V. V. Mayskiy



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/182
Sana13.04.2022
Hajmi7,23 Mb.
#548497
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   182
Bog'liq
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima) (1)

LINIMENTLAR
Linimentlar bosh kelishik birlik sonda - 
Linimentum
,
qaratqich kelishigi birlik sonda - 
Linimenti
.
Bu suyuq surtma dori shakli boʻlib, sirtga ishlatiladi. Linimentlar quyuq boʻlishi mumkin, 
lekin tana haroratida erib, suyuq holatga aylanishlari kerak. Bunday linimentlar yumshoq 
dorilar qatoriga kiritiladi.
Hozirgi vaqtda linimentlar tayyor holda ishlab chiqariladi. Ularni tayyorlashda asos sifatida 
suyuq moylar qoʻllaniladi: paxta moyi 
(Oleum Gossypii)
, kungaboqar moyi 
(Oleum 
Helianthi)
, kanakunjut moyi 
(oleum Ricini),
zigʻir moyi 
(Oleun lini)
.
Linimentlar
 ofisinal
va 
magistral
boʻlishi mumkin, bundan tashqari liniment emulsiyalar va 
liniment suspenziyalar ham mavjud.
Retseptda magistral linimentlar kengaytirilgan shaklda, ofisinal linimentlar qisqartirilgan 
shaklda yoziladi. 
Misol.
Tarkibida 5% skipidar va 10% metil salisilati boʻlgan 75,0 linimentga retsept yozilsin. 
Hisob:
skipidar 100,0 – 5,0
75,0 – x 
х=75*5/100=3,75 skipidar 
metilsalisilat 100,0 – 10,0 
75,0 – x 
x=75*10/100=7,5 metilsalisilat
 
 


44 
Manbaa:
@pharma_baza
Rp.: Olei Terebinthinae 3,75 
Methyli salicylatis 7,5 
Olei Gossypii ad 75,0 
M.f. linimentum 
D.S. Jarohatlangan teriga surtish uchun. 
Ofisinal linimentlarga misol.
5% li 25,0 ofisinal sintomisin linimentga retsept yozilsin
yaralarga surtish buyurilsin. 
Rp.: Linimenti Synthomycini 5%-25,0 
D.S. Yaralarga surtish uchun. 
SHAMCHALAR (Suppozitoria) 
Shamcha bosh kelishik birlik sonda - 
Suppositorium
,
qaratqich kelishigi birlik sonda - 
Suppositoria

Dozalarga boʻlingan dori vositasi boʻlib, uy haroratida qattiq, tana haroratida esa erib ketadi. 
Shamchalar mahalliy va rezorbtiv samara olish uchun toʻgri ichak (
suppositoria rectalia
), 
qin (
suppositoria vaginalia
) boʻshligʻiga qoʻyish uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari siydik yoʻllari, bachadon boʻyniga qoyish uchun tayoqchalar (
bacilli
) ham 
mavjud.
Shamchalarni tayyorlashda asos sifatida qitiqlovchi ta‘sirga ega boʻlmagan, tana haroratida 
eriydigan va shilliq qavat orqali yomon soʻriladigan, shuningdek dori moddalari bilan 
kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan asoslar tanlash zarurdir. Bunday talablarga: 
1) kakao moyi (
Oleum Cacao
) va
2) butirol 
(Butyrolum)
;
3) jelatin-gliserinli massa 
(massa Gelatinosa)
;
4) polietilenoksid 
(Polyaethylenoxydum)
;
5) yapon korichnik moyi (
Oleum Cinnamoni pedunculari
) javob beradi. 
Shamchalar shaklida dorilar mahalliy va umumiy ta‘sir uchun qoʻllaniladi. To`gri ichak 
shamchalari rezorbtiv ta‘sir qilish xususiyatiga egadir (umumiy ta‘sir). Shuning uchun ham 
zaharli va kuchli ta‘sir qiluvchi moddalarni shamcha holida ishlatganda ularning miqdori 
terapevtik dozadan oshmasligi kerak. 
To`gri ichak shamchalari konus yoki silindr shaklida boʻlib, ogʻirligi 1,1 dan 4,0 gacha 
boʻladi. Ofisinal turlari 3,0 dan chiqariladi.
Qin shamchalari esa dumaloq (
globuli
) yoki tuxumsimon (
ovula) 
va yassi (
pessaria
) shaklda 
boʻlib, ogʻirligi 1,5 dan 6,0 gacha boʻladi. Ofisinal turlari 4,0 dan chiqariladi. 
Agar retseptda shifokor tomonidan magistral shamchalarning ogʻirligi koʻrsatilmagan boʻlsa, 
ushbu holda ham 4,0 dan tayyorlab beriladi. 


45 
Manbaa:
@pharma_baza

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish