoxud tuzlangan cho‘chqa go‘shti yoki boshqa go‘shtli) buterbrodlar. Non bo‘lagi ustiga parrak qilib kesilgan go‘sht mahsulotlari nondan osilib tushmaydigan qilib qo‘yiladi. Nonga avval sariyog1 surtish, ko‘kat yoki yorqin rangli sabzavot bo‘laklari bilan bezash mumkin. Go‘sht avval qaynatiladi yoki qovuriladi.
Pishloqli buterbrod. Non bo‘laklariga sariyog1 surtilib, ustiga pishloq parraklari nonning sirtini batamom berkitadigan qilib qo‘yiladi (1 tadan qo‘yiladi).
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): rossiya yoxud kostroma pishlog‘i - 21, sariyog1 - 5, non - 30. Tayyor mahsulot chiqishi -55.
Murakkab buterbrodlar uchun mazasi va rangiga ko‘ra bir- biriga mos boTgan 2-3 xil mahsulot tanlab olinadi. Go‘sht yoki baliq mahsulotlariga sabzavotlar, ko'katlar, tuxum, zaytun, marinadlangan yoki yangi chuchuk qalampir va boshqa masalliqlar qo'shimcha qilinadi. Dudlangan yoki tuzlangan cho‘chqa go‘shtli, bujeninali, rostbifli buterbrodlarga yangi bodring, pomidor, mayda bodring, mayonez, yerqalampir qo‘shimcha qilib beriladi. Kilkalar, shprotlar, sardinalar tuxum, limon bilan, rediskali tvorog, pomidor va qizil chuchuk qalampir bilan omixta qilinadi. Murakkab (yoki omixta) buterbrodlar sariyog‘ bilan yoxud qando- latchilik xaltasidan sariyog‘li aralashmalar bilan bezatiladi.
Yopiq buterbrodlar (sendvichlar). Non jildidan tozalanib, 0,5 sm qalinlikda parrak qilib kesiladi, sariyog4 (sariyog‘ning ketchup, gorchitsa, mayonez, yerqalampir bilan aralashmasi) surtilib, ustiga yupqa qilib kesilgan go‘sht yoki baliq mahsulotlari qo‘yiladi va tepasidan sariyog‘ surtilgan non parraklari bilan bekitiladi, bosib zichlanadi, sovitiladi, keyin to‘rtburchak, kvadrat yoki uchburchak shaklidagi buterbrodlarga kesib bo‘linadi. Sendvichlar ko‘p qatlamli qilib ham tayyorlanadi. Buning uchun pazandalik mahsulotlari, turli salatlar, omletlar, qaynatib yoki qovurib pishirilgan mol yoxud parranda go‘shti, pashtet va buterbrod pastala- ridan foydalaniladi. Bu masalliqlarning mazasi tarkibiy mahsulotlamikiga mos bo‘lishi kerak, shunda xilma-xil sendvichlar tayyorlash mumkin bo‘ladi. Pastalar tayyorlash uchun go‘sht yoki baliq mahsulotlari, konservalar, pishloq, tuxum, ko‘k piyoz yaxshilab maydalanadi, sariyog1, yaxna qaylalar, tuz, murch va boshqa dorivorlar qo‘shilib, aralashtiriladi.
Sendvichlar quvvatli va quvvatsiz boiishi mumkin. Ular gazak sifatida yoki alohida taom sifatida suzib beriladi.
Issiq sendvichlar, gamburgerlar, chizburgerlar, xot-doglar butun jahon miqyosida keng shuhrat qozongan. Ular qovurilgan go‘sht qiymadan tayyorlangan bifshteks yoki sosiskalar aralashmasidan iborat boiib, bo‘ylamasiga kesib ikkiga bo‘lingan kunjutli dumaloq (yoki sosiskalar uchun uzunchoq) bulochkaning ichiga joylashtiriladi. Gamburgerlarga doiracha qilib kesilgan pomidor, piyoz, salat, pishloq yaproqchalari, sarimsoqpiyoz va o‘tkir dorivorlar, mayonez, smetana, ketchup, yogurt, zaytun, yerqalampir va hokazolar qo‘shib beriladi.
