155
Manbaa:
@pharma_baza
Miyoklonik
tutqanoqlar
uchun valproat, klonazepam va lamotrigin ishlatiladi.
Epileptik statusni
yengillashtirish (toʻxtatish)
uchun diazepam, natriy fenitoin va ogʻir
holatlarda tiopental natriy tomir ichiga yuboriladi.
Fenobarbital
(luminal) - bu antiepileptik dorilarning biri. Oʻrtacha dozalarda doimiy
qoʻllanilsa katta tutqanoqlarni oldini oladi, uyqu chaqiruvchi ta‘sirisiz. Fenobarbital ta‘siri
mexanizmi GAMK ta‘sirining kuchayishi (GAMK
A
retseptorlari sezgirligini oshiradi) va
hujayra membranalarini oʻtkazuvchanligiga toʻgʻridan-toʻgʻri ingibirlovchi ta‘siri bilan
bogʻliq.
Fenobarbitalni nojoʻya ta‘siri: tinchlantiruvchi ta‘sir,
uyquchanlik, nistagm,
ataksiya, teri
toshmalari.
Primidon
(geksamidin) kimyoviy tuzilishi jihatidan fenobarbitaldan bir oz farq qiladi. Oz
darajada sedativ ta‘sirga ega.
Fenitoin
(difenin) parsial va tonik-klonik tutqanoqlarda samarali boʻladi (ammo absansda
emas). Odatda fenitoin talvasa holatini oldini olish uchun ogʻiz orqali beriladi. Epileptik
statusda fenitoin natriy tuzi tomir ichiga yuboriladi. Fenitoin ta‘sir mexanizmi uning Na
+
-
kanallarni ingibirlashi bilan bogʻliq (fenitoin Na
+
-kanallarni inaktivatsiyadan keyin
tiklanishini sekinlashtiradi).
Bunday holda, depolyarizatsiya jarayoni buziladi, takroriy
impuls tarqalishi bostiriladi. Kardiomiositlarning Na
+
-kanallari ingibirlashi tufayli
antiaritmik ta‘sirga ega.
Fenitoinning nojoʻya ta‘siri: bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, nistagmus, diplopiya, ataksiya,
titroq,
terida toshmalar, qichishish, gingival giperplaziya, girsutizm; osteomalatsiya,
megaloblastik anemiya ham boʻlishi mumkin. Fenitoin teratogen xususiyatlarga ega.
Karbamazepin
(tegretol, finlepsin) - bu Na
+
kanal ingibitori.
Partsial va tonik-klonik
tutqanoqlar samaralidir. Bundan tashqari, karbamazepin uch shohli nerv nevralgiyasida
ishlatiladigan ogʻriq qoldiruvchi vositalardan biridir.
Karbamazepinning nojoʻya ta‘siri: koʻngil aynishi, bosh ogʻrigʻi, diplopiya, ataksiya,
anemiya, leykopeniya (agranulotsitoz). Karbamazepindan
foydalanganda umumiy qon
tekshiruvi zarur.
Etosuksimid
absansni oldini olish uchun asosiy vositadir. Absanslar talamusdagi T-tipli
Ca
2+
kanallarining faollashishi, harakat potentsiali chegarasining pasayishi va talamus
neyronlarning ritmik zaryad qoldiqlari bilan bogʻliq. Etosuksimid talamus neyronlarning
hujayra membranalaridagi T tipidagi Ca
2+
kanallarini ingibirlaydi.
Etosuksimidning nojoʻya ta‘siri: koʻngil aynishi, qusish, anoreksiya, uyquchanlik, bosh
ogʻrigʻi, fotofobiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, qizarish.
Do'stlaringiz bilan baham: