V. R. Xaydarov, N. A. Djabbarov



Download 5,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/100
Sana26.02.2022
Hajmi5,8 Mb.
#471438
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100
Bog'liq
Oquv qollanma 1-qism (1)

Qattiq parafin
(Paraffinum solidum) – oq rangli kristall massa bo„lib, 
yuqori molekulali uglevodorodlardan tashkil topgan. 50-57
0
S haroratda 
suyuqlanadi. Suvda va spirtda erimaydi, efir, xloroform, yog„lar va efir moylarida 
oson eriydi. Asoslarga, ularni konsistensiyasini mustahkamlash va suyuqlanish 
haroratini ko„tarish uchun 10% gacha qo„shiladi.
Serezin
(Ceresinum) – rafinirlangan ozokerit bo„lib, amorf, rangsiz, mo„rt 
massa. 68-72
0
S haroratda suyuqlanadi. Tarkibida yuqori molekulali uglevodorodlar 
yoki ikki, uch siklik naftenlar saqlaydi. Parafinga nisbatan mustahkamlash xossasi 
yuqori, biroq kristall bo„lmagan qotishmalar hosil qiladi.
Vazelin moyi yoki suyuq parafin
(Oleum Vaselini Paraffinum liquidum) – 
neftning qayta ishlangan fraksiyasi bo„lib, kerosinni haydash orqali olinadi. Bu 
rangsiz, moysimon suyuqlik hidsiz va ta‟msiz. Suvda erimaydi, spirtda ham deyarli 
erimaydi. Efir, xloroform va o„simlik moylari (kanakunjut moyidan tashqari) bilan 


114 
hoxlagan nisbatda aralasha oladi. Suvda va moyda erimaydigan moddalardan 
surtmalar tayyorlashda ularni suspenziyalashda ishlatiladi.
Sun‟iy vazelin
(Vaselinum artificiale) – bu qattiq yoki suyuq parafin, 
serezin yoki mumsizlantirilgan ozokerit va petrolatdan tashkil topgan har xil 
murakkab qotishmalardan iborat. Bu qotishmaning eng oddiysi 1 qism parafin va 4 
qism vazelin moyidan tashkil topgan. Bu qotishmalarning rangi saqlanish 
davomida bug„doyrangga o„tadi. Faqat tarkibida serezin (ozokerit) yoki petrolat 
saqlagan qotishmalar bunday kamchiliklardan holi. 
Naftalan nefti 
(Naphthalanum Liquidum raffinatum. Naphtha naphthalani) 
– birinchi marta Ozarbayjonda, neft bilan to„lgan hovuzlarda, ayrim kasalliklar 
bilan kasallangan bemorlar davolangalar. Endilikda sanatoriyalarda, maxsus naft 
bilan to„ldirilgan vannalar tashkil qilingan bo„lib, naftalan neftidan davo 
maqsadida keng qo„llanilib kelinmoqda. Naftalan nefti quyuq, asalsimon massa 
bo„lib, qora rangli, yashil flyuoressensiyalanuvchi o„ziga xos hidli. Suv bilan 
aralashmaydi, spirtda kam eriydi. Glitserin, yog„ va moylar bilan hoxlagan 
nisbatda aralashadi. Naftalan nefti dezinfeksiyalovchi va og„riq qoldiruvchi 
ta‟sirga ega. 1 va 2 darajali kuyishlarda samarali ta‟sir ko„rsatadi. Surtma asosi 
sifatida ishlatilganda parafin yoki vazelin bilan mustahkamlanadi. Ekzema, teri 
yallig„lanish kasalliklari, artrit, mialgiya, radikulit va boshqa kasalliklarni 
davolashda ishlatiladigan surtmalar tarkibiga kiritiladi. 
Silikonli polimerlar. 
Bu polimerlar silikonli yoki yarimsilikonli birikmalar - 
yuqori molekulali kremniy saqlovchi organik brikmalardir. Bu brikmalar kremniy 
va kislorod atomlaridan shuningdek, kremniyni erkin valentliklariga metil, etil va 
fenil radikallari birikkan zanjirdan iborat bo„lib, ularning ya‟ni silikonlarning 
(siloksanlar) molekulasi chiziqli yoki tarmoqlangan tuzilishga ega. Silikonli 
polimerlar rangsiz, moysimon suyuqlik bo„lib, xalq xo„jaligining turli jabhalarida 
keng ko„lamda ishlatiladi. Farmatsiyaga esa ularning bir qanchasi fiziologik 
zararsizligi, kimyoviy indifferentligi, kam yuza taranglikka ega ekanligi, 
gidrofobligi, qovushqoqligining haroratga kam bog„liqligi kabi bir qator ijobiy 
xossalari bilan kirib keldi. Silikonli suyuqliklar teriga surtilganda hech qanday 
qitiqlovchi, zararlovchi, sensibillovchi, allergiya chaqiruvchi kabi ta‟sirlarni 
namoyon etmaydi. Ular ham xuddi moylar kabi teridagi gaz va issiqlik almashinuv 
jarayonlariga ta‟sir qilishi mumkin. Bu jihatdan hatto vazelin va uglevodorodli 
asoslardan ham ustunlikka ega. Faqatgina ko„z kon‟yunktivasiga qitiqlovchi ta‟sir 
qilganligi sababli, ko„z surmalarini tayyorlashda ulardan foydalanish mumkin 
emas. Polidietilsiloksanlar boshqa silikonli polimerlarga nisbatan dori moddalari 
va surtma tarkibiga kirgan boshqa yordamchi moddalar bilan yaxshi kelisha oladi. 
Kondensatsiya darajasi 5 ga teng bo„lgan polimer - “Esilon - 4” nomini olgan 
bo„lib, u 4-raqamli polidietilsiloksanli suyuqlik ham deyiladi. Kondensatsiya 
darajasi 15 ga teng bo„lgan polimer “Esilon-5” deyiladi. “Esilon-4” va “Esilon-5” 
surtma asosining komponenti sifatida ishlatiladi. Ular vazelin va o„simlik moylari 
(kanakunjut moyidan tashqari) bilan yaxshi aralashadi, vazelin, parafin, serezin, 
xayvon va o„simlik moylari, lanolin (suvsiz), spermatset, mum va boshqalar bilan 


115 
bir jinsli qotishma hosil qiladi. Faqat bir qator moddalar bilan aralashtirishda (baliq 
moyi, olein kislotasi, skipidar, metilsalitsilat) belgilangan tartib-qoidalarga rioya 
qilish lozim, ya‟ni maxsus aralashtirgichlardan foydalanish maqsadga muvofiq 
bo„ladi. Polidietilslikonlarda mentol, kamfora, fenol, fenilsalitsilat, qoramoy va 
boshqa qutubsiz va semipolyar dori moddalari yaxshi eriydi. Oddiy emulgatorlar 
yordamida ular suv, spirt va glitserin bilan emulgirlanadi. 

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish