1926-1927 yillarda I.V.Larin (1889-1972) ham o‘zining landshaftlarni o‘rganishga bag‘ishlangan bir qator ilmiy maqolalarini e’lon qildi. Uning Ural guberniyasi hamda Kaspiybo‘yi pasttekisliklaridagi Chiji yoyilmalari landshaftlariga tegishli ishlarida o‘simlik qoplami bilan landshaft o‘rtasida juda katta bog‘liqlik mavjudligi va shu bilan birga landshaftlarni o‘simliklarga qarab aniqlash metodikasi yoritib berilgan. Ushbu ilmiy ishlarda aniq landshaft xaritalari va ularga bog‘liq holda landshaftlarning batafsil tahlili ham keltirilgan. Bundan tashqari, tabiiy geografik komplekslarning eng kichigi, boshqa bo‘linmaydigani mikrolandshaft ekanligi haqidagi g‘oya ham ilgari surilgan.

Keyinchalik L.G.Ramenskiy (1938) mezokomplekslarni urochishelar deb ataydi va epifatsiyalarning ma’lum bir guruhi, ya’ni o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lganlari birgalikda urochishelarni tashkil qilishini ta’kidlab o‘tadi. Uning fikriga qaraganda landshaftlarni tashkil qiluvchi urochishelar namlik, issiqlik va turli moddalar almashinuvi orqali o‘zaro bog‘liq va aloqadordir hamda bir butun moddiy tizimdir. Uning bu mulohazalari landshaftning morfologik strukturasini ochib berishga qaratilgan dastlabki qadam edi
1950-yillarning oxirida O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) tabiiy geografiya kafedrasining olimlari L.N.Babushkin va N.A.Kogay tomonidan O‘zbekiston hududini qishloq xo‘jaligi maqsadlarida tabiiy geografik rayonlashtirish mavzuida ilmiy tadqiqot ishlarining boshlab yuborilishi ham O‘zbekistonda landshaftshunoslikning taraqqiyot tarixidagi muhim voqealardan edi.

Chunki, shu mavzuda o‘tkazilgan bir qator ilmiy anjumanlarda tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy metodi landshaft tipologik birliklar xaritasini tahlil qilish natijasida tabiiy geografik rayonlarni aniqlash ekanligi ta’kidlab o‘tilgan edi. Natijada, tarixda birinchi marotaba O‘zbekistonning landshaft xaritasi yaratildi va 1964-yilda nashrdan chiqdi.