Teofillin
(dimetilksantin
) yaqqol bronxlarni kengaytiruvchi xususiyatga ega.
Kofeinni, shuningdek koʻp miqdorda choy, qahvani muntazam ravishda iste‘mol qilish asab-
psixik kasalliklarga olib kelishi mumkin; kofeinga qaramlik rivojlanishi mumkin.
Kofein kuchsiz diuretik xususiyatga ega.
Kofein nafas qisilishi, qon aylanishi buzilishi bilan kechadigan holatlarda ishlatiladi. Kofein
nenarkotik analgetiklar va boshqa vositalar bilan birgalikda (masalan, ―Kofetamin‖,
―ketamine‖, ―Piramin‖, ―Pentalgin‖ va b. tabletkalar tarkibida) migren va boshqa sabab
bilan kelib chiqadigan bosh ogʻrigʻi uchun ishlatiladi.
Kofein kam toksik ta‘sirga ega, ammo katta dozalarda - uyqusizlik va koʻngil aynishini
keltirib chiqarishi mumkin.
Uyqusizlikdan aziyat chekadigan odamlarga kofein buyurilmasligi kerak.
Kofein gipertoniya, ateroskleroz, yurak kasalliklarida, glaukomada taqiqlanadi.
12. PSIXOTROP MODDALAR.
Insonning ruhiy va emotsional holatiga ta‘sir koʻrsatuvchi moddalar psixotrop moddalar
deyiladi.
Qoʻllanilishiga koʻra:
1) psixozda qoʻllaniladigan
2) Nevrozda va nevrozga oʻxshash holatlarda qoʻllaniladigan vositalarga boʻlinadi.
Psixoz
(shizofreniya, manik-depressiv psixoz) jiddiy endogen kasallik boʻlib, voqeilikni
yetarli darajada idrok etishi buziladi.
Psixoz gallyutsinatsiyalar, depressiya, manik sharoitlar kabi alomatlar bilan namoyon
boʻlishi mumkin. Asosan Psikozlarda neyroleptiklar, antidepressantlar, lityiy tuzlari
ishlatiladi.
Nevrozlar
-psixik travma chaqiruvchi omillar ta‘sirida yuzaga keladigan qaytar jarayon.
Nevroz holatlarida haqiqatni yetarli darajada idrok etilishi saqlanib qoladi, ammo yetarli
reaksiyaga ega boʻlmaydi Nevrozlar qoʻrquv (fobiya), tashvish, hissiy tanglik, befarqlik
bilan ajralib turishi mumkin. Asosan nevrozlar anksiyolitiklar, sedativlar, psixostimulyatorlar
ishlatiladi.
Neyroleptiklar ogʻir ruhiy kasalliklarda alaxlash va gallyutsinatsiyalarni kamaytiradi
(masalan, shizofreniyada).
Neyroleptiklar va anksiolitiklar qoʻrquv, tashvish, hissiy tanglikni yoʻq qiladi.
Neyroleptiklar, anksiolitiklar va Sedativlar uchun sedativ (tinchlantiruvchi) ta‘sir umumiy
hisoblanadi. Antidepressantlar ruhiy tushkunlikda samarali.
Litiy tuzlari manik holatlarning namoyon boʻlishini zaiflashtiradi.
Psixostimulyatorlar aqliy faoliyatini ragʻbatlantirib, samaradorlikni oshiradi.
Nootrop vositalar ta‘lim jarayonini(aqliy faoliyatni), xotirani yaxshilaydi.
171
Manbaa:
@pharma_baza
Do'stlaringiz bilan baham: |