Inomiddinov Husniddin
Lingvistika (dariy tili) mutaxassisligi
2-kurs magistranti
Ilmiy rahbari: f.f.n., dots Alimova X.Z.
LINGVISTIK TERMINLAR LUG‘ATI:
Muammo va istiqbol
Terminologik lug„atlar muayyan mutaxassislik sohasidagi aloqalar
muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun yaratiladi. Ilmiy fikr umuman olganda
terminologiya sohasida turg„un holatda bo„lmaydi. Ilmiy maktablarning yangi
g„oya va qarashlari yangi terminlarni vujudga keltiradi. Shu o„rinda ularning
lug„atlashishi zarurati tug„iladi. Maqolada quyida lingvistik lug„atlar misolida
mazkur qonuniy jarayonni tahlil qilib chiqamiz:
1.
Марузо Ж. “Словарь лингвистических терминов”. – М., 1960.
2.
Вахека Й. “Лингвистический словарь Пражской школы”. – М., 1964.
3.
Хемпа Э. “Cловарь американской лингвистической терминологии”.
– М., 1964.
4.
Бернштейн С. И. “Словарь фонетических терминов”. – М., 1966.
5.
Розенталя Д.Э., Теленковой, М. А. “Словарь-справочник лингвисти-
ческих терминов”. – М., 1985.
6.
Шаталова Т.И. “Англо-русского идеографического словарь”. – М.,
1994.
7.
Васильевой Н. В. , Винаградова В. А. , Шахнарович А. М. “Краткий
словарь лингвистических терминов”. – М., 1995.
8.
Кубрякова Л.С. “Краткий словарь когнитивных терминов”. – М.,
1997.
9.
Булахов М. Г. “Опыт исторического словаря русской лингвистичес-
кой терминологии”. – Минск., 2002.
10.
Ахманова О.С. “Словарь
лингвистических
терминов”. – М.:
КомКнига, 2005.
O„tgan asr boshlari yangi ilmiy paradigmaning shakllanishi bilan e„tiborga
loyiq: “XX asr ilm-fan tarixida yangi kognitologiya, yoki kognitiv fan sohasining
vujudga kelishi eng muhim va yorqin voqealardan biri hisoblanadi”
1
.
Olimlar yangi – kognitiv yo„nalishning shakllanishini, “an‟anaviy
terminologiyada terminning vujudga kelishi va amal qilishi bilan bog„liq ijtimoiy-
madaniy jarayon o„rganilishida yagona konseptual va metodologik asos mavjud
emasligi”
2
qayd etadi.
Hozirgi kunda Rossiyada bir qator ilmiy maktablar shakllangan bo„lib, ular
kognitiv lingvistika muammolari bilan shug„ullanadi. Ushbu maktablarning har
biri kalit terminning o„ziga xos talqini bilan xarakterlanadi. Shartli ravishda
ulardan Moskva (E.S Kubryakova, V.A. Vinogradov, V.F. Novodranova, E.V.
Raxilina va boshqalar), Irkutsk (A.V. Kravchenko va uning shogirdlari), Tamba
(N.N. Boldrev, A.L. Sharandin, T.A.Fesenko va boshqalar), Voronej (Z.D. Popova,
I.A. Sternin, A.P. Babushkin va boshqalar) maktablarini ajratib ko„rsatish mumkin.
Bu yerda ilmiy simpoziumlar bo„lib o„tadi, maqolalar chop etiladi. Ushbu
maktabda “Краткий словарь когнитивных терминов”
3
nashr etilgan. Rossiya
tilshunos-kognitologlar birlashmasi tuzilgan va hozirda o„z faoliyatini olib
bormoqda. 2003- yildan boshlab “Вопросы когнитивной лингвистики” nomli
ilmiy jurnal chop etiladi. Mazkur jurnal Rossiya Federatsiyasi Yuqori Attestatsiya
Komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar ro„yxatiga kiradi. Bugungi
kunga kelib tilshunoslikning metatili yangi terminlar hisobiga shakllanib, boyib
bormoqda. Olimlarning metatil bilan bog„liq ilmiy ishlaridan joy olgan
metodologik qarashlarini qaytadan ko„rib chiqish zarurati vujudga kelmoqda.
Bundan tashqari tilning dinamik jihatlariga bo„lgan qiziqishning oshishi hamda til
va inson, uning ongi, tafakkuri, turli xil faoliyat turlari bilan bevosita bog„liq holda
o„rganuvchi antroposentrik tilshunoslikka o„tish bilan xarakterlanuvchi
tilshunoslikning hozirgi kun rivojlanish bosqichi boshqa fan sohalari
terminlarining ham keng qo„llanishini taqozo etmoqda. Shu o„rinda tilshunoslar
1
Кубрякова, Л.С. Краткий словарь когнитивных терминов М. 1997. 245 с
2
Мишланова, С. Л. Терминоведение ХХ века история, направления, преспективы 2003. 94-101 с.
3
Кубякова, Л.С. Краткий словарь когнитивных терминов М. 1997. 245 с
tomonidan psixologiya, matematika, fizika kabi boshqa fan soha terminlari
o„zlashtirilmoqda.
O.S. Axmanova: “Maydonni tark etgan eski yo„nalish o„rniga yangisi keladi,
va u odatda, butunlay yangi terminologik tizimni taklif etadi. Tilshunoslar yangi
metatilni egallayotgan bir vaqtda, muloqot qilishdan to„xtamaydilar, shu sababli
ular avvalgi metataksonomik tizimning nomuvofiqligiga qaramay, bir-biri bilan
undan foydalanadilar yoki gaplashadilar
4
”, deb ta‟kidlaydi. Shuning uchun ham
olimlar so„zlashadigan va ta‟lim jarayonida qo„llanadigan leksikografik tilning
tavsifi o„z dolzabligini yo„qotmaydi, aksincha zaruratga aylanadi.
V.D. Tabanakova fikricha “XX asr terminologik lug„atlarining o„ziga xos
jihati makro va mikrostrukturalar (bir lug„atda filologik va ensiklopedik, ideografik
va alifbo, tarixiy va deskriptiv tavsiflarning qo„llanishi)ning aralashgan turlarida
namoyon o„ladi. Bir yoki bir nechta tillarning ishtrokiga ko„ra lug„atlar turlicha
tavsiflanadi. Agar bir tilli va ko„p tilli tamoyilga amal qilinadigan bo„lsa: bir tilli
lug„atlarga rus tilidagi sharhlar bo„lishi ham, bo„lmasligi ham mumkin
5
. Rus
tilidagi sharhi keltirilgan ko„p tilli lug„atlar ichida O.S. Axmanova
6
, J. Maruzo
7
,
E.Xempaning
8
mashhur lug„atlari dastlabki o„rinni egallaydi. Ular bir vaqtning
o„zida tarjima qilingan ham hisoblanadi. Y.Vaxekning “Лингвистический
словарь Пражской школы” (“Praga maktabining lingvistik lug„ati”) butun bir
tilshunoslik yo„nalishining metatil tavsifiga bag„ishlangan. O.S. Axmanovaning
“Словарь лингвистических терминов” (“Lingvistik terminlar lug„ati”) kitob-
lug„ati 2005- yil uchunchi bor nashrdan chiqqan.
N.N.Durnovning “Грамматический словарь (Грамматические и
лингвистические термины)” (“Grammatik lug„at (grammatik va lingvistik
terminlar”) bir tilli lug„ati 2001- yilda qayta nashrdan chiqqan. Hozirgi kunda o„z
nomi, obro„siga ega lug„atlar bilan bir qatorda yangi lug„atlar ham chop etilmoqda.
Misol uchun, 1996- yilda S.I.Bernshteynning “Словарь фонетических терминов”
4
Ахманова О. С. Словарь лингвистических терминов. М. 2005. 7 с.
5
Табакова В. Д Идеографическое описание научной терминологии. Тюмен. 1999. С.132.
6
Ахманова О. С. Словарь лингвистических терминов. М. 2005. 25 с.
7
Марузо Ж. Словарь лингвистических терминов. М. 1960.
8
Хемпа Э. Cловарь американской лингвистической терминологии М. 1964. 263 с.
(“Fonetik terminlar lug„ati”)
9
nashrdan chiqqan. 2002- yilda M.G.Bulaxovning
“Опыт исторического словаря русской лингвистической терминологии”
10
(“Rus lingvistik terminologiyasi tarixiy lug„atining tajribasi”) nomli besh jildlik
lug„ati nashrdan chiqqan. Lug„atda XVIII-XX asrlarda tilshunoslar tomonidan
qo„llanilgan rus lingvistik terminlari o„rin olgan. A.N.Baranov va D.O.
Dobrovolskiyning 2006- yilda chop etilgan “Немецко-русском и русско-
немецком словаре лингвистических терминов с английским эквивалентом”
(“Inglizcha ekvivalentli lingvistik terminlarning nemis-rus va rus-nemis tilli
lug„ati”)
11
da umumiy tilshunoslik va nemis tili grammatikasiga oid klassik va eng
yangi lingvistik terminlari, kognitiv va amaliy lingvistika,
matn tahlili, semiotika,
lingvistik pragmatika, mashina tarjimasi terminlari keltirilgan. Lug„at 5600 ta
terminni qamrab oladi.
Lingvistik terminlarning funksional va ma‟no tavsiflarini aniqlashtirish
uchun bir tilli va ko„p tilli lingvistik terminlar lug„atini tahlil qilish zarur.
Lug„atlarda terminlar terminografik tavsifining ajratib ko„rsatilgan jihatlari ular
tipologiyasining umumiy shaklini bir jadval ko„rinishida shakllanish imkonini
beradi. O„nta lingvistik lug„at (rus tilidagi sharhi keltirilgan)ni o„rganib chiqib
quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Har bir lug„atdan quyidagi asosiy komponentlarni ajratib ko„rsatish
mumkin: termin yoki sarlavha, kelib chiqish manbai (etimologiyasi), ekvivalentlar,
izoh (sitata-ta‟rif, sitata-tavsif), tushunchalari misollar – illustratsiya materiallar va
rasmlar bilan ko„rsatish hamda foydalanilgan adabiyotlarga keltirilgan havolalar;
2. Har bir lug„atda, lug„atga oid maqola mavjud bo„lib, unda termin yoki
sarlavha
bo„ladi;
3. T.I.Shatalovaning “Англо-русскоий идеографический словарь”
(“Ingliz-rus tili ideografik lug„ati”) dan boshqa barcha lug„atlarda terminlarning
ta‟rifi va izohi mavjud. Shu bilan birga Y.Vaxekning “Лингвистический словарь
9
Бернштейн С. И. Словарь фонетических терминов. М. 1996. 175 с.
10
Булахов М. Г. Опыт исторического словаря русской лингвистической терминологии. Минск. 2002. Т.1.
428 с.
11
Добровольский Д.О. Немецко-русском и русско-немецком словаре лингвистических терминов с
английским эквивалентом. М. 2006. 496 с.
Пражской школы” (“Praga maktabi lingvistik lug„ati”)
12
va E.Xempaning
“Cловарь американской лингвистической терминологии” (“Amerika
lingvistika terminshunosligi lug„ati”)
13
lug„atlari sitata ta‟rif va sitata tavsifni o„z
ichiga olgan. Misollar o„nta tahlil qilinayotgan lug„atlarning oltitasida joy olgan.
Bundan tashqari lug„atlarning yarmi (beshtasi)da lug„atlarda ekvivalentlar
(fransuz\ingliz\nemis\ispan) bor. Terminlar kelib chiqishi uch lug„atda
ko„rsatilgan. Mualliflar konsepsiyalar havolalari
to„rt lug„atda uchraydi. Shunday
qilib, mavjud lug„atlar tahlili kompleksli va tizimli. Leksikografik tavsifi bo„yicha
yagona lug„at yo„q.
4. O.S. Axmanovaning “Словарь лингвистических терминов” (“Lingvistik
terminlar lug„ati”) kitobi eng mukammal lingvistik lug„at hisoblanadi. Bu lug„at
tarkibida 7000 ta termin mavjud. Albatta, bu olimlar doimiy izlanishlari
ko„rsatkichidir. Shunga qaramay, XX asr ikkinchi yarmiga kelib terminologiyaga
doir bir nechta nazariy adabiyotlar chop etildi. O„z navbatida mazkur adabiyotlar
lingvistik terminlar doirasining yanada kengayishiga turtki bo„ldi. Binobarin, N.N.
Durnov, L.I. Jirkovning 1924- yil va 1946- yilda chiqqan lug„atlarining kartoteka
materiallarini o„z ichiga qamrab olgan lug„at 1966- yilda chop etilganligi sababli, u
A.A. Reformatskiy, R.A. Budagov, R.I. Avanasev, A.M. Peshkovskiy, G.O.
Vinokur, A.I. Smirnitskiy kabi ko„zga ko„ringan olimlar ishiga havola keltiradi.
Ushbu lug„at lingvistik metatil asosini XX asr 60-yillariga qadar bo„lgan rus
tilshunosligining asosiy adabiyot va manbalari tashkil etadi.
5. Rossiya va xorijiy mamlakatlarda kognitiv tilshunoslikning jadal
rivojlanishi munosabati bilan hamda mutaxassislik sohalaridagi aloqalarni
rivojlantirish maqsadida tilshunoslik maktablari va yo„nalishlarining metatilini
o„zida aks ettiruvchi lingvistik terminlar lug„atini tuzish ehtiyoji hamda uning
bugungi kunga muvofiq amal qilish zarurati paydo bo„lmoqda.
12
Вахека Й. Лингвистический словарь Пражской школы. М. 1964. 359 с.
13
Хемпа, Э. Cловарь американской лингвистической терминологии М. 1964. 263 с.
Foydalanilgan adabiyotlart ro„yxati:
1.
Кубрякова Л.С. Краткий словарь когнитивных терминов. М., 1997
2.
Мишланова С. Л. Терминоведение ХХ века история, направления,
преспективы 2003.
3.
Ахманова О. С. Словарь лингвистических терминов. М., 1966
4.
Марузо Ж. Словарь лингвистических терминов. М. 1960.
5.
Хемпа Э. Cловарь американской лингвистической терминологии. М.,
1964.
6.
Бернштейн С. И. Словарь фонетических терминов. М., 1996.
7.
Булахов М. Г. Опыт исторического словаря русской лингвистической
терминологии. Минск. 2002.
8.
Добровольский Д.О. Немецко-русском и русско-немецком словаре
лингвистических терминов с английским эквивалентом. М. 2006.
9.
Шаталова Т.И. Англо-русского идеографического словарь. М. 1994.
10.
Вахек Й. Лингвистический словарь Пражской школы. М. 1964.
11.
Хемпа Э. Cловарь американской лингвистической терминологии. М.
1964.
Do'stlaringiz bilan baham: |