V. V. Mayskiy


Karvedilolning nojoʻya ta’sirlari



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/182
Sana13.04.2022
Hajmi7,23 Mb.
#548497
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   182
Bog'liq
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima) (1)

Karvedilolning nojoʻya ta’sirlari:
■ bradikardiya,
■ ortostatik gipotenziya,
■ diareya. 
Simpatolitiklar. 
Simpatolitiklar postganglionik (adrenergik) tolalar uchida simpatik innervatsiyani toʻsib 
qoʻyadigan moddalardir. Adrenergik tolalar uchlarini ingibirlash mexanizmlari turli 
simpatolitiklar uchun har xil, ammo ularning ta‘siri natijasi bir xil: simpatolitiklar 
adrenergik nerv uchlaridan noradrenalin mediatorining ajralishini kamaytiradi. Shu bilan 
simpatolitiklar simpatomimetik ta‘sirini susaytiradi. Adrenblokatorlardan farqli oʻlaroq, 
simpatolitiklar adrenergik retseptorlarga ta‘sir qilmaydi va adrenergik agonistlarning ta‘sirini 
susaytirmaydi. Aksincha, simpatolitiklar ta‘sirida adrenomimetiklar odatdagidan koʻra 
kuchliroq
yuzaga chiqadi, chunki mediatorning ajralishi kamayishi bilan adrenergik 
retseptorlari soni koʻpayadi.
Simpatolitiklar, adrenergik nerv uchlarini ingibirlash orqali, simpatik innervatsiyaning yurak 
va qon tomirlariga faollashtiruvchi ta‘siri yoʻq boʻladi. Natijada yurak qisqarishi susayadi va 
sekinlashadi, qon tomirlari kengayadi - qon bosimi pasayadi. Simpatik innervatsiya 
simpatolitiklari tomonidan ingibirlansa, parasimpatik innervatsiya ta‘siri ustun boʻladi. Bu 
bradikardiya, oshqozon-ichak trakti peristaltikasini faollanishi va oshqozon bezlari 
sekretsiyasini kuchayishi bilan namoyon boʻladi. 
Guanetidin
(oktadin, ismelin) - samarali ta‘sir koʻrsatadigan uzoq muddatli antigipertenziv 
vositadir. Dori kuniga bir marta ichga buyuriladi. Gipotenziv ta‘sir asta-sekin rivojlanib, bir 
necha kun qabul qilgandan soʻng maksimal darajaga yetadi va moddani bekor qilishdan 
keyin ham 2 haftagacha saqlanib turadi. Guanetidinning simpatolitik ta‘sir mexanizmi uning 
adrenergik tola uchlari orqali tutilishi bilan bogʻliq. Guanetidin vezikulalar ichiga kirib 
ulardan NAni siqib chiqaradi. Guanetidin vezikulalarda toʻplanib, NAning sinteziga 
toʻsqinlik qiladi. Guanetidinning vazikulalarga ta‘siri qaytmasdir. Shunday qilib, guanetidin 
adrenergik nerv uchlarida NA zaxiralarini sezilarli darajada kamayib ketishiga olib keladi, bu 
esa simpatik innervatsiya ta‘sirining susayishiga olib keladi. Guanetidinni, muntazam 
ravishda qoʻllanishi xisobiga, ta‘siri bir necha kun ichida rivojlanadi, chunki noradrenergik 
uzatishni izdan chiqarish uchun adrenergik tolalar uchida NAni zahirasini yarmidan 
koʻprogʻiga kamaytirish kerak. Moddani bekor qilgandan soʻng ta‘siri 2 haftagacha davom 
etadi 
(yangi pufakchalar hosil boʻlishi uchun zarur boʻlgan vaqt)
. Guanetidin buyrak usti 
bezlaridagi katekolaminlarga ta‘sir qilmaydi, chunki ularda neyronal qayta yutilish 
mexanizmi mavjud emas. Guanetidin markaziy asab tizimiga ta‘sir qilmaydi, chunki 
GEBdan oʻtmaydi.
Guanetidin yuqori effektivligiga qaramay, uni qoʻllash cheklangan, chunki:
■ ogʻir ortostatik gipotenziya,
■ bradikardiya,
■ burun bitishiga,
■ HCl ajralishini kuchayishi,
■ diareya,
■ eyakulatsiya buzilishiga olib keladi.


128 
Manbaa:
@pharma_baza
Feoxromotsitomada guanetidin qon bosimini oshiradi. Trisiklik antidepressantlar guanetidin 
ta‘siriga toʻsqinlik beradi, chunki ular guanetidinni adrenergik tola uchlari orqali yutilishini 
toʻxtatadi. Guanetidin faqat arterial gipertenziyaning ogʻir shakllarida qoʻllaniladi. 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish