Bajardi: abdikulov shohruh tekshirdi: alimdijanova g. A



Download 155,27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.03.2023
Hajmi155,27 Kb.
#916374
Bog'liq
3mavzu



O’ZBEKISTON RESBUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMASEVTIKA
INSTITUTI
KAFDRA
MUSTAQIL Ish
MAVZU:.
Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi,
ishlatilishi.
BAJARDI:ABDIKULOV SHOHRUH
TEKSHIRDI:ALIMDIJANOVA G.A.


Farmakologiya (lotinch- 'pharmaconʼ — dori va 'logos'- fan) — Dorishunoslik fani;
odam va hayvonlar organizmiga dorilar yuborilgandan keyin ularda roʻy beradigan
oʻzgarishlarni oʻrganadi.Farmakologik moddalar organizmning turli aʼzolari,
toʻqimalari, hatto hujayralari faoliyatini oʻzgartirishi mumkin.
Farmatsiya — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish boʻyicha izlanishlar,
tadqiqotlar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish, tayerlash, sifatini nazorat qilish,
standartlash usullari, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, saqlash, ular haqida axborot
berish, dorixona va davolash muassasalariga yetkazib berish va sotish kabi
vazifalarni oʻz ichiga oladigan ilmiyamaliy faoliyatlar majmui.
Umumiy farmakologiya- dorilarning organizm bilan oʻzaro taʼsirini, umumiy
qonuniyatlarini,
farmakokinetika
;
farmakodinamika
chuqurroq oʻrganadi.
Xususiy farmakologiya — dorilarning alohida, konkret guruhlari va boʻlimlarining
kinetika va dinamikasini oʻrganadi
Tibbiyotdagi oʻrni
Tibbiyot olamida farmakologiya alohida ahamiyatga ega: bir tomonda,
tibbiyotning asosiy nazariy fanlari —
fiziologiya
, patologik fiziologiya, biokimyo
bo‘lsa, ikkinchi tomonda amaliy fanlar—
terapiya
,
pediatriya
,
xirurgiya
va
boshqalar turadi.Farmakologiyadagi nazariy bilimlar amaliy tibbiyotda qo‘llaniladi.
Qisqacha tarixi[
tahrir
|
manbasini tahrirlash
]
Farmakologiya tarixi insoniyat tarixi bilan birga boshlangan, chunki o‘sha davlarda
ham odamlar kasal boʻlganlar, yirtqich hayvonlarga, yongʻinlarga duch kelganlar,


ilonlar, chayonlar chaqqan, ular atrofdagi giyohlardan, hayvonot olamidan shifo,
dori-darmon izlaganlar. Eramizdan 3600 yil ilgari
papirusga
yozilgan kitob „Har
xil aʼzolarga qoʻllanadigan dorilar to‘g‘risida“ deb nomlangan. Farmakologiya
fanining rivojlanishida qadimiy Osiyo olimlarining hissasi katta boʻlgan. Hindiston,
Tibet, Xitoy va Arab davlatlarida o‘simliklar bilan davolash keng tus olgan. Xitoy
tibbiyotming asoschisi
'''Shell Nung'''
bundan 3 ming yil ilgari o‘z asarlarida
oʻsimliklaming sinonim nomlari, botanik taʼrifi, o‘simliklardan mahsulotlar
tayyorlash davrlari va usullari, doridarmonlaming taʼsir doirasi, qoʻllanilishini
bayon etgan. Qadimgi yunon shifokorlari
Buqrot
(e.o 460-
377),
Dioskorid
(1asr), Jolinus (
Galen
2asr) dori-darmonlar yatatishda tajribalar
olib borgishgan.
Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyoda
Abu Rayhon Beruniy
,
Abu Ali ibn
Sinolarning
dorivor giyohlar va moddalar haqidagi asarlari F. taraqqiyotiga
muhim turtki boʻldi. Ibn Sinoning
„Tib qonunlari“
asarida qayd etilgan 811 xil
oddiy dorilarning 612 tasi dorivor oʻsimliklar va ulardan foydalanish usullariga
bagʻishlangan.
Abu Rayxon Beruniy]]


Abu Ali ibn Sino
XVI asr da G‘arb olimi Paratsels farmakologiyani kimyoviy moddalar bilan
to‘ldirgan, tibbiyotda yatrokimyo („yatros“—vrach) yoʻnalishining asoschisi
boʻlgan. XVIII asr oxirlarida Ganeman dorishunoslikda gomeopatiya yo‘nalishiga
asos solgan. Bunda davolash monandlik, oʻxshashlik qonuniga asoslangan,
gomeopatik dorixonalar hozirgi kunda ham keng tarqalgan. XIX-asrga qadar F.
asosan empirik tarzda rivojlangan. Shu davrga kelib eksperimental F. shakllandi.
Bunda F. Majandi, Klod Bernar, R. Buxgeym, I. P. Pavlov, V. V. Zakusov, M. D.
Mashkovskiy va boshqa jahon olimlarining ulkan hissalari bor.
Oʻzbekistonda F. 1920-yil Toshkentda
Turkiston Davlat
Universiteti
Tibbiyot fakulteti qoshida F. kafedrasini tashkil etilishi tufayli
rivojlandi. Keyinchalik respublikaning turli shaharlaridagi tibbiyot institutlari
qoshidagi F. Kafedralarida ochildi. Oʻzbek farmakologlaridan, professor I.K.
Kamilov, M. B. Sultonov, Oʻ.B. Zokirov, Q.N. Najmiddinov, S. S. Azizova va
boshqalarning izlanishlari natijasida dorivor oʻsimliklar va kimyoviybiologik faol
moddalardan 200 dan ortiq shifobaxsh moddalar ajratib olindi, ularning 30 dan
ortigʻi klinik tekshiruvlardan oʻtkazilib, tibbiyot amaliyotiga tadbiq etildi.


Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Respublika Sogʻliqni Saqlash
Vazirligi qoshida Dorivor moddalar va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish
hamda standartlash boʻyicha Bosh boshqarma hamda ular tarkibida farmakologiya
va farmakopeya qoʻmitalarining tuzilishi munosabati bilan F. fani yanada ravnaq
topdi. Qisqa muddat ichida 20 dan ortiq shifobaxsh oʻsimliklar va 10 dan ortiq
yangi biologik faol preparatlar (piratsin, kupir, fentriazolin, kobavit, fensulkal,
glipil, mumiyo tabletkasi, navbaxtin, benzketozon va boshqalar) tibbiyotda
qoʻllash uchun tavsiya etildi. Hozirgi kunda farmakologiyaning rivojlanishida
akademiklardan M.D. Mashkovskiy va D. A. Xarkevich katta hissa qo‘shib
kelmoqdalar, ayniqsa, M. D. Mashkovskiyning „Don moddalari“, D. A.
Xarkevichning talabalar uchun yozilgan „Farmakologiya“ darsligi fanni
o‘zlashtirishda katta ahamiyatga egadir.
Fan maqsadi[
tahrir
|
manbasini tahrirlash
]
Farmakologiyaning asosiy maqsadi turli oʻtkir va surunkali kasalliklar,
xastaliklarning oldini olish, davolash, zaruriy chora tadbirlar koʻrish uchun turli xil
yangi dori moddalarini kashf qilish, ularning taʼsirini o‘rganib, amaliy tibbiyotga
tatbiq etishdan iboratdir. Ad.Maxsumov M. N., Malikov M. M., Farmakologiya, T.,
1997; Azizova S. S., Farmakologiya, T., 2002.
Fan vazifasi[
tahrir
|
manbasini tahrirlash
]
Yangi dorilarni tuzilishi va tarkibini oʻrganish,
Eksperiment hayvonda sinab koʻrish,
Sinovdan oʻtganlarini ishlab chiqarish uchun SSV dan ruxsat olish,
Turli shaklda ishlab chiqarish va aholiga (dorixonalarga) yetkazish

Document Outline

  • O’ZBEKISTON RESBUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLI
  • KAFDRA
  • BAJARDI:ABDIKULOV SHOHRUH
  • TEKSHIRDI:ALIMDIJANOVA G.A.

Download 155,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish