V-sinflar uchun nazorat ishlari.
I-yarim yillik
1-nazorat ishi.
1.Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida qanday ma’lumotlar bor?
A) O’simlik va hayvonlarning tuzilishi, ularning hayot tarzi
B)Ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga oid bilimlar
C) O’simlik va hayvonot olamidan va turli moddalardan tayyorlanadigan dorilar
D) Turli kasalliklar haqida
2.Botanika (I) va zoologiya (II) nima haqidagi fanlar?
A) I-o’simliklar, II-hayvonlar
B) I-o’simliklarni guruhlash II-hayotiy jarayonlar
C) I-O’simliklar II-zamburug’lar
D) I-zamburug’lar, II-hayvonlar
3. Zamburug’arni biologiyaning qaysi sohasi o’rganadi?
A) Mikrobiologiya B) mikologiya C) zoologiya D) ekologiya
4.Tibbiyotda qaysi hayvon zaharidan foydalanish mumkin?
A) ilon zahri, chayon zahri
B) asalari zahri, qovoqari zahri
C) asalari zahri, qoraqurt zahri va ilon zahri
D) qoraqurt zahri, o’simlik zahri
5.Qaysi olim qalqonsimon bez faoliyatini o;rgangan?
A) M.Valixonov B) J.Musayev C) J.Azimov D) Y.To’raqulov
6.Qaysi laboratoriya jihozi moddalarning xususiyatini o’rganish uchun ishlatiladi?
A) Petri idish B) pipetka C) pinset D) probirka
7.Geterotrof usulda oziqlanadigan organizmlar qaysilar?
1.o’simliklar 2.zamburug’lar 3.ayrim bakteriyalar 4.hayvonlar 5.ko’pchilik bakteriyalar
A) 2,4,5 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 3,4,5
8.Biologiyani o’rganishning qaysi usulida videokamera qo’yib o’rganish mumkin?
A) taqqoslash B) tarixiy C) kuzatish D) tajriba
9.Ikkita organizm o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni topish qaysi usul orqali o’rganiladi?
A) taqqoslash B) tarixiy C) kuzatish D) tajriba
10.Qaysi usulda organizm uchun qulay muhit yaratib beriladi?
A) taqqoslash B) tarixiy C) kuzatish D) tajriba
11.Qo’l lupasi buyumlarni necha martagacha kattalashtiradi?
A) 5-10 marta B) 2-20 marta C) 3-4 marta D) 10-20 marta
12.Qaysi hujayra kislorod tashishda ishtirok etadi?
A) leykotsit B) nerv hujayrasi C) eritrotsit D) Loviyasimon hujayra
13.Prokariotlarga qaysi organizmlar misol bo’ladi?
1.hayvon 2.o’simlik 3.zamburug’ 4.bakteriya 5.ko’k-yashil suvo’tlar
A) 4 va 5 B) 1,2 va 3 C) 3 va 4 D) 1 va 2
14.Qaysi organizmlarning yadrosi yaxshi shakllangan?
1.hayvon 2.o’simlik 3.zamburug’ 4.bakteriya 5.ko’k-yashil suvo’tlar
A) 4 va 5 B) 1,2 va 3 C) 3 va 4 D) 1 va 2
15.Qaysi xususiyat faqat o’simlik hujayrasi uchun xos?
A) sitoplazmatik membrane ustida selluloza qobiqning mavjudligi
B) plastidalarning mavjudligi
C) hujayra shirasi bilan to’lgan vakuolaning bo’lishi
D) A,B, C javoblar to’g’ri
16.Plastidalarning necha xil turi mavjud?
17.Hayvon hujayrasida qanday vakuolalar bo’ladi?
18.Bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig’indisi _________ deyiladi.
19.Mikroskopning ko’rish nayi nima deb ataladi?
20.Tirik organizmlarda oziqlanish necha xil bo’ladi?
Javoblar::
savol
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
javob
|
B
|
A
|
B
|
C
|
D
|
D
|
A
|
C
|
A
|
D
|
B
|
C
|
A
|
B
|
D
|
16. 3 xil: xloroplast, xromoplast, leykoplast
17.Hazm qiluvchi va qisqaruvchi
18.to’qima
19.tubus
20.2 xil: avtotrof va geterotrof
II-nazorat ishi
Do'stlaringiz bilan baham: |