Pita achitqili xamirdan qilingan yassi uzunchoq non yoki dumaloq obi nondan iborat boiib, yopish vaqtida shishib, sovigandan so‘ng esa cho‘kadi va ichida cho‘ntak hosil boiadi. Isitilgan pitani yon tomoni- dan kesib, boyagi cho‘ntagi tayyorlab qo‘yilgan salat, pishloq, qovurilgan go‘sht yoki parranda go‘shti, qaylali go‘sht qiyma yoxud akvadoli dudlangan yoinki tuzlangan cho‘chqa go‘shti va boshqa mahsulotlar bilan toidiriladi.
Gazak buterbrodlar (kanape). Ular jildsiz nonda, tostlarda, qovurilgan nonda, qoq pecheniyda uzunligi yoki diametri 3,5-5 sm boigan ki- chik gummalar ko‘rinishida tayyorlanadi. Kokteyllarga, alkogolli ichimliklarga, choy va qahvaga, bayram dasturxoniga gazak sifatida beriladi, chunki chiroyli boigani uchun dasturxonni bezaydi.
Suvi qochgan nondan eni 4 sm, qalindigi 0,5-0,7 sm bo‘lgan uzun (15 sm gacha) bo‘laklar kesib olinib, sariyog4 yoki sariyog‘li aralashmalar surtiladi va ustiga qator qilib pishloq, tuzlangan yoki dudlangan cho‘chqa go‘shti, tuxum, chuchuk qalampir yoki rangi bo‘yicha navbati bilan har xil baliq turlari hamda uvildiriqlar, ko‘k piyoz, sariyog‘ qo‘yiladi. Sovigach, kichik buterbrodlarga kesib bo‘linadi. Go‘sht yoki baliq mahsulotlari bir- birining ustiga minoracha ko‘rinishida qo‘yilib,sabzavot yoxud mevalar bilan bezaladi va kokteyl sixi yordamida o‘zaro mahkamlanadi. Mazkur kichik gazak (3,5 sm) kokteylga qo‘shib beriladi.
Gazak buterbrodlar idish yoki vazaga suzilib, salfetka bilan berkitiladi va ko‘katlar bilan chiroyli qilib bezatiladi.
.
Sovuq taom va gazak larni tayyorlash texnologiyasi.
Buterbrodlar tayyorlash uchun bug'doy yoki qora bug‘doy unidan bir kun oldin yopilgan nonning jildi bilan yoki jildsiz, 1-1,5 sm qalinlikdagi uzunchoq bo‘laklaridan, shuningdek, kesikli nondan, xala, baget, turli bulochkalar, qatlama, pitu, bagetlar, tostlar, qoq pecheniydan foydalaniladi.
Buterbrodlar baliq va go‘shtdan qilingan gastronomiya mahsulotlari, pishloq, tvorog qiyma, povidlo, jem, sabzavotlar, mevalar, tuxum, yog‘li aralashmalar va pastalar, vajular bilan tayyorlanadi. Buterbrodlar uchun mo‘ljallangan, ta’mi va rangiga ko‘ra o‘zaro mos boigan mahsulotlar 1-3 boiakdan yupqa yaproqcha shaklida kesilib, nonning ustiga, uni batamom bekitadigan qilib qo‘yiladi.
Buterbrodlar issiq va sovuq holatda beriladi.
Tayyorlanish usuliga qarab ular ochiq, yopiq (sendvichlar) va gazakbop (kanape) xillarga ajratiladi.
Ochiq buterbrodlar oddiy va murakkab tarzda tayyorlanadi.
Oddiy buterbrodlar uchun 30-40 g li non boMagiga sariyog‘ yoki margarin surtilib, ustiga tayyorlab qo‘yilgan mahsulotlar (kolbasa, dudlangan yoki tuzlangan cho‘chqa go‘shti, pishloq, baliq, konserva va h.) qo‘yiladi. Tuzlangan yoki yog‘li mahsulotli buterbrodlami qora nonda tayyorlab (keta uvildirig‘i, seld, kilkalar, to‘sh go‘shti yoki dudlangan cho‘chqa yog‘i bilan), sariyog4 bilan bezash yoki sariyog‘siz tayyorlash mumkin.
Uvildiriqli buterbrodlar. Keta uvildirig"i yoki donador uvildiriq non bo‘lagi ustiga qoshiq bilan solinadi. Usti yoki yoni sariyog‘dan yasal- gan gul yoki ko‘k piyoz bilan bezatiladi.
Kolbasali (dudlangan yoxud tuzlangan cho'chqa go‘shti yoki boshqa go‘shtli) buterbrodlar. Non bo‘lagi ustiga parrak qilib kesilgan go‘sht mahsulotlari nondan osilib tushmaydigan qilib qo‘yiladi. Nonga avval sariyog4 surtish, ko‘kat yoki yorqin rangli sabzavot bo‘laklari bilan bezash mumkin. Go‘sht avval qaynatiladi yoki qovuriladi.
Pishloqli buterbrod. Non bo‘laklariga sariyog4 surtilib, ustiga pishloq parraklari nonning sirtini batamom berkitadigan qilib qo4yiladi (1 tadan qo4yiladi).
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): rossiya yoxud kostroma pishlog‘i - 21, sariyog' - 5, non - 30. Tayyor mahsulot chiqishi -55.
Murakkab buterbrodlar uchun mazasi va rangiga ko4ra bir- biriga mos bo4lgan 2-3 xil mahsulot tanlab olinadi. Go4sht yoki baliq mahsulotlariga sabzavotlar, ko‘katlar, tuxum, zaytun, marinadlangan yoki yangi chuchuk qalampir va boshqa masalliqlar qo4shimcha qilinadi. Dudlangan yoki tuzlangan cho4chqa go‘shtli, bujeninali, rostbifli buterbrodlarga yangi bodring, pomidor, mayda bodring, mayonez, yerqalampir qo‘shimcha qilib beriladi. Kilkalar, shprotlar, sardinalar tuxum, limon bilan, rediskali tvorog, pomidor va qizil chuchuk qalampir bilan omixta qilinadi. Murakkab (yoki omixta) buterbrodlar sariyog4 bilan yoxud qando- latchilik xaltasidan sariyog‘li aralashmalar bilan bezatiladi.
Yopiq buterbrodlar (sendvichlar). Non jildidan tozalanib, 0,5 sm qalinlikda parrak qilib kesiladi, sariyog1 (sariyog‘ning ketchup, gorchitsa, mayonez, yerqalampir bilan aralashmasi) surtilib, ustiga yupqa qilib kesilgan go‘sht yoki baliq mahsulotlari qo‘yiladi va tepasidan sariyog‘ surtilgan non parraklari bilan bekitiladi, bosib zichlanadi, sovitiladi, keyin to‘rtburchak, kvadrat yoki uchburchak shaklidagi buterbrodlarga kesib boMinadi. Sendvichlar ko‘p qatlamli qilib ham tayyorlanadi. Buning uchun pazandalik mahsulotlari, turli salatlar, omletlar, qaynatib yoki qovurib pishirilgan mol yoxud parranda go‘shti, pashtet va buterbrod pastala- ridan foydalaniladi. Bu masalliqlaming mazasi tarkibiy mahsulotlarnikiga mos bo‘lishi kerak, shunda xilma-xil sendvichlar tayyorlash mumkin bo‘ladi. Pastalar tayyorlash uchun go‘sht yoki baliq mahsulotlari, konservalar, pishloq, tuxum, ko‘k piyoz yaxshilab maydalanadi, sariyog4, yaxna qaylalar, tuz, murch va boshqa dorivorlar qo‘shilib, aralashtiriladi.
Sendvichlar quvvatli va quvvatsiz bo‘lishi mumkin. Ular gazak sifatida yoki alohida taom sifatida suzib beriladi.
Issiq sendvichlar, gamburgerlar, chizburgerlar, xot-doglar butun jahon miqyosida keng shuhrat qozongan. Ular qovurilgan go‘sht qiymadan tayyorlangan bifshteks yoki sosiskalar aralashmasidan iborat bo‘lib, bo‘ylamasiga kesib ikkiga bo‘lingan kunjutli dumaloq (yoki sosiskalar uchun uzunchoq) bulochkaning ichiga joylashtiriladi. Gamburgerlarga doiracha qilib kesilgan pomidor, piyoz, salat, pishloq yaproqchalari, sarimsoqpiyoz va o‘tkir dorivorlar, mayonez, smetana, ketchup, yogurt, zaytun, yerqalampir va hokazolar qo‘shib beriladi.
Pita achitqili xamirdan qilingan yassi uzunchoq non yoki dumaloq obi nondan iborat bo‘lib, yopish vaqtida shishib, sovigandan so'ng esa cho‘kadi va ichida cho‘ntak hosil bo‘ladi. Isitilgan pitani yon tomoni- dan kesib, boyagi cho‘ntagi tayyorlab qo‘yilgan salat, pishloq, qovurilgan go‘sht yoki parranda go‘shti, qaylali go‘sht qiyma yoxud akvadoli dudlangan yoinki tuzlangan cho‘chqa go‘shti va boshqa mahsulotlar bilan to‘ldiriladi.
Gazak buterbrodlar (kanape). Ular jildsiz nonda, tostlarda, qovurilgan nonda, qoq pecheniyda uzunligi yoki diametri 3,5-5 sm bo‘lgan kichik gummalar ko‘rinishida tayyorlanadi. Kokteyllarga, alkogolli ichimliklarga, choy va qahvaga, bayram dasturxoniga gazak sifatida beriladi, chunki chiroyli bo‘lgani uchun dasturxonni bezaydi.
Suvi qochgan nondan eni 4 sm, qalindigi 0,5-0,7 sm boMgan uzun (15 sm gacha) bo‘laklar kesib olinib, sariyog4 yoki sariyog‘li aralashmalar surtiladi va ustiga qator qilib pishloq, tuzlangan yoki dudlangan cho‘chqa go‘shti, tuxum, chuchuk qalampir yoki rangi bo‘yicha navbati bilan har xil baliq turlari hamda uvildiriqlar, ko‘k piyoz, sariyog4 qo‘yiladi. Sovigach, kichik buterbrodlarga kesib bo‘linadi. Go‘sht yoki baliq mahsulotlari bir- birining ustiga minoracha ko‘rinishida qo'yilib,sabzavot yoxud mevalar bilan bezaladi va kokteyl sixi yordamida o‘zaro mahkamlanadi. Mazkur kichik gazak (3,5 sm) kokteylga qo4shib beriladi.
Gazak buterbrodlar idish yoki vazaga suzilib, salfetka bilan berkitiladi va ko‘katlar bilan chiroyli qilib bezatiladi.
Salatlar
Salatlar xom yoki qaynatib pishirilgan, tuzlangan, marinadlangan, konservalangan, tez muzlatilgan sabzavotlar, mevalar, qo‘ziqorinlardan tayyorlanadi. Ularning ayrimlari tarkibiga baliq, dengiz mahsulotlari, go‘sht, parranda go‘shti, tuxum ham kiradi. Salatlarga smetana, mayonez, dorivorlar, o‘simlik yog4i qo‘shiladi. Salatdonlarga, gazak taqsimchalariga 200, 150, 100 g dan suzib beriladi. Yorqin rangli sabzavotlar, ko‘katlar bilan bezatiladi. Salatlardan yaxna va issiq taomlarga garnir sifatida foydalanish ham mumkin.
Xom sabzavotlardan qilinadigan salatlar sabzavotlarning bir turi yoki bir necha turidan tayyorlanadi.
Ko‘kat salat. Kohuning yoki xitoy karamining quritilgan barglari bir necha bo'laklarga bo‘linadi, qalin qismi mayda to‘g‘raladi, idishga solinib, ustiga smetana yoxud salatbop dorivor qo‘yiladi. Qaynatib pishirilgan tuxum doirachalari yoki pallachalari bilan bezash mumkin.
Yangi bodringdan tayyorlanadigan salat. Bodringlar palladia yoki doiracha qilib to‘g‘raladi, idishga solinib, ustiga smetana yoxud salatbop dorivorlar qo‘yiladi, barra kohu bilan bezatiladi.
Yangi pomidordan qilinadigan salat. Pomidorlarning mevabandi olib tashlanib, doiracha yoki palladia qilib to‘g‘raladi. Ko‘k piyoz mayda to‘g‘raladi. Sabzavotlar idishga solinib, ustiga salatbop dorivorlar yoki salat qo‘yiladi. Salatni piyozsiz, ammo yangi bodring bilan tayyorlash mumkin.
Ko‘k piyozdan salat tayyorlash. Ishlovdan o‘tkazilgan ko‘k piyoz uncha katta bo‘lmagan halqalar ko‘rinishida to‘g‘ralib, ustiga smetana quyiladi, tuxum pallachalari bilan bezatiladi.
Rediskadan salat qilish. Tayyorlangan rediskalar doiracha yoki yaproqchalar shaklida to‘g‘ralib, salatdonga solinadi, ustiga smetana quyiladi, pishgan tuxum doirachalari bilan bezatiladi, mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz sepiladi.
Yangi sabzavotlardan tayyorlangan salatlarga tuz, shirasi keskin (tez) ajralib chiqmasligi va oziq moddalari kamaymasligi uchun salatni suzib berish vaqtida qo‘shiladi. Tayyorlash jarayonida tuz sabzavotlarni (karam, rediskani) yumshatish maqsadida qo‘shiladi.
«Vesna» salati. Yangi bodring va rediskalar yaproqcha yoki doiracha qilib to‘g‘raladi-da, salatdondagi kohu barglari ustiga solinib, ustiga smetana quyiladi, mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz sepiladi va pishgan tuxum doirachalari bilan bezatiladi, tuxumni toj shaklida kesish ham mumkin. Smetanani quyishdan oldin unga tuz va shakar qo‘shsa bo‘ladi.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): barra kohu-292, to‘g‘ralgan qizil rediska-215, yangi bodring -250, ко1 к piyoz -125,2,5 ta tuxum, smetana
200. Tayyor mahsulot chiqishi - 1000.
Oq bosh karamdan tayyorlanadigan salat. Ishlov berilgan karam kokila qilib to‘g‘raladi, kastrulka yoki qozonga solinib, tuz qo‘shiladi va karam shirasi chiqquncha ezg‘ilanadi-da, sirka, shakar hamda o‘simlik yog‘i qo‘shiladi. Bu usulda tayyorlaganda karam shirasi bilan birga unda eriydigan vitaminlarini (ayniqsa, С vitaminini) yo‘qotadi, shu sababli salatni karamni unga tuz va sirka qo‘shgan holda, yarim yumshoq holatga kelguncha qizdirib tayyorlash mumkin. Keyin karam sovitilib, unga kokila qilib to‘g‘ralgan xom sabzi yoki mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz, shakar hamda o‘simlikyog‘i qo‘shiladi. Salatni klyukva, marinadlangan, ho‘llangan yoki yangi olma, yoki olxo‘rilar bilan bezatish mumkin. Salatdan garnir sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Salatni zich oq bosh karamdan tayyorlash lozim.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): yangi karam - 848, ko‘k piyoz yoki sabzi - 125, klyukva - 105, 3% li sirka - 100, shakar - 50, o‘simlik yog‘i - 50. Tayyor mahsulot chiqishi - 1000.
Qizil bosh karamdan qilinadigan salat. Tayyorlangan karam kokila qilib to‘g‘raladi, qaynoq suvda yuviladi, sovitiladi, chovliga solinab, enli idishga to‘kiladi. Karamga tuz qo‘shilib, yumshaguncha ezg‘ilanadi, sirka, shakar, o‘simlik yog‘i qo‘shiladi va 2-3 soat sovitiladi. Salatdonga uyib suzib beriladi yoki yaxna va issiq taomlarga murakkab garnirning tarkibiy qismi sifatida foydalaniladi. Tayyor boTgan salatning rangi to‘q qizil bo‘lmog‘i kerak.
Vitaminli salat. Ko'k piyoz halqacha qilib to‘g‘raladi. Xom oq bosh karam, sabzi, tozalangan va urug‘lari olib tashlangan olmalar yupqa kokila qilib to‘g‘ralib, piyoz, limon sharbati (yoki o‘simlik yog‘i), konservalangan kompot suvi, shakar, musallas, smetananing bir qismi qo‘shiladi va ehti- yotlik bilan aralashtiriladi. Salat salatdonga solinib, konservalangan mevalarning kesilgan pallachalari, ko‘kat bilan bezatiladi, ustiga smetana quyiladi. Bu salatni karamsiz, seldir, pomidor, bodring, ko‘k no‘xat, chuchuk qalampir va yangi mevalardan foydalanib ham tayyorlash mumkin.
«Letniy» salati. Yangi kartoshka qaynatib pishiriladi-da, sovitiladi, bir qismi yaproqcha shaklida, qolgani doiracha shaklida to‘g‘raladi. Yangi bodringlarning bir qismi yaproqcha qilib to‘g‘ralgan kartoshka, ko‘k no‘xat yoki konservalangan loviya, mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz, tuz, murch, smetana qo‘shilib, hammasi aralashtiriladi-da, salatdonga solinadi, kartoshka va bodring doirachalari, pomidor hamda tuxum pallachalari, ko‘kat bilan bezatiladi. Suzib berishdan oldin qog‘oz xaltachadan smetana quyiladi. Salatga istalgan tomatli tayyor qayla qo‘shish (5 g) mumkin.
Tuzlangan karamdan salat tayyorlash. Karamni siqib namakobdan xoli qilinadi, yirikbo‘laklarga to‘g‘raladi. Po‘sti va urug‘laridan tozalangan yangi olmalar kokila qilib to‘g‘raladi-da, karam bilan aralashtiriladi, shakar va o‘simlik yog‘i qo‘shiladi. Salat salatdonga suzilib, ustiga mayda to‘g‘ralgan piyoz sepib beriladi. Salatni yangi yoki marinadlangan mevalar bilan ham tayyorlash mumkin.
Kartoshka salat. Kartoshka po‘sti bilan qaynatib pishiriladi, sovitilib, yaproqchalar shaklida to‘g‘raladi. No‘shpiyoz yupqa yaproqcha qilib to‘g‘raladi-da, kartoshkaga solinadi, tuz, murch, smetana yoki salatbop ziravorlar qo‘shilib, aralashtiriladi, suzib berishdan avval idishga solinadi. Kartoshka salatni mayda, to‘g‘ralgan ko‘k piyoz bilan, shuningdek, ushbu masalliqlardan biri: qaynatib pishirilgan sabzi, tuzlangan karam, tuzlangan bodring, qo‘ziqorin, seld va dengiz mahsulotlarini qo‘shib ham tayyorlash mumkin.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): kartoshka - 1155, ko‘k piyoz - 213 yoki no‘shpiyoz-202, smetana yoxud salatbop ziravor, yoinki mayonez
150. Tayyor mahsulot chiqishi - 1000.
Kalmarli yoki dengiz tojbalig‘ili kartoshka salat. Dengiz tojbalig‘i yoki kalmar go‘shti tuzli suvda 5 min qaynatiladi, shu suvning o‘zida sovitilib, yupqa yaproqcha ko‘rinishida to‘g‘raladi, bir qismi salatni bezash uchun qoldiriladi. Qaynatib pishirilgan yoki konservalangan dengiz mahsulotlari kartoshka salatning sabzavotlar to‘plamiga aralashtirilib, smetana yoki mayonez, yoxud salatbop dorivorlar qo‘shiladi, salatdonga solinadi-da, kalmar yoinki dengiz tojbalig‘i go‘shti boMaklari, pomidor, ko‘kat salat bilan birga suzib beriladi.
Baliq salat. Qaynatib pishirilgan kartoshka, tuzlangan bodringlar yaproqcha yoki kubik qilib to‘g‘ralib, konservalangan ko‘k no‘xat, tuz, murch, mayonez qo‘shiladi va aralashtiriladi. Salatdonga uyib solinib, ustiga qaynatib pishirilgan yoki konservalangan baliqning uzunchoq boMaklari qo‘yiladi. Kohu barglari, bodring, pomidor bilan bezatilib, ustiga mayonez quyib beriladi. Baliq salatni dengiz mahsulotlari bo‘lakchalari, zaytunlar, qiymali zaytunlar, sariyog‘ yoki uvildiriq yog‘i bilan bezatish ham mumkin. Salatga «Yujniy» yoki «Ketchup» qaylasi qo‘shsa ham bo‘ladi.
Qisqichbaqali salat. Qaynatib pishirilgan kartoshka va sabzi, tuzlangan yoki yangi bodringlar mayda kubik qilib to‘g‘raladi. Sabzavot- larning bir qismi ko‘k no‘xat, konservalangan qisqichbalarning mayda bo‘laklari bilan qo‘shilib, tuz, mayonez solinadi hamda salatdonga uyib suziladi-da, ustiga yirik qisqichbaqa boMaklari qo‘yiladi. Salat ustiga mayonez quyilib, atrofiga qolgan sabzavotlar pastak qilib uyib solinadi. Kohu barglari, ko‘k no‘xat, pomidorlar bilan bezatiladi, ustiga salatbop dorivorlar quyib beriladi.
Krevetkali, langustli, midiyali, kalmarli, dengiz tojbalig‘ili salatlar ham shu tarzda tayyorlanadi.
Go‘shtli salat. Mol go‘shti yoki yog‘siz cho‘chqa go‘shti qaynatib yoxud qovurib pishirilgandan so‘ng sovitiladi-da, uzun parraklar ko‘ri- nishida to‘g‘raladi. Qaynatilgan kartoshka, tuzlangan bodring, mayda go‘sht bo‘laklari yupqa yaproqcha qilib to‘g‘ralib, mayonez qo‘shiladi, kerakli ta’mga keltiriladi («Yujniy» qaylasi, «Ketchup» yoki tomat qaylasi qo‘shish mumkin). Salat salatdondagi kohu barglari ustiga solinib, tepasiga go‘sht yaproqchalari, qisqichbaqa bo‘laklari, yoniga esa pishgan tuxum pallachalari qo‘yiladi. Salat bodring, pomidorlar bilan bezatiladi. Eng ustiga mayonez quyib beriladi.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): qaynatilgan mol go‘shti - 30, qaynatilib, tozalangan kartoshka - 40, yangi yoki tuzlangan bodring - 38, bitta tuxumning 3/8 bo‘lagi, konservalangan qisqichbaqa - 6, mayonez - 30, «Yujniy» qaylasi - 8, salat - 8. Tayyor mahsulot chiqishi - 150.
«Stolichniy» salati. Tovuqning terisiz qaynatilgan to‘sh go‘shti uzun yupqa parraklar ko‘rinishida, go‘shtning boshqa qismlari esa yaproqchalar shaklida to‘g‘ralib, kartoshka va tuzlangan bodring yaproqchalariga (bodring po‘sti va urugMaridan tozalangan bo‘lmog‘i kerak) aralashtiriladi, kohu barglari boMaklari, mayonez qo‘shiladi va kerakli ta’mga keltiriladi.
Aralashma salatdonga solinib, ustiga tovuqning to‘sh go‘shti bo‘laklari, krevetka yoki qisqichbaqalar qo‘yib bezatiladi, yon tomonlariga pishgan tuxum pallachalari, yangi bodringlar, pomidorlar, ko‘katlar qo‘yiladi. Salat tayyorlashda uning miqdoriga va ishlatiladigan idishga qarab boshqa usullardan ham foydalansa bo‘ladi. Salatni yovvoyi qushlar go‘shti bilan ham tayyorlash mumkin.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): tovuq go‘shti - 152 yoki bul- duruq go‘shti - 112 (parranda yoki yovvoyi qushning qaynatib pishirilgan go‘shti - 40), qaynatib pishirilgan, tozalangan kartoshka - 20, tuzlangan yoki yangi bodring - 25, kohu - 14, konservalangan qisqichbaqa - 6, bitta tuxumning 3/8 bo‘lagi, mayonez - 45. Tayyor mahsulot chiqishi - 150.
Dudlangan yoki tuzlangan cho‘chqa go‘shtili va pishloqli salat- kokteyl. Po‘stidan tozalangan bodringlar, pishloq va cho‘chqa go‘shti kokila qilib to‘g‘raladi, fujer yoki kremankaga qavat-qavat qilib solinib, ustidan smetanali mayonez quyiladi. Berish oldidan chuchuk qalampir, tuxumlar, petrushka bargi bilan bezatiladi.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): pishloq - 22, dudlangan yoki tuzlangan cho‘chqa go‘shti - 20,4, bodring - 25, chorakta tuxum, mayonez
15, smetana -10, marinadlangan chuchuk qalampir - 10, petrushka (bargi)
3. Tayyor mahsulot chiqishi - 100.
SHIRIN TAOMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
Tarkibi va tayyorlanish texnologiyasiga ko‘ra xilma-xil bo‘lgan shirin taomlar tarkibida qand moddasi ancha ko‘pligi bilan ajralib turadi, shu tufayli ular xush yoqadigan shirin ta’mga ega bo‘ladi. Shirin ovqatlar tushlik oxirida beriladi, shu bois ular desert yoki uchinchi taomlar deyiladi. Lekin bu taomlarni nonushta, kechki ovqat va alvonchoy vaqtida ham iste’mol qilish mumkin.
Shirin taomlar tayyorlash uchun yangi, quruq (qoqi qilingan) va konservalangan mevalar, meva qiyomlari, sharbatlari, ekstraktidan foydalaniladi. Bu mahsulotlar tarkibida turli mineral moddalar, vitaminlar va oziq kislotalar bo‘ladi. Ayrim ovqatlar tarkibiga oqsil moddalar, yog‘, uglevodlarga boy va katta quvvatga ega bo‘lgan qaymoq, smetana, tuxum, yog‘, yormalar kiradi.
Shirin taomlarga mazasini yaxshilash va ularni xushbo‘y qilish uchun ulaming tarkibiga mayiz, yong‘oq, какао, vanilin, limon kislotasi va boshqa mahsulotlar kiritiladi.
Shirin taomlar suzib berish vaqtidagi haroratga qarab yaxna (10-14 °C) va issiq (55 °C) ovqatlarga bo‘linadi. Ammo ba’zi taomlar issiq holatda ham, sovuq holatda ham suzib berilishi mumkin. Yaxna taomlarga tabiiy yangi (yoki yangiligida muzlatilgan) mevalar; yangi, quritilgan va konservalangan mevalardan qilingan kompotlar; jeleli ovqatlar (lcisel, jele, muss, sambuk, krem); muzlatilgan taomlar (muzqaymoq, plombir; parfe) kiradi. Ushbu taomlarning suzib berish vaqtidagi harorati 4-6 °C dan past emas.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida shirin taomlar yaxna ovqatlar sexining maxsus ajratilgan xonasida tayyorlanadi. Bu xona stollar va sovitkich bilan jihozlanib, ularda faqat yaxna ovqatlar va ularga mo‘ljal- langan masalliqlar saqlanadi, chunki shirin taomlarga har xil hidlar tez o‘tirib qoladi. Shirin ovqatlar tayyorlashda ko‘pirtiradigan, qirg‘ichdan o‘tkazadigan, sharbatni siqib chiqaradigan mashinalar bilan butlangan universal yuritma, shuningdek maxsus idish-tovoqlar hamda anjomlar - qozonlar, kastrulkalar, chuqur tovalar, tunuka tovalar, elaklar, kurakchalar, dasta cho‘plar va qoliplardan foydalaniladi.
Shirin taomlarga mo‘ljallangan masalliqlarga mexanik yo‘l bilan pazandalik ishlovi berish va issiqlik bilan ishlov berish ishlari sabzavot hamda issiq ovqatlar sexlarida amalga oshiriladi.
Yaxna shirin taomlar stakanlar yoki kremankalarda, shuningdek desert taqsimchalari yoxud chuqur idishlarda suzib beriladi.
Issiq ovqatlar chinni taqsimchalar, idishlar, porsiyali tovalarda suzib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